2-ma’ruza. Milliy iqtisodiyot taraqqiyotini tavsiflovchi ko’rsatkichlar reja: § Milliy iqtisodiyotning faoliyatini ta’minlovchi omillar


Download 373.05 Kb.
bet5/7
Sana15.02.2023
Hajmi373.05 Kb.
#1202791
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mavzu (2)

Raqobatbardoshlilik ko’rsatkichlari

Milliy iqtisodiyotning raqabatbordoshlilik darajasi uning tabiiy resurslar salohiyati, mehnat resurslarining soni va sifati (malaka darajasi) ishlab chiqarishning texnik-texnologik modernizatsiyalashganlik darajasi, iqtisodiyot tarkibiy tuzilishining takomillashganligi, davlatning iqtisodiy rivojlanish hamda islohotlar strategiyasi qay darajada ilmiy asoslanganligi va o’zgarishlar jarayonlarini hisobga olganligiga hamda boshqa bir qancha omillarga bog’liq.


Mamlakat iqtisodiyotining raqobatbordoshliligi – mamlakatning o’rta va uzoq muddatga iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlab turish qobiliyatidir. Iqtisodiyotning to’lovga qodir talabga mos keluvchi, iqtisodiy o’sish va turmush sifatini oshirishni ta’minlaydigan tovar va xizmatlar ishlab chiqarish, ichki va tashqi bozorlarda sotish qobiliyatiga aytiladi.
Raqobatbardoshlilik darajasi quyidagi besh muhim omilga tayanadi:

  1. Sanoat rivojlanganligi; Sanoat mahsulotlarini aholi jon boshiga to’g’ri kelishi, sanoat mahsulotlari ulushi, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan eksport miqdori, umumiy xajmi. Ushbu ko’rsatkichlar Toshkent shahri, Navoiy, Toshkent, Andijon, Qashqadaryo viloyatlari bo’yicha hududlarga nisbatan ancha yuqoridir.

  2. Qishloq xo’jaligi rivoji; Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan qishloq xo’jaligi mahsulotlari, 1 ga qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerga to’g’ri keladigan suv miqdori, (ming m.kub), qishloq xo’jalik yerlari maydoni (ming ga), fermerlar soni (10 ming kishiga).

  3. Xizmat ko’rsatish sektori rivoji; Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan pullik xizmatlar, hududning pullik xizmatlari ulushi, pullik xizmatlarning umumiy xajmi, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan savdo aylanmasi, hududning umumiy savdo aylanmasi ulushi.

  4. Hududlarni investitsiya faolligi; Umumiy investitsiya hajmida hududning investitsiya ulushi, asosiy kapitalidagi investitsiya ulushi (mlrd so’m) xorijiy investitsiya (mln so’m), asosiy fondlar harakati (mlrd so’m), nodavlat sektordagi qurilish ishlari (mlrd so’m)


  5. Download 373.05 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling