2-ma’ruza. Milliy iqtisodiyot taraqqiyotini tavsiflovchi ko’rsatkichlar reja: § Milliy iqtisodiyotning faoliyatini ta’minlovchi omillar


Download 373.05 Kb.
bet3/7
Sana15.02.2023
Hajmi373.05 Kb.
#1202791
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mavzu (2)

Tashqi omillar orasida jahon iqtisodiyoti tizimiga integratsiyalashuv kuchayishining ahamiyati ortmoqda.
Milliy iqtisodiyotga globallashuvning ta’siri ziddiyatli kechadi. Bu jarayonda, bir tomondan xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi kuchayadi, mamlakatga arzon tovarlarning kirib kelishi ko’payadi, natijada milliy iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida iqtisodiy rivojlanishga to’siq paydo bo’ladi. Ikkinchi tomondan, tashqaridan zamonaviy texnologiya, investitsiya, innovatsiya va kreditlar kirib keladi. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va rekonstruktsiya qilish, innovatsion texnologiyalarga o’tish imkoniyatlari kengayadi natijada iqtisodiy rivojlanish ta’minlanadi (bu masalalarga qo’llanmaning keyingi bo’limlarida alohida to’xtalib o’tamiz).



    1. Iqtisodiyotning shakllari va rivojlanishini belgilaydigan makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi.



Milliy iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari. Insoniyat tarixi xo’jalik yuritishni turli xil shakllarini biladi:
An’anaviy yoki natural iqtisodiy tizim. Bu o’ta ko’xna va qoloq iqtisodiy tizim, uzoq vaqtgacha o’zgarmay qolgani uchun arxaik (eski) tizim deb baholanadi. Bu tizimda qo’l mehnati hukmron, ishlab chiqarish natural xarakterga ega: mehnat unumdorligi va turmush darajasi g’oyat past. Iqtisodiy aloqalar xo’jalikning o’z ichida yuz beradi. Boshqalar bilan oldi-sotdi munosabatlari bo’lmaydi. Bu tabiatan berk iqtisodiyot davlat siyosati ta’siridan holi bo’ladi. An’anaviy iqtisodiy tizimning alomatlari hali tsivilizatsiya girdobiga tortilmagan,
urug’-aymoqchilik sharoitida yashayotgan ba’zi bir Afrika xalqlarida uchrab turadi.
Bozor iqtisodiyoti tizimi. Bu bozordagi talabni qondirishga qaratilgan, bozor orqali hamkorlikni taqozo etuvchi erkin va demokratik tizim. U xususiy mulkchilik, bozor uchun ishlash, cheklanmagan iqtisodiy tanlov, naf ko’rish va raqobat kabi tamoyillarga asoslanadi. Bozor tizimida daromad topish chegaralanmaydi, boy bo’lish ta’qiqlanmaydi, o’ziga to’q, farovon yashovchi odamlarning moddiy tengsizligi mavjud bo’ladi. Bozor tizimi asosida tovar ishlab chiqarish, pul yotadi. Bozor tizimi dunyoning barcha mamlakatlarida bor, lekin uning rivojlanish darajasi bir xil emas.

Download 373.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling