2-ma’ruza. Milliy iqtisodiyot taraqqiyotini tavsiflovchi ko’rsatkichlar reja: § Milliy iqtisodiyotning faoliyatini ta’minlovchi omillar


Download 373.05 Kb.
bet2/7
Sana15.02.2023
Hajmi373.05 Kb.
#1202791
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mavzu (2)

SHaxsiy-insoniy omil – bu mehnat qilish qobiliyatidan iborat bo’lmish ishchi kuchi va uning faoliyat qilishidir. SHaxsiy insoniy omil mehnatga layoqatli aholi, uning jismoniy va aqliy qobiliyati, bilim va saviyasi, malaka va mahoratidir. 2011 yilda O’zbekistonda mazkur mehnatga layoqatli aholi soni 17,2 mln kishini tashkil kiladi.
Moddiy ashyoviy omil - bu ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan barcha moddiy shakldagi vositalardir. Uning tarkibiga tabiiy boyliklar, ulardan olingan xom ashyolar, mashina-mexanizm, asbob-uskuna, qurilmagan inshootlar kiradi. Ular ishlab chiqarish vositalari, (fondlari) deb ham yuritiladi. Ular ma’lum narxda hisoblanib, pulga chaqilgan shakli, ya’ni qiymat-pul shakli MDH mamlakatlarida ishlab chiqarish fondlari nomini olgan. Moddiy omillar tarkiban uch qismdan iborat:
Moddiy-ashyoviy omil bilan shaxsiy-insoniy omil birikib mehnat jarayoni, ya’ni ishlab chiqarish yuzaga keladi. Buning natijasida turli-tuman mahsulotlar va xizmatlar yaratiladi.

      1. chizma

Iktisodiyotga ta’sir ko’rsatuvchi ichki omillar
Ички омиллар



Шахсий-инсоний омиллар

Моддий-ашёвий


омил Миллий иқтисо- диётни ташкил қилиш шакллари

Мамлакат миқёсида иқтисодий фаолиятни таҳлил қилиш имконияти- ни берадиган усуллар киради.



Tadbirkorlik qobiliyati oddiy ishchi kuchidan farq qilib, ishlab chiqarishda boshqarishdan iborat bo’lgan alohida vazifani bajaradi. U tabiatan ishbilarmonlik

qobiliyati bo’lib, alohida bir iste’dod, yuksak bilim, maxsus tayyorgarlik va ma’suliyat mujassami, demakdir.

      1. chizma

Ichki omillarning o’zaro ta’siri

Tadbirkorlik qobiliyati moddiy omillar bilan birikmaydi, balki shu omillar bilan ishchi kuchining samarali birikishini, iqtisodiy faoliyatdan yaxshi natija olinishini ta’minlaydi.


Bozor munosabatlari sharoitida milliy iqtisodiyotning rivojlanishida ichki va tashqi omillarning ahamiyati ortib bormoqda.
Ichki omillar orasida tabiiy va mehnat resurslarining miqdori va sifati, asosiy kapitalning xajmi, ilmiy texnika va innovatsion taraqqiyot hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.

Download 373.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling