O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari: Kommunikativ kompetensiya:
A1
mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda bayon eta olish, darslik, o‘quv atlasi ma’lumotlardan samarali foydalana olish, guruhlar bilan ishlaganda muomala madaniyatiga amal qilish. A1+ manbalardan foydalanib, mavzu bo‘yicha yozma matn tuza olish. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: A1
kompyuter, televizor va boshqa manbalardan mavzuga doir zarur ma’lumotlarni
izlab topish, ulardan samarali foydalana olish va mediamadaniyatga rioya qilish.
A1+
media vositalardan foydalanib, mavzuga doir didaktik topshiriqlarni bajara oish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A1
fan to‘garagida, uyda rasmli kitoblar, jurnallardan foydalanib, mustaqil ishlay olish, sportning yoshiga mos turi bilan shug‘ullana olish, o‘zini tuta olish, o‘zining xatosini tushuna olish. A1+ manbalardan foydalanib, tabiat hodisalariga doir referat tayyorlay olish. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A1
farzandlik va o‘quvchilik burchini biladi, unga rioya qilish, maktabda, sinfdagi
jihozlar, o‘quv qurollarini asrab-avaylash. A1+
tabiiy hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his qilish, sinfda, maktabda, oilada,
mahallada o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish. Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A1
o‘zi yashaydigan joyning maftunkor tabiati, tarixiy obidalarini, dam olish
maskanlarini asrab avaylash va ularning qadriga yetish. A1+
o‘zi yashaydigan joyning maftunkor tabiati, tarixiy obidalariga doir albomlar
tayyorlay olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: A1
xarita, globus bilan ishlashda hisoblashning qulay usullarini qo‘llay olish, aniq hisobkitoblarga asoslangan holda kundalik faoliyatda zarur bo‘lgan dastlabki rejalarni tuza olish, uyda, maktabda suvni isrof qilmaslik va uni tejab ishlatishga amal qilish. A1+
uyda, maktabda suvni isrof qilmaslik va uni tejab ishlatishga doir amaliy topshiriqlarni bajara olish.
Tabiiyot va geografiya fanini mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |