2 Mavzu : Nutq uslublari
-MAVZU: Mustaqilo’qilgan asarlar muhokamasi. Takrorlash
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Ma'ruza matn(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
45-MAVZU: Mustaqilo’qilgan asarlar muhokamasi. Takrorlash
Reja: 1.Mustaqil o’qilgan asarlar ro’yxatini tuzish. 2.Mustaqil o’qilgan asarlar qahramonlari ro’yxatini tuzish. 3.Mustaqil o’qilgan asarlar mavzusi va g’oyasini aniqlash Tayanch so’z va iboralar: Badiiy adabiyot, so'z san’ati, asarlarning mavzu va g’oyasi, asar qahramonlari.
Badiiy adabiyotning asosiy ish quroli so‘zdir. O‘zi ko‘zga ham ko‘rinmaydigan so‘z yordamida nafaqat atrofdagi narsa-hodisalar, balki boshdagi o‘ylar, ko‘ngildagi sezimlargacha ifodalash mumkin. Shuning uchun ham san’at turlari orasida adabiyot alohida o‘rin tutadi. Insonning o‘y-xayollari, istag-u armonlari badiiy adabiyotda to‘laroq aks ettiriladi. Respublikamiz Prezidentining “Ma’naviyatni tushunish, anglash uchun avvalo insonni tushunish, anglash kerak” degan so‘zlari bu o‘rinda alohida ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, badiiy adabiyotda tasvirlangan hayot serqirra va ta’sirli bo‘ladi. Tasavvur qilaylik, siz «Alpomish» dostonini o‘qiyapsiz. Bilasizki, asardagi voqealar bundan minglarcha yillar oldin qayerdadir, kimlar bilandir ro‘y bergan, ehtimol, hech qachon bo‘lmagandir ham. Asar qahramonlari sizga qarindosh ham, yaqin ham emaslar. Lekin ularning taqdiri sizning taqdiringizga, ularning tuyg‘ulari siznikiga qo‘shilib ketadi, o‘zingizni ulardan ayri tasavvur qilolmaysiz. Doston qahramonlari taqdirining, umuman, badiiy asarning tuyg‘ularingizga bunchalar qattiq ta’sir ko‘rsatishi, sizning sezimlaringizni bezovta qilishi sababi haqida beixtiyor o‘ylab qolasiz. O‘zbek tilida funksional omonimlarning ko‘pligi tilimizning tag ma’nolarga to‘lib- toshuvini ta’minlagani, agar bir so‘zni bir necha ma’noda qabul qilish imkoni bo‘lmaganda, hozirgina sizni o‘ylantirgan timsol yaratilmasligi haqida o‘ylaysiz. Shoirning so‘zni tuyish qobiliyatiga tan berasiz. Faxriyor chizgan she’riy manzarada ilm- fan beradigan xulosalarda bo‘lmagan insoniy sezimlar, kechinmalar borligini anglaysiz. Ijodkor yaratgan asl badiiy asarda doimo fikr bilan birgalikda tuyg‘u, hissiyot qorishib keladi. Yozuvchi hamisha yo nimanidir yoqlaydi yoki inkor qiladi. Ijodkorning betaraf bo‘lishi mumkin emas. Chunki chinakam badiiy asar yaratiladigan holat inson tafakkuri va ruhiyatida betaraflik tugagandan so‘ng paydo bo‘ladi. Adibning tuyg‘ulari nechog‘lik kuchli, ko‘zi qanchalar o‘tkir, tili qanchalik boy bo‘lsa, o‘quvchi uning asari ta’siriga shunchalik qattiq beriladi. Yaratilgan badiiy matnning qanchalik hissiy, ta’sirchan bo‘lishi uning obrazliligiga bog‘liq. Adabiyot keng ma’noda ilmiy va badiiy singari ikki turga bo‘linadi. Ilmiy adabiyot tushunchasi inson aqlining mahsuli bo‘lmish ijtimoiy ahamiyatga ega har qanday yozma asarni o‘z ichiga oladi. Texnikaviy, ilmiy, ma’rifiy, publitsistik, memuar, tarixiy, ensiklopedik, lug‘atshunoslik va boshqa yo‘nalishdagi adabiyotlar ilmiy adabiyot tushunchasiga kiradi. Ilmiy adabiyot kishining aqlini o‘stirib, uning bilimlarini ko‘paytirishga xizmat qiladi. Badiiy adabiyot tushunchasi esa o‘z ichiga olamni obrazli ko‘rish va timsollar asosida aks ettirish mahsuli bo‘lmish badiiy asarlarni oladi. Bu xil asarlar nimanidir o‘rganish, bilib olish uchun emas, balki inson qalbining tovlanishlarini tuyg‘ularining ranginligini his etish, uning quvonchu iztiroblarini tuyish uchun o‘qiladi. Shu bois kishilar tomonidan o‘qilib, hissiyotni boyitish, ruhiyatga singdirish ko‘zda Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling