2-ma`ruza “Sog‘liq” va “kasallik” to‘g‘risida zamonaviy tushuncha. Umumiy patologiya asoslari. Salomatlik haqida tushuncha. - Reja
- 1.“Sog‘liq” va “kasallik” to‘g‘risida zamonaviy tushuncha.
- 2.Umumiy patologiya asoslari.
- 3.Kasallikning paydo bo`lish sabablari, organizmning tashqi muhit sharoitiga moslashishi.
Salomatlik deganda, odatda, tanada xastalikning yo‘qligi tushuniladi. Biroq, Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining ta’rifiga ko‘ra bu ancha keng ma’nodagi tushuncha bo‘lib, uni “faqatgina kasallikning bor yoki yo‘qligi emas, balki insonning to‘la jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy farovonligi”, deb tushunish lozim. - Salomatlik deganda, odatda, tanada xastalikning yo‘qligi tushuniladi. Biroq, Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining ta’rifiga ko‘ra bu ancha keng ma’nodagi tushuncha bo‘lib, uni “faqatgina kasallikning bor yoki yo‘qligi emas, balki insonning to‘la jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy farovonligi”, deb tushunish lozim.
- Salomatlik qimmatbaho boylik bo‘lib, u odamlarga shaxsiy, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan samarali va mazmunli hayot kechirish imkoniyatini beradi hamda ishlash, o‘qish, oila va jamoat ishlarida faol qatnashishlarini ta’minlaydi.
- Salomatlikni belgilovchi omillar Inson salomatligiga shaxsiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va ko‘plab boshqa omillar ta’sir qiladi. Ular, odatda, salomatlikni belgilovchi omillar deyiladi.
Bunday omillar quyidagilardan iborat: - Bunday omillar quyidagilardan iborat:
- • Irsiy omil (genetika): umr davomiyligi, turli kasalliklarga irsiy moyillik;
- • Inson xulq-atvori va turmush tarzi: iste’mol qilinadigan ovqat sifati, kundalik faoliyati, tamaki mahsulotlari, spirtli ichimliklarga mayli, stress holatlarini boshqarish darajasi;
- •Olinadigan daromad va ijtimoiy mavqe: boy va kambag‘alligi, jamiyatda tutgan o‘rni;
- •Bandlik va mehnat sharoitlari;
- •Ta’lim: bilim darajasi, tibbiy madaniyatdan qay darajada xabardorligi;
- •Ijtimoiy yordam tarmoqlari: oila muhiti, jamoatchilik tomonidan ko‘rsatiladigan yordam darajasi;
- •Madaniyat: an’analar, oilaviy va jamiyat darajasidagi urf-odatlar, e’tiqoddunyoqarashlar;
- • Jinsi: qanday jinsga (erkak, ayol) mansubligi;
- • Atrof-muhit holati: suv, havo tozalik darajasi, yashash va ishlash sharoiti;
- • Sog‘liqni saqlash xizmatlari: ushbu xizmatlardan foydalana olish imkoniyati;
- Yuqorida keltirilgan omillarning ba’zilarini nazorat qilsa bo‘ladi: masalan, u yoki bu inson sog‘lom yoki nosog‘lom turmush tarzini tanlashi mumkin. Biroq irsiyat bilan bog‘liq omillarni boshqarib bo‘lmaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |