2-ma’ruza temir yo‘l tarixi va boshqaruv tizimi reja


Rossiyada temir yo‘l transportining rivojlanish tarixi


Download 50.71 Kb.
bet2/7
Sana19.04.2023
Hajmi50.71 Kb.
#1366375
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Маъруза 2

2. Rossiyada temir yo‘l transportining rivojlanish tarixi

Ural zavodchilari Demidovlar qo‘lida ishlagan Nijniy Tagil zavodi mexanigi ota-o‘g‘il Ye.A.Cherepanov va M.Ye.Cherepanovlar Rossiyada birinchi parovoz va birinchi temir yo‘lni qurib, 1834-yil avgustida ishga tushirdilar (rasm 1.2). Ikkinchi parovoz 1835-yilda qurilib, temir yo‘llarning uzunligi 3,5 kilometrga yetkazildi va unda yuklardan tashqari yo‘lovchilar ham tashila boshlandi. Ammo Cherepanovlarning bu ixtirolariga ularning tiriklik chog‘larida e’tibor qilinmadi.





Rasm 2.2. Parovoz


Faqat, 1834-yilda Rossiyaga kelib temir yo‘l qurilishini asoslab bergan Vena universitetining professori F.A.Gerstnerning taklifi bilan umumfoydalanish uchun Rossiyada birinchi temir yo‘l S.Peterburgdan sarskoe selogacha 27 km uzunlikda qurildi. Unda 42 ta katta bo‘lmagan yog‘och ko‘priklar, besh stansiya qurib bitkazildi va 1837-yilning 11-noyabrida foydalanish uchun rasmiy ravishda ishga tushirildi. sarskoe selo temir yo‘li Rossiya uchun temir yo‘llarning qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini isbotladi. Shundan keyingi davrda Peterburg va Moskva shaharlari orasida 651 km uzunlikda bo‘lgan ikki yo‘llik murakkab injenerlik yechimlariga ega bo‘lgan magistral temir yo‘l qurilib, 1851-yil 1-noyabrda rasmiy ravishda ishga tushirildi. Bu yo‘lda 34 stansiya va 184 ko‘prik qurildi. Temir yo‘lning kengligi 1524 mm qilib belgilandi. Birinchi poezd yo‘lovchi poezdi bo‘lib, Moskvaga 27 soat ichida yetib keldi.


Keyingi temir yo‘llar qurilishi davriy o‘zgarishlar bilan davom etdi. XIX asrning 60-80 yillari orasida temir yo‘llarda tezkor rivojlanish davri kuzatildi. 1891-yildan Buyuk Sibir temir yo‘li jadal qurila boshlandi va Rossiyaning iqtisodiy taraqqiyotida katta o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi.
3. O‘rta Osiyoga temir yo‘l transportining kirib kelishi

O‘zbekistonning temir yo‘llari tarixi 1874-yildan boshlangan bo‘lib, ushbu davrda maxsus komissiya Orenburg-Toshkent temir yo‘li qurilishini zarur deb topgan. O‘rta Osiyoda temir yo‘llarning qurilish tarixi 1880-yilda Kaspiyorti temir yo‘li qurilishidan boshlanadi.


O‘rta Osiyo hududida temir yo‘l qurilishi eng katta muammoni hal etishga qaratilgan. U Chor Rossiyasining bu o‘lkalarda harbiy ustunligi va siyosiy hukmronligini kuchaytirishga xizmat qilishi kerak edi. Shuning uchun ham temir yo‘l qurilishi dastavval kaspiyortidan boshlangan. 1880-yil Axal-Tekin ekspeditsiyasidan so‘ng Kaspiy dengizidan qizil Arvatgacha temir yo‘l qurildi. Vaziyatga ko‘ra uni Chorjo‘y va Samarqandgacha davom ettirish shart edi.



Rasm 2.3. O‘zbekiston temir yo‘llari rivojlanishi tarixi haritasi


O‘rta Osiyoda uzunligi 217 chaqirimni tashkil etadigan birinchi temir yo‘l 10 oyda qurib bitkazildi. 1881-yil 20-sentabrda Mixaylov qo‘ltig‘idan qizil Arvatgacha bo‘lgan po‘lat izlar ustidan poezdlar qatnay boshladi. Keyinchalik qizil Arvatdan Samarqandgacha temir yo‘l davom ettirildi, hamda ikkinchi Kaspiyorti temir yo‘l bataloni tashkil etildi. 1895-yil may oyida muhandis A.I.Urusatev boshchiligida temir yo‘llarni Samarqanddan Toshkent va Andijongacha davom ettirishga kirishilib, bu ish 4 yildan so‘ng nihoyasiga yetkazildi va temir yo‘l uzunligi 2368 chaqirimga yetdi. Yo‘lning 1748 chaqirimi Krasnovodsk - Toshkent yo‘nalishiga, 294 chaqirimi Murg‘ob, 306 chaqirimi Andijon tarmog‘iga, 12 chaqirimi Kogon – Buxoro va 8 chaqirimi Gorchakovo (Marg‘ilon) – Skobelev (Farg‘ona) uchastkalariga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, temir yo‘llarda 99 bekat, 96 ko‘prik, neft va suv ta’minoti inshootlari, ko‘plab turar joylar, ustaxonalar, bilim yurtlari bunyod etildi. 1900-yilda temir yo‘l ixtiyorida 311 parovoz va 4552 vagon bor edi. Yo‘lning o‘tkazish imkoniyati 1903 yilda bir kecha-kunduzda 17 juft poezdni tashkil etdi.


Rossiya 1900-yil kuzida Orenburg – Toshkent temir yo‘l qurilishini boshlab yubordi. qurilish 2 tomonlama - Orenburg va Toshkentdan boshlanib, 1906-yilda umumiy uzunligi 1736 chaqirim bo‘lgan Orenburg-Toshkent temir yo‘li foydalanishga topshirildi. 354 chaqirimdan iborat Kinel – Orenburg tarmog‘i ham o‘sha yillari qurilgan edi. Butun temir yo‘l tarmog‘i 1906-yilda 2090 chaqirimdan iborat bo‘lganligi haqida ma’lumotlar bor.
Toshkent – Orenburg yo‘nalishi ikkinchi yirik temir yo‘l tarmog‘i bo‘lib, u O‘rta Osiyoni Rossiyaning markaziy sanoat hududlari bilan bog‘lagan. Keyinchalik ichki yo‘nalishlarni qurishga kirishilgan. Farg‘ona temir yo‘li, Kogon-Termiz, qarshi-Kitob uchastkasi shular jumlasidandir. 1908-yilga kelib, temir yo‘l qurilishida xususiy tadbirkorlar va turli xil aksionerlik jamiyatlari ham faol qatnasha boshladilar.



Download 50.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling