Qobirg‘ali plitalarni armaturalash. Qobirg‘ali plitalarda oldindan zo‘riqtirilgan asosiy ishchi armaturani qobirg‘alarga joylanadi.
1–rasm. Qobirg‘ali plitani armaturalash
Plitaning tokchasi (supachasi) simto‘r bilan, ko‘ndalang qobirg‘alari – payvandlangan yassi karkaslar bilan, bo‘ylama qobirg‘alar esa yassi karkas va oldindan zo‘riqtirilgan armatura bilan qotarhadi. Oldindan zo‘riqtirilgan armatura sifatida davriy profilli A – VI sinfli po‘lat sterjen ishlatiladi.
Plita tokchasiga yotqiziladigan payvandlangan simto‘r Vr – I sinfli oddiy simdan tayyorlanadi. Bo‘ylama va ko‘ndalang qobirg‘alarning yassi karkaslari A – III sinfli davriy profilli sterjenlardan ishlanadi. Montaj armaturasiga A–I sinfli sim ishlatiladi. Plitani armaturalash tartibi 1 – rasmda tasvirlangan.
Rigellarni armaturalash (2–rasm) moment va ko‘ndalang kuchlarning umumlashma epyurasiga muvofiq olib boriladi. Epyuraga muvofiq ishchi armatura oraliq va tayanchlarda qisman kaltalashtiriladi, ya’ni uziladi, bu, o‘z navbatida, moment kichik bo‘lgan joylarda armatura sarfini tejash imkonini beradi.
2–rasm. Uzliksiz rigelni armaturalash: 1 – K–I karkaslar; 2 – K–2 karkaslar
Plitalari kontur bo‘ylab tiralgan qovurg‘ali Yaxlit orayopmalarning konstruktiv sxemasi va hisoblashning o‘ziga xos xususiyati. Bunday orayopmalar qovurg‘ali orayopmalarga qaraganda birmuncha qimmat turadi.Biroq, u estetik jihatdan afzalliklarga ega va, odatda, jamoat binolarida qo‘llaniladi. Qalinligi 5 ... 14 sm li orayopma plitasi ustunlarning o‘qlari bo‘ylab ikkala yo‘nalishda to‘sinlarga tiraladi (1–rasm). Agar to‘sinlar orasidagi masofa kichik bo‘lsa (2 m dan kichik), ustunlar har 3–4 oraliqda qo‘yiladi yoki umuman qo‘yilmaydi (1,b–rasm). Plitaning oralig‘i plita tomonlarining o‘zaro nisbati 1...1.5 bo‘lganda 4...6 m ni tashkil etadi. Konturi bo‘ylab tiralgan plitalar chegara muvozanat uslubining kinematik usuli bo‘yicha hisoblanadi. Plita chiziqli plastik sharnirlar – qayrilish chiziqlari bilan birikkan bikir tarkibiy qismlari (bug‘inlari) bo‘lgan mexanizm tarzida quriladi (2–rasm). Qayrilish chiziqlarining joylashish shakli konvertni eslatadi. Shuning uchun sinishning konvert sxemasi haqida gap yuritiladi. Konvert sxemada sinishda plitalarning yuz berishi mumkin bo‘lgan siljishidan to‘nkarilgan tom tarzidagi jism hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |