2-ma’ruza. Solod va solod preparatlari. Solod to‘g‘risida umumiy ma‘lumot
Solodning sifatiga qo’yiladigan talablar
Download 252.5 Kb.
|
2-MA\'RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javdar solodining fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari
Solodning sifatiga qo’yiladigan talablar. Fermentlashtirilmagan oq javdar solodining rangi oqdan sariq ranggacha, shirinroq ta’mga va solodga xos bo’lgan hidga ega bo’ladi. Fermentlashtirilgan javdar solodi esa jigarrang-qizil rangi, nordon-shirin ta’mi va aniq sezilib turadigan hidi bilan ajralib turadi. Oq javdar solodi yuqori fermentativ faollikka ega bo’ladigan bo’lsa, fermentlashtirilgan javdar solodining fermentativ faolligi qariyib nulga teng bo’ladi.
Fermentlashtirilgan va fermentlashtirilmagan javdar solodining sifatiga qo’yiladigan talablar 1-jadvalda keltirilgan. 1-jadval Javdar solodining fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari
Respublikamiz novvoylik korxonalarining javdar solodiga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun, bu xom ashyo yaqin kunlargacha MDH davlatlaridan keltirilar edi. Hozirgi kunda javdar solodini bu mamlakatlardan sotib olish va tashib keltirish xarajatlari uning tannarxidan bir necha marta ortib ketadi. Oziq-ovqat va engil sanoat texnologogiyasi institutining «Non, makaron, va qandolatchilik mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi tomonidan 1996 yilda fermentlashtirilgan va fermentlashtirilmagan javdar solodini novvoylik korxonalari sharoitida etishtirish texnologiyasi ishlab chiqildi. «Buxoronon» hissadorlik jamiyatining tajriba sexida javdar solodi ishlab chiqarish texnologik sxemasi tadbiq etildi (1-rasm). Sex tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot GOST 29272 talablariga to’liq javob beradi. Solod «Buxoronon» hissadorlik jamiyatida sifati yaxshilangan javdar noni va quruq kvas ishlab chiqarishda ishlatilmoqda va shuning bilan birga respublikamizning boshqa novvoylik korxonalariga ham etkazib berilmoqda. Bugungi kunda ushbu texnologiya bo’yicha Toshkent, Farg’ona va boshqa hududlarning novvoylik korxonalarida javdar solodi tayyorlanmoqda. Download 252.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling