2-Ma’ruza: Tabiatshunoslik o‘qituvchisi (kasbiy tayyorgarligi, ijodiy va ijtimoiy faolligi, ma'naviy-axloqiy sifatlari, g‘oyaviy-siyosiy yetukligi)ga qo‘yiladigan umumiy talablar


Download 32.28 Kb.
bet1/14
Sana04.04.2023
Hajmi32.28 Kb.
#1325919
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2-Ma’ruza. Tabiatshunoslik o‘qituvchisi (kasbiy tayyorgarligi, ijodiy va ijtimoiy faolligi, ma\'naviy-ahloqiy sifatlari, g‘oyaviy-siyosiy yetukligi)ga qo‘yiladigan umumiy talablar


2-Ma’ruza: Tabiatshunoslik o‘qituvchisi (kasbiy tayyorgarligi, ijodiy va ijtimoiy faolligi, ma'naviy-axloqiy sifatlari, g‘oyaviy-siyosiy yetukligi)ga qo‘yiladigan umumiy talablar. Tabiatshunoslik fani bo‘yicha o‘quvchilar bilimlarini nazorat qilish va baholash. 4 sinf “Tabiatshunoslik» darsligi bilan tanishish va tahlil. Oz komplektlangan maktablarda o‘quv-tarbiya jarayonini tashkillashtirishning o`ziga xosligi.
Reja:


    1. Tabiatshunoslik o`qituvchisi (kasbiy tayyorgarligi, ijodiy va ijtimoiy faolligi, ma`naviy-ahloqiy sifatlari, g`oyaviy-siyosiy yetukligi)ga qo`yiladigan umumiy talablar

    2. Bilimlarni tekshirishning o’zlashtirish yuqori bo’lishi uchun tutgan o’rni.

    3. Bilim, uquv va ko’nikmalarni baholash.

    4. Tabiatshunoslikka oid daftar tutish va yurgizish.

    5. O’quvchilar bilimini tekshirishdagi umum metodik talablar.

Tayanch iboralar:“uquv”, “ko’nikma”, “bilim”, “takrorlash”, “tekshirish”, “baholash”, “yozma tekshirish”, “og’zaki tekshirish”, “umum metodik talablar”.
Tabiatshunoslik o`qituvchisi ( kasbiy tayyorgarligi, ijodiy va ijtimoiy faolligi, ma`naviy-ahloqiy sifatlari, g`oyaviy-siyosiy yetukligi)ga qo`yiladigan umumiy talablar. Ta’limni tashkil etish va yo’lga qo’yish borasidagi o’zgarishlar innovatsion pedagogik texnologiyalarga asoslangan interfaol usullarni yuzaga keltirdi. Interaktiv metod - bu o’zaro harakat, ya’ni hamkorlik asosida o’qitish demakdir. Interfaol usullar erkin fikrlaydigan, mustaqil izlanadigan o’quvchilarning ilmiy saloxiyatini shakllantirishga yo’naltirilganligi bilan e’tiborga loyiqdir. Ta’lim berishning bu usulida o’qitish jarayonidagi asosiy ish o’quvchilar tomonidan amalga oshirilishi, ular ta’limning ob’ekti emas, balki sub’ekti, ya’ni xuddi o’qituvchi singari ijrochisi bo’lishi ko’zda tutiladi. Interfaol usullar asosida o’qituvchi bilan o’quvchilarning birgalikdagi ishlashigina emas, balki ta’lim olayotgan o’quvchilarning o’zaro hamkorlikda didaktik faoliyat ko’rsatishi turadi. Demak, interfaol usullar ta’lim mazmunining to’liq o’zlashtirishda o’quvchilarning o’zaro bir-birlari va o’qituvchilari bilan birgalikda faoliyat ko’rsatishlari ko’zda tutiladi.
Interfaol usullar ta’lim jarayonida qatnashayotgan har bir o’quvchining faolligiga asoslanadi.
Bu usullardan foydalanilganda bilim olish o’quvchi uchun qiziqarli xayotiy faoliyatga aylanadi Interfaol usullar qo’llanilganda o’quvchilar o’qitilmaydi, balki ularning o’zlari o’qituvchi bilan birgalikda muayyan yo’nalish va miqdordagi bilimlarni mustaqil o’zlashtirishadi.
Bu hol, ayniqsa boshlangich sinf o’quvchilarida erkin fikrlash mustaqil izlanishga rag’bat paydo qiladi.
Bu shaklda uyushtirilgan ta’lim jarayoni qatnashchilari o’zaro bemalol tortishadilar, o’quv materialini buyurilganiday emas, balki o’zlari xohlaganday yangi bilimlarni mustaqil o’zlashtiradilar. Ta’lim jarayoni qatnashchilari kichik guruhlarga bo’lingan holda ishlashadi. O’quv topshiriqlari alohida bir o’quvchiga emas, balki kichik guruhning barcha a’zolariga beriladi. O’quvchilarda jamoa tuyg’usini shakllantiradi va ularning tashabbuskorligini orttiradi.
Interfaol usullar o’z-o’zidan tasodifan paydo bo’lib, qolgan emas. U XX asrning so’ngi choragida yuzaga keldi. Ta’limni interfaol usulda tashkil etish uchun insoniyat tafakkuri muayyan yuksaklikka ko’tarilishi, ilm – u fanning taraqqiyoti o’zining avj nuqtasiga yuksalishi lozim edi. Eng muhimi, insonning tafakkur tarzida interfaol ta’limga ehtiyoj paydo bo’lishi lozim edi.
Zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonini mukammal loyihalashtirishni, aniq masalalar qo’yishni, rejalashtirilgan natijalarni amalga oshiruvchi uzviy bog’langan majmua hisoblanadi. Shunday ekan, ta’lim-tarbiyaga e’tibor bermasdan turib, kelajagimiz bo’lgan navqiron va sog’lom avlodni, bilimli, savodli yoshlarni tasavvur qilib bo’lmaydi.
Innovatsiya - bu muhim ahamiyatga ega bo’lgan va tizimli yangiliklardan iborat bo’lib, ular turli tashabbus va yangilanish asosida yuzaga keladi hamda ta’limning tadrijiy ravishda tashkil topishi uchun istiqbolli hisoblanadi, shuningdek, ta’lim muhitning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Pedagogik innovatsion faoliyat o’qitish tizimini bir holatdan ikkinchi holatga o’tkazishga olib keluvchi yangilikni tarqatish jarayonidan iborat. Innovatsion ta’lim eng samarali shakl, vosita, metodlarni, usullarni izlash, yangi g’oyalarni yaratish natijasida yuzaga keladi. Shuning uchun innovatsiya ta’lim evolyusiyasining muhim elementi hisoblanadi.
Jumladan, boshlangich sinflarda tabiatshunoslikni o’qitishni innovatsion metodlardan foydalanib tashkil etish uchun avvalo darsning rejasi va loyihasi aniq ishlab chiqilishi lozim. Dars loyihasini o’qituvchi o’zining ish shakllari va o’quvchilarning ko’nikma egallash jarayonidagi ishlar doirasini aniq belgilab olishi lozim. Shuningdek, u qanday o’qitish metodlardan foydalanishi ham muhim ahamiyatga ega..
Interaktiv mashg’ulotning asosiy metodlari: zinama-zina, interaktiv seminar, trening, aqliy hujum, ishchanlik o’yini, rolli o’yin. muxokama, baxs. munozara, tanqidiy fikrlash, bumerang, press, intervyu, zanjir, sinkveyn, pinbord, insert, suratli diktant, muzyorar va boshqalar.
Boshlangfich sinf tabiatshunoslik darslarida innovatsion pedagogik texnologiyalami qo`llash uchun eng avvalo dars turi, maqsadi, mavzusiga to‘xtalish tabiiy. Shunday ekan, eng avvalo, darsning texnologik xaritasini tuzib olinishi darkor, chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o'qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, о‘quvchilaming imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi. Uni qay ko‘rinishda tuzish o‘qituvchining tajribasi, qo‘ygan maqsadi, ijodkorligiga bog‘liq.

Download 32.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling