2-Ma’ruza: Tabiatshunoslik o‘qituvchisi (kasbiy tayyorgarligi, ijodiy va ijtimoiy faolligi, ma'naviy-axloqiy sifatlari, g‘oyaviy-siyosiy yetukligi)ga qo‘yiladigan umumiy talablar


Download 32.28 Kb.
bet5/14
Sana04.04.2023
Hajmi32.28 Kb.
#1325919
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2-Ma’ruza. Tabiatshunoslik o‘qituvchisi (kasbiy tayyorgarligi, ijodiy va ijtimoiy faolligi, ma\'naviy-ahloqiy sifatlari, g‘oyaviy-siyosiy yetukligi)ga qo‘yiladigan umumiy talablar

Tushuntiruvchi yozuvli rasm. Asliga qarab chizish yaxshi. Masalan, amaliy mashg’ulotda “G’o’za” mavzusini o’rganishda o’quvchilar g’o’zaning organlari bilan rasmini chizadilar. Agar darsda vaqt yetarli bo’lmasa, rasm chizish uyda tugallanadi. O’qituvchining doskaga chizganlarini daftarga chizilishi mumkin. Har bir rasm odatda uning ayrim qismlarini ifodalaydigan tegishli yozuvlar ko’rinishidagi tushuntiruvchi matnga ega bo’lishi kerak (masalan, ildiz, poya, barg, gul, meva);
O’qitish oxirida olingan qisqacha ta’riflar, umumlashtirishlar, tavsiyalar. Masalan, “reja”, “masshtab”, “kompas” tushunchalarining ta‘rifini yozish, u yoki bu tabiiy zona uchun “Qazilma boyliklarning xususiyatlari” jadvalini tuzish mumkin; - yangi qiyin atamalar;
-u vazifasini tayyorlash rejasi yoki jadvallar tayyorlash kerak bo’lgan savollar; -beriladigan savollarga yozma javoblar;
-yozma ishlar, uyda yoki tirik tabiat burchagidagi tajribalarning natijalari.
Masalan, o’quvchiga uyda biror o’simlikni qalamchasidan o’stirish topshirig’i berilgan. U daftariga qalamchaning qachon kesilgani va suvga solinganini, qachon ildizchalar hosil bo’lganini yozib borishi, shuningdek rivojlanishning har xil davridagi qalamcha rasmini chizishi kerak.
Daftarda asta-sekin xilma-xil va qiziq material to’planib boradi, u tabiatshunoslikni o’rganishni osonlashtiradi. O’quvchilar daftarlaridagi barcha yozuv va rasmlar muntazam, o’z vaqtida va batartib bajarilishi lozim. Ishning bajarilmasligi javobning bahosini pasayishiga olib keladi.
Daftar muntazam va sinchiklab tekshirib borilishi hamda o’quvchilarning javob berayotganlarida esa naridan-beri qarab chiqilishi lozim. Tekshirishda yozuv va rasmlarning to’g’ri bajarilganligi aniqlanadi. O’quvchilarning daftardagi ishlari albatta baholanadi.
Kuzatishlar kundaligi va tabiat hamda mehnat kalendari. Birinchi sinfda kuzatishlar ikkinchi yarim yildan boshlab olib boriladi. Ob-havoning o’zgarishlarini kuzatish g’oyat muhimdir. Osmonning holatlarini kuzatish jarayonida “ochiq”, “bulutli”, “kam bulutli” tushunchalari; quyoshni kuzatishda -“sovuq”, “juda sovuq” (“ayoz”), “iliq”, “issiq”; Shamolni kuzatganda -“kuchli”, “kuchsiz” tushunchalari shakllanadi. Shu vaqtning o’zida bolalar yog’inning har xil turlari - yomg’ir, qor, do’l, tuman, qirov, to’g’risida tasavvurlar oladilar.
Bolalar asta-sekin ob-havoni kuzatish natijalarini kundaliklari va sinf tabiat kalendarida har kuni belgilab borishga o’rganadilar. Ob-havo va shamolning kuchi darslikda keltirilgan shartli belgilar bilan belgilanadi.
Ob-havoni kuzatishdan tashqari o’quvchilar o’simlik va hayvonlar hayotidagi mavsumiy hodisalarni payqashga o’rganib boradilar. Bolalar o’simliklar faqat tabiatni bezatib qolmasdan, balki odamlar va hayvonlar uchun zarur ekanligini bilib oladilar. Ular oziq beradi, havoni hayot uchun zararli gaz va changlardan tozalaydi.

Download 32.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling