2-maruza neytral, qutblangan, O’zgaruvchan tok relelarining ishlash tartibi va asosiy tavsiflari reja


-rasm. Teskari tortish tokini bitta rels orqali qaytishi


Download 1.23 Mb.
bet12/14
Sana18.06.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1581670
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2-маъруза

17-rasm. Teskari tortish tokini bitta rels orqali qaytishi





18-rasm. Teskari tortish tokini ikkala rels orqali qaytishi

Bu maqsadga erishish uchun, begona tokni o‘tkazuvchi rels ipi, izolyasi-yalangan tutashgichlar bilan jihozlanmaydi.


Rels zanjirini chegaralash uchun (17,a-rasm) ikkinchi rels ipining izo-lyasiyalangan tutashgichi xizmat qiladi. Yana bitta echim: ikkala rels iplari izolya-siyalovchi tutashgichlar bilan jihozlanadi va navbatma-navbat oshirma ulagichlardan teskari tokni o‘tkazishda foydalaniladi (17,b-rasm).
Keyingi usulning ustunligi izolyasiyalangan tutashuvlarda qisqa tutashish bo‘lganda xavfsizlik ko‘proq ta’minlanadi. Ikkala usullar ham asosan, o‘zgaruvchan tokda elektr tortqi uchastkalarda joylashgan, o‘zgarmas tokdagi rels zanjirlarida qo‘l-laniladi;
2. Ikkala rels ham teskari tortqi yoki poezd tokini o‘tkazish uchun qo‘llaniladi.
O‘zgarmas tokda elektr tortqi uchastkalarda drossellar o‘rnatiladi (18,a-rasm), ular rels iplarini har bir sektsiyaning boshlanishi va oxirida ulanadilar. Drossel o‘zgaruvchan tokdagi rels zanjirlari uchun katta qarshilikga ega, va shuning uchun qarama-qarshi rels liniyalari liniyalarida signallarni bir-biridan izolyasiyalaydi.

19-rasm. Rels zanjirlarining chegarasidagi ikkita
drossel-transformator


O‘zgarmas tok esa, teskarisi, relslardan drosselning o‘rta nuqtasidan o‘tib va yana qarshiliksiz relsga qaytadi. Shimoliy Amerikadagi o‘zgaruvchan tokda elektr tortqi uchastkalarda drossel cho‘lg‘amiga ulanuvchi kondensatorlardan foydalaniladi. Rezonans konturi LC tortqi tokga minimal qarshilik va yuqori chastotaga ega bo‘lgan signal tokiga yuqori qarshilikga ega [IRSE, 2008]. O‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokdagi elektr tortqi uchastkalarda drossel drossel-transformatorga takomillash-tirilgan, uning ikkilamchi cho‘lg‘ami rels zanjirining ta’minot yoki releli tomonlari jihozlariga ulanadi (18,b-rasm).


Bunday echim Evropa va Osiyoda qo‘llaniladi.Teskari tortqi tok drossel-transformatorga ikkala relslardan qarama-qarshi tomonlardan shunday oqib keladiki, uning ikkilamchi cho‘lg‘ami kelayotgan toklarning (signal) tengligi sababli xalaqitlarni sezmasligi kerak (19-rasm). Biroq, amalda qarama-qarshi relslardagi tortqi toklarni mutloq teng-ligiga erishib bo‘lmaydi, bunda assi-metriya odatda 10... 20% etadi.
Shuning uchun, begona toklarni ta’sirini istisno qilish uchun, rels zanj-irining yo‘l relesi tortqi tok chastotasi va uning garmonikalariga mos chasto-taga ega bo‘lishi mumkin emas.
O‘zgaruvchan tokdagi chastota-si 50 Gts elektr tortqi uchastkalarda chastotasi 25 Gts rels zanjirlari qo‘lla-niladi (MDX dav-latlarida), 75 Gts (Sharqiy Evropada), 83 1/3 Gts yoki 125 Gts (Markaziy va G‘arbiy Evro-pada) va h.k. 16 1/3 Gts chastotali o‘zgaruvchan tokda elektr tortqi uchastkalarda 42 va 125 Gts rels zanjirlari qo‘llaniladi.
O‘zgaruvchan tokdagi har qanday rels zanjirlarini o‘zgarmas tokda elektrlashti-rilgan uchastkalarda qo‘llasa bo‘ladi. Ko‘p xollarda bunday uchastkalar 50 Gs rels zan-jirlari bilan jihozlanadi. Drossel-transformator-ning qarshiligi past (odatda 1 Om дан kam) bo‘lishi kerak va katta tortuv toklari o‘tishini ta’minlashi kerak (masalan, o‘zgarmas tokdagi elektr tortuvli uchastkalarda 1000 A ko‘pni). Drossel-transfor-matorni izlar orasidagi maxsus tokchada yoki uning yonida joylashtiriladi (20-rasm). Rels zanjiri chegarasida ikkita drossel-transformator bitta umu-miy korpusda yig‘ilgan bo‘lishi mumkin.


Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling