2-ma’ruza temir yo‘l tarixi va boshqaruv tizimi reja


Temir yo‘llardan texnikaviy foydalanish qoidalari


Download 50.71 Kb.
bet5/7
Sana19.04.2023
Hajmi50.71 Kb.
#1366375
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Маъруза 2

Temir yo‘llardan texnikaviy foydalanish qoidalari. O‘zbekiston respublikasi temir yo‘llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari «O‘zbekiston temir yo‘llari» DATK ning barcha hududlarida amal qiladi hamda temir yo‘llar va temir yo‘l transporti xodimlarining asosiy nizomlarini, ish tartibini, muhim inshootlar, qurilmalar va harakat tarkiblarini saqlash meyorlarini, asosiy o‘lchamlarini, ularga bo‘lgan talablarni, poezdlar harakatini tashkil qilish tizimini va signalizatsiya tamoyilarini o‘rnatadi.
Texnikaviy foydalanish qoidalari temir yo‘l transportining barcha bo‘linmalari va hodimlari uchun majburiydir. Uning bajarilishi temir yo‘l transportining barcha bo‘g‘inlarida tartibni, temir yo‘llarning aniq va beto‘xtov ishlashini va harakat xavfsizligini ta’minlaydi.
O‘zbekiston temir yo‘llarida signalizatsiya bo‘yicha yo‘riqnoma. Ushbu yo‘riqnoma poezdlar harakati va manyovr ishlarini boshqarishga taalluqli bo‘yruq va ko‘rsatmalarni uzatish uchun qo‘llaniladigan ko‘rinuvchan va ovozli signallar tizimini, hamda ushbu signallarni uzatish uchun qo‘llaniladigan signal asboblarini belgilaydi.
Yo‘riqnomani bilish temir yo‘llarning barcha bo‘linmalari va O‘zbekiston temir yo‘llari hududidagi barcha temir yo‘l xodimlari uchun majburiy bo‘lib, uning talablariga rioya qilish temir yo‘llarning beto‘xtov ishlashini, poezdlar harakati va manyovr ishlari xavfsizligini ta’minlaydi.
O‘zbekiston temir yo‘llarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bo‘yicha yo‘riqnoma. Ushbu yo‘riqnoma O‘zbekiston temir yo‘llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari va temir yo‘llarda signalizatsiya bo‘yicha yo‘riqnomalarning talablari asosida tayyorlangan bo‘lib, quyidagi qoidalarni belgilaydi:
- poezdlarni qabul qilish, jo‘natish va o‘tkazishni har xil SMB (signalizatsiya, markazlashtirish, blokirovka) tizimlarida, nosozlik holatlarida va temir yo‘llarda ta’mirlash ishlari olib borilayotgan vaqtlarda bajarish tartib - qoidalari;
- stansiyalarda manyovr harakatlari tartibi;
- poezdlarni ogohlantirish tartibi;
- poezdlar harakati va manyovr ishlari xavfsizligini ta’minlovchi boshqa qoidalar.
Harakat xavfsizligini ta’minlovchi asosiy shartlardan biri texnik qurilma va inshootlarning butunligini va ishga shayligini ta’minlashdir. Texnikaviy foydalanish qoidalari talablariga binoan temir yo‘lning har bir ishchi va xizmatchisi harakatga xavf tug‘diruvchi har qanday holatda poezdga yoki manyovr vositalariga to‘xtash signalini berabilishi, uni to‘xtatish chorasini ko‘rabilishi, harakatga xavf tug‘diruvchi inshoot yoki qurilma bo‘lsa, bunday xavfli joyni chegaralab muhofazalashi va kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilishi kerak.



Download 50.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling