2-maruza neytral, qutblangan, O’zgaruvchan tok relelarining ishlash tartibi va asosiy tavsiflari reja


-rasm. Ikki elementli induksion relelar


Download 1.23 Mb.
bet10/14
Sana18.06.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1581670
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2-маъруза

14-rasm. Ikki elementli induksion relelar

Yo‘l relelari sifatida ta’minoti uzluksiz va chas-totasi 50 Gs (ДСШ-12) va 25 Gs (ДСШ-13) bo‘lgan rels zanjirlarida o‘zgaruv-chan tokli, sektorli, ikki elementli induksion ДСШ relelar ishlatishadi.


Ularning konstruk-siyasi (15-rasm) ikkita o‘z-garuvchan tok elektr mag-nitlaridan iborat bo‘lib, biri-ni mahalliy 1 (ME) ikkinchisini esa yo‘l 6 (YE) elementlari deb atashadi.


15-rasm. ДСШ turidagi rele: 1,6 – maxalliy
elektr magnitlar; 2 – tortqich; 3 – kontakt tizimi; 4,7 – roliklar; 5 – yakor

ME va YE o‘zaklari bir-biriga nisbatan simmetrik joylashgan bo‘lib, trans-formator po‘latidan tayyorlangan Sh-shaklli 1 va P-shaklli 6 tunikalarning yig‘ilma-laridan iboratdir. Ikkala ele-ment ham metalli staninaga (poydevor) o‘rnatilgan bo‘-lib, ular orasidagi havo tirqi-shida vertikal tekislikda en-gil alyumin sektor 5 (yakor) harakatlanadi. Sektorning aylanish yo‘li 4 va 7 roliklar yordamida cheklangan bo‘-ladi. Sektorga, kontakt 3 tizimini boshqaradigan, tort-qich 2 qotirilgan. Rele o‘ch-ganda sektor pastki (4 rolik oldidagi) holatda bo‘ladi. Elektr magnitlar ulanganda, sektorga aylantiruvchi mo-ment ta’sir etib, sektorni yuqoriga (7 rolikka qaratib) siljitadi va kontaktlarni almashlab ulaydi. Ro‘para va orqa kontaktlar kumush bilan aralashtirilgan grafitdan tayyorlangan, umumiy kontaktlar esa kumushdan bajarilgan bo‘ladi.


ДСШ rele I sinf ishonchlikka ega relelar guruhiga tegishli, chunki uni sektori og‘irlik kuchi ta’siridan qo‘yib yuboriladi. Induksion releda yakorni magnitaviy yopishib qolish hodisasi bo‘lmaydi.
Aylantiruvchi momentni ko‘paytirish uchun elektr magnitdagi I1 va I2 toklarni ko‘paytirish hamda sektorni Zc qarshiligini kamaytirish kerak. Shu sababli, sektor, engil va yaxshi elektr o‘tkazuvchanlikka ega material bo‘lgan alyuminiydan baja-riladi.
Temir yo‘l avtomatikasida induksion relelarni o‘zgaruvchan tok rels zanjirlari-da yo‘l relesi sifatida ishlatishadi. Bunday rels zanjirlarining soddalashgan sxemasi esa 16-rasmda keltirilgan.
Rels zanjiri (16,a-rasm), izolyasiyalovchi tutashma IT bilan cheklangan yo‘l bo‘lagi (uchastkasi) dan iborat. Uni bitta uchidan ta’minlovchi transformator TT orqali o‘zgaruvchan kuchlanish beriladi. Boshqa uchiga esa, rele transformatori RT orqali induksion relening yo‘l elementi YE ulangan. Mahalliy element ME, mahalliy ta’minot oladi. Relslarga va ME ga bitta faza kuchlanishi beriladi.





Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling