2-ma’ruza. Milliy iqtisodiyot taraqqiyotini tavsiflovchi ko’rsatkichlar reja: § Milliy iqtisodiyotning faoliyatini ta’minlovchi omillar


Totalitar-rejali yoki buyruqbozlik-ma’muriy iqtisodiyot tizimi


Download 373.05 Kb.
bet4/7
Sana15.02.2023
Hajmi373.05 Kb.
#1202791
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mavzu (2)

Totalitar-rejali yoki buyruqbozlik-ma’muriy iqtisodiyot tizimi. Bu to’la to’kis davlatlashtirilgan iqtisodiy tizimdir. Uning asosi davlat mulki hisoblanadi, ishlab chiqarish davlatning reja-topshiriqlariga binoan yurgiziladi, nima ishlab chiqarish masalasi davlatning buyrug’iga binoan hal qilinadi. Boy bo’lish ta’qiqlanadi, kambag’allarning tengligi hukm suradi. Bunday iqtisodiy tizim sobiq sotsialistik mamlakatlarda bo’lgan.
Aralash iqtisodiy tizim. Bu har xil darajada bozor va nobozor aloqa- munosabatlarining qorishmasidan iborat tizimdir. Bu tizimda bozor vositalari bilan birgalikda rejalashtirish, hamkorlik va saxovatga asoslangan iqtisodiy aloqalar mavjud bo’ladi. Iqtisodiyot yuksak texnologiya, g’oyat yuqori mehnat unumdorligiga asoslanadi, bu esa moddiy to’kinchilikni ta’minlaydi. Aholining ko’pchiligi mulk sohibiga aylanadi.

  • Iqtisodiy faoliyatni tahlil qilish imkoniyatini beradigan usullar:

Xalqaro bozorda raqobatbardoshlik afzalligini ko’rsatkichi milliy iqtisodiyotning rivojlanish darajasini baholaydigan muhim ko’rsatkichdir. Milliy iqtisodiyotda u yillik milliy daromad xajmini yil davomida sarflangan barcha resurslarning qiymatiga bo’lgan nisbatidir.
Mamlakatning boyligi quyidagi ko’rsatkichlar yig’indisi bilan baholanadi:

  1. Aholining jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot (YaIM)

  2. Tabiiy resurlar qiymati

  3. Mehnat resurslarining qiymati

  4. Milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va turlari korxonalarining qiymati.

Mamlakat ixtiyoridagi mavjud resurlar yuqoridagi ko’rsatilgan usullar bilan aniqlanishi mumkin.
Milliy iqtisodiyot faoliyati har xil makroiqtisodiy ko’rsatkichlar bilan ifodalanadi. Qanchalik mahsulot ko’p ishlab chiqarilsa, shunchalik mamlakat boy bo’ladi, iqtisodiyot samarali faoliyat ko’rsatadi va hokazo. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot xilma-xildir. Uning soni va xillari millionlar bilan o’lchanadi va xilma xil o’lchov birliklari bilan ifodalanadi (dona, metr, tonna, kilovat soat va hokazo ) ularni bir-biri bilan taqqoslab yoki qo’shib bo’lmaydi. SHuning uchun ularning hammasini yagona asosga keltiradigan, yagona o’lchov birligi zarur bo’ladi. Ana shunday ko’rsatkich bo’lib amaliyotda qiymat ko’rsatkichlari qo’llaniladi (so’m, dollar, yevro, rubl, funt sterling va hokazo).
Makroiqtisodiyotda quyidagi ko’rsatkichlar yordamida iqtisodiyotning rivojlanishi yoki pasayishi, uning yutuq va kamchiliklari aniqlanadi, o’lchanadi;

    • Yalpi milliy mahsulot (YaMM)

    • Yalpi ichki mahsulot (YaIM)

    • Inflyatsiya

    • Davlat byudjeti taqchilligi

    • Deflyator-inflyatsiyaning xaqiqiy darajasini ifodalovchi





    • Iste’mol baholar indeksi

    • Ishsizlik darajasi va ishsizlik soni, aholining ish bilan bandliligi darajasi

    • Aholini moddiy ne’matlar va xizmatlar iste’moli hajmi, uning jamg’armalari, ish haqining quyi miqdori va qator boshqalar.


Ishlab chiqarishning natijalarini ifodalaydigan makroiqtisodiy ko’rsatkich bu YaLPI MILLIY MAHSULOT (YaMM) hisoblanadi. YaMM bir yil ichida milliy xo’jalikda yaratilgan, taqsimlangan va foydalaniladigan pirovard yakuniy mahsulotlar qiymatidir. YaMM mamlakatda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar yig’indisining pul shaklidagi ifodasidir (mamlakatda yoki uning tashqarisidagidan qat’iy nazar). Milliy xo’jalikda yaratiladigan juda katta har xil mahsulot va xizmatlar iste’mol tovarlariga va investitsiya tovarlariga yoki ishlab chiqarish vositalari mahsulotlariga bo’linadi. Bu ko’rsatkich, ya’ni YaMM ko’rsatkichi 1987 yildan BMT metodologiyasi bo’yicha hisoblana boshlandi.

Ma’lumki har xil davlatlarda tashqi savdo salьdosi (qoldig’i) bir xil emas va u YaMM tarkibiga qo’shiladi. Bu, o’z navbatida, YaMM hajmini o’zgartirib yuboradi. Natijada YaMM ko’rsatkichi taqqoslab bo’lmaydigan holga kelib qoladi. SHuning uchun mamlakat iqtisodini rivojlanish darajasini aniq ifodalaydigan ko’rsatkich bo’lib, yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichi (YaIM) hisoblanadi.


YaIM – bu mamlakatning iqtisodiy faoliyatini umumlashtirib ifodalovchi ko’rsatkichdir. U mazkur mamlakat hududida pirovard iste’mol uchun ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar qiymatiga tengdir.
YaIM jami ijtimoiy mahsulot- YaIM (C+V+M) dan tubdan farq qiladi. Bu farqlar quyidagilardan iborat:
YaIM- bu iste’molga tayyor xayotiy ne’matlarni bildiradi. SHu sababli uning tarkibiga qayta ishlash yoki qaytadan sotishga mo’ljallangan mahsulotlar kirmaydi. Masalan: xom ashyo, material, yonilg’i, energiya, urug’lik, ozuqa,
transport xizmati, ulgurji savdo, tijorat, moliyaviy xizmatlar va boshqalar YaIM qiymatiga qo’shilmaydi. Aks holda YaIM ham takroriy hisoblardan holi bo’lmas edi.
YaIM- bu ichki mahsulotdir. CHunki u mazkur mamlakat hududida joylashgan barcha rezidentlar (qaysi millat va qaysi davlat fuqarosiga mansub ekanligidan qat’iy nazar) tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar qiymatini ifodalaydi.
YaIM natura va pulda hisoblanadi. Naturada ayrim mahsulotlarning hajmi, miqdori, soni aniqlanadi. Masalan: ko’mir, paxta, don, tsement kabilarning miqdori tonnada, taxta, gaz esa kubometrda aniqlanadi.
Mahsulotlar xilma-xil bo’lganidan ularni yagona moddiy- naturada aniqlab bo’lmaydi. Masalan:o’qitish yoki davolash xizmatini tonna, m, m3 orqali o’lchab bo’lmaydi. SHu sababli ularning ko’lami (hajmi, miqdori, soni) necha pullik xizmat ko’rsatilganiga qarab aniqlanadi.

Yalpi ichki mahsulot hajmi yaratilgan mahsulotlar (M) va xizmatlar miqdorini (X) ularning bozor narxiga (R) ko’paytmasidan iborat:
Mazkur mavzuni yakunlar ekanmiz quyidagi xulosalarni chiqarishimiz mumkin:

  1. YaIM tarkibida xizmat ko’rsatish sohalarining axamiyati orta boradi. Oxirgi 40-50 yil ichida jahon miqyosida Fan-texnika taraqqiyoti rivojlanishi moddiy ne’matlar ishlab chiqaradigan sohani tubdan o’zgartirib yuborayapti. Moddiy ne’matlar ishlab chiqaradigan sohaning chegarasi kengayib, ortib borayapti. FTT yangi texnologiyalarni yaratadigan bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanib borayapti.

  2. 80-yillar oxiridan boshlab AQSH va boshqa rivojlangan davlatlarda axborot ishlab chiqarish keng rivoj topmoqda. U kishilarni mehnat faoliyatini uchinchi kuchli sohasiga aylanib qoldi. AQSH milliy iqtisodiyotida yangi tarmoqning ulushi YaMM hajmida shu davr ichida 50 % dan oshgan.

  3. O’zbekiston iqtisodiyotida ham xizmat ko’rsatadigan sohalarni ulushi ortib borayapti va hokazo.





    1. Download 373.05 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling