2-Ma’ruza: Tabiatshunoslik o‘qituvchisi (kasbiy tayyorgarligi, ijodiy va ijtimoiy faolligi, ma'naviy-axloqiy sifatlari, g‘oyaviy-siyosiy yetukligi)ga qo‘yiladigan umumiy talablar


Tabiatshunoslikka oid daftar tutish va yurgizish


Download 32.28 Kb.
bet4/14
Sana04.04.2023
Hajmi32.28 Kb.
#1325919
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2-Ma’ruza. Tabiatshunoslik o‘qituvchisi (kasbiy tayyorgarligi, ijodiy va ijtimoiy faolligi, ma\'naviy-ahloqiy sifatlari, g‘oyaviy-siyosiy yetukligi)ga qo‘yiladigan umumiy talablar

Tabiatshunoslikka oid daftar tutish va yurgizish.
1-sinfdan boshlab o’quvchilar atrof olam bilan tanishishga bog’liq ijodiy ishlar uchun daftar tutishlari kerak. Bu ularga kuzatuvchanliklarini rivojlantirishga va tabiat to’g’risidagi bilimlarini sistemalashtirishga yordam beradi. Daftarlarda asosiy o’rinni ko’pincha o’quvchilarning uy vazifasi sifatida mustaqil chizgan rasmlari egallaydi.
Rasm chizish yoki savollarga javob tarzida yozuvlar qilish uchun o’quvchilar materialni oldindan o’zlashtirgan bo’lishlari kerak. Birinchi yarim yilida o’quvchilar hech narsa yozmaydilar, faqat rasm chizadilar, o’quv yilining ikkinchi yarmida ular shu rasmlar ostida qisqacha yozuvlar qiladilar. Xat-savodga o’rgatishning alifbe davrida o’quvchilar park va xiyobonlarning daraxtlari bilan tanishish maqsadida o’tkazilgan ekskursiyadan keyin har xil shakldagi barg plastinkalarini qog’oz varag’iga qo’yib, uning atrofini rasm tarzida chizadilar. Keyin ular bargni qarab chiqadilar va uning tishli, oval, kesik qirg’oqlari, bargda tomirlarni joylanishi, bandi rasmlarini chizadilar, chizilgan bargga bo’yoq beradilar. Mustaqil rasm chiza oladigan o’quvchilar bargni qog’oz varag’iga qo’ymasdan rasm chizadilar. Chizilgan rasm yoniga bargning o’zini yopishtirish mumkin. Ikkinchi yarim yilda o’quvchilar rasmlar tagiga “Chinor bargi”, “Terak bargi” kabi yozuvlar qiladilar. Yil fasllari to’g’risidagi hikoyalar o’qilgandan keyin o’quvchilar butun suratlarni chizishlari mumkin. Biror o’simlikni kuzatish paytida o’quvchilar e‘tiborini o’simliklarning rivojlanishi bilan bog’liq jarayonga qaratish va ularni kunlar bo’yicha yozdirib borish kerak. Masalan, “20 - fevralda o’rik daraxtida kurtaklar paydo bo’ldi”, “25 - fevralda o’rik gulladi”, “Gullash 5 kun davom etdi”. Ishni osonlashtirish maqsadida birinchi sinf o’quvchilariga qator topshiriqlar beriladi, topshiriqlarga ko’ra ular faqat o’simlikning rivojlanishini xarakterlovchi kunlarni belgilab boradilar. 2-sinfda o’quvchilar kuzatishlar kundaligi va ijodiy daftarlar bilan ish olib boradilar. 3-sinfdan boshlab tabiatshunoslik sistematik kursini o’rganish bilan bog’liq holda daftarlarida ancha murakkabroq ishlarni olib boradilar. Tabiatshunoslik bo’yicha daftarning mazmuni quyidagicha bo’lishi mumkin:

Download 32.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling