2 Mavzu : Nutq uslublari
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Ma'ruza matn(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 43-MAVZU: “Devoni hikmat”ning obrazlar tizimi Reja
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1.Ahmad Yassaviyning hayoti va ijodi haqida nimalarni bilasiz? 2. Ahmad Yassaviy she’rlarida qanday taxalluslar qo’llangan? 3. Ahmad Yassaviy ijodidagi ishq va oshiq tushunchalariga izoh bering.
1.Hikmatlarning xalq og’zaki ijodi bilan aloqasi va to’rtlik shaklida ifodalanishi. 2. Ularda axloqiy-ta’limiy yo’nalishning ustuvorligi. 3. Adibning badiiy mahorati. Tayanch so’z va iboralar:“Devoni hikmat”,xalq og’zaki ijodi, Ahmad Yassaviy, to’rtlik, murabba’ Ahmad Yassaviy she’riyatining keng tarqalishi va xalq orasida sevib o’qilishining asosiy sabablaridan biri uning xalq og’zaki ijodiga nihoyatda yaqunligidadir. Hikmatlar, asosan, to’rtlik va murabba’ shaklida bitilgan.
Rohat tashlab, jon mehnatim xushlag’anlar, Shaharlarda jonin qiynab ishlag’anlar,
Ho-yu havas, meammonni tashlag’anlar, Chin oshiqdir, hargiz oni yolg’oni yo’q.
Ahmad Yassaviy hikmatlarining tasavvuf falsafasiga tegishli jihatlari ustida muloxaza yuritganda, oshiqning shariat, tariqat, ma’rifat bosqichlaridan o’tib haqiqat martabasiga yetishini eskash o’rinli bo’ladi. Shoir bu bosqichlarda islom dini hukmlarini o’zida mujassam etgan shariatni yaxshi bilish zarurligini uqtiradi. Shuning uchun ham “Shariatsiz tariqatga kirib bo’lmas”, ”Tariqatga shariatsiz kirganlarni, Shayton kelib iymonini olur ermish” yoki “So’finaqsh bo’lding valek hargiz musulmon bo’lmading” kabi misralarni yozadi.
Zohid bo’lma, obid bo’lma, oshiq bo’lg’il,
Nafsni tepib, dargohiga loyiq bo’lg’il,
Ishqsizlarni imoni yo’q ham joni yo’q. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling