2-ma’ruza. Solod va solod preparatlari. Solod to‘g‘risida umumiy ma‘lumot
Sovuq suv Oqavaga Qozonxonadan bug’ Kondensat Kondensat
Download 252.5 Kb.
|
2-MA\'RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Solod preparatlari
Sovuq suv Oqavaga Qozonxonadan bug’ Kondensat Kondensat
dejalarda suvda yuvish va ivivtish; 3–plitkalar bilan yopilgan xona polida javdar dononi undirish; 4–ko’kк solodni bug’ ko’ylagi bilan jihozlangan dejalarda ferment-lashtirish; 5–ko’k solodni elektr pechida quritish; 6– solod dononi stollarda sovutish; 7–tegirmonda solod donini maydalash; 8–kukunsimon solodni qadoqlash, joylash va o’lchash Solod preparatlari solod yoki solod o’simtalarining suvda eriydigan moddalarini quyultirish (konsentratsiyalash) natijasida olinadigan mahsulotlardir. Ularning tarkibida donning qobiqlari bo’lmaganligi tufayli, oziq-ovqat mahsulotlari-ning rangini yomonlashtirmaydi. Polisolod ekstraktlari. Ular makkajuxori, so’li va bug’doy solodlari aralashmasidan tayyorlanadi. Polisolod ektraktlari shirin solod ta’miga ega bo’lgan quyuq, o’rtacha qovushqoqlikdagi jigarrang yoki to’q-jigarrang suyuqliklardir. Komponentlari va qo’shimchalarining turiga qarab qo’yidagi polisolod ekstraktlari ishlab chiqariladi: «Polisol» (qo’shimchalarsiz) va uning asosida tayyorlanadigan «Xopesol» (ayrim qo’shimchalar bilan), «Gemosol» (vitaminlar, makro va mikroeleientlar bilan) va boshqalar. Polisolod ekstraktlari davolash-profilaktika maqsadlarida ishlatiladigan oziq-ovqat mahsulotlari sifatida, shuning bilan birga alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarishda va novvoylik va sut mahsulotlari tayyorlashda qo’shimcha xom ashyo sifatida ishlatiladi. Arpa-solod ekstrakti. U pivo tayyorlashda qo’llaniladigan oq arpa solodidan olinadi. Ishlab chiqarish texnologiyasi polisolod ekstraklarining ishlab chiqarish texnologiyasi bilan bir xil. Tayyorlash texnologiyasining o’ziga xos tomoni bo’lib, solodning 30% ni vitaminlar manbai hisoblangan solodga aylantirilmagan arpa bilan almashtirilishi hisoblanadi. Bundan tashqari ekstrakt moddalarni to’liq ajratib olish uchun ferment preparatlari va pivo achitqilaridan ham foydalaniladi. Arpa-solod ekstraktidan non, qandolat, sut mahsulotlari ishlab chiqarishda va ichimliklar tayyorlashda foydalanish mumkin. Solod o’simtalarining ekstraktlari. Solod o’simtalari solodni quritish va ishlov berish jarayonida ajratib olinadi. Solod o’simtalarida oqsillar (30 %), yog’lar (1,9 %), mineral moddalar (6 %), turli xil fermentlarining komplekslari va V, RR, E, S vitaminlar mavjud. Solod o’simtalaridan suvda eruvchi moddalar bilan boy bo’lgan eritma olinadi. Eritma bug’latiladi va quruq moddalarining miqdori 60 % bo’lgan solod ekstrakti olinadi. Ekstraktdan achitqi ishlab chiqarish va novvoylik sanoatida suyuq achitqilarni tayyorlashda qo’llaniladigan oziqa muhitlarining tarkibiy qismi sifatida foydalanish mumkin. Download 252.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling