2 Mavzu : Nutq uslublari
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Ma'ruza matn(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 1. Toshbitiklar nima uchun O’rxun- Enasoy obidalari nomini olgan? 2. Yodgorliklar qanday mavzularda yaratilgan? 3. To’nyuquq siymosiga ta’rif bering. 4. “Xoqoni baxodir ekan, maslahatchisi alloma ekan” degan baho kimlarga nisbatan qo’llangan?
42-MAVZU:Ahmad Yassaviy. “Devoni hikmat” asari Reja:
1. Ahmad Yassaviy hayoti va ijodi. 2.Ahmad Yassaviy – tasavvuf adabiyotining yirik vakili. 3.”Devoni hikmat” – adabiyot tarixidagi alohida janr sifatida.
ma’rifat, haqiqat.
Yassi yaqinidagi Sayram shahrida tug’ilgan. Uning otasi Ibrohim Turkistonning taniqli shayxlaridan bo’lgan. Onasi Qorasoch momo nomi bilan mashhur.
Ahmadning yoshligi ancha qiyin kechadi. Juda erta yoshligida otasi vafot etadi. Ahmad Yassaviy yirik metasavvif olim Arslonbobo qo’lida tarbiyalanadi, so’ng Buxoroga borib Yusuf Hamadoniy qo’lida tahsil oladi.
Ahmad Yassaviy tasavvuf ilmini shu qadar chuqur egallaydiki, xalq orasida “Madinada Muhammad, Turkistonda Xoja Ahmad” degan naql paydo bo’ladi.
Ahmad Yassaviy 1166-yilda vafot etadi. Uning shuhrati vafotidan keyin ham pasaymagan. Amir Temur unga alohida hurmat bilan qarab, 1395-1397-yillarda Turkistonda Ahmad Yassaviyning qabri o’rnida muhtasham maqbara qurdiradi. U hozir ham mavjud.
Alisher Navoiy “Nasoyim ul- mahabbat” asarida Ahmad Yassaviyga shunday ta’rif beradi: ”Xoja Ahmad Yassaviy- Turkiston mulkining shayx uk- mashoyixidur. Maqomati oliy va mashhur, karomati matovoliy (Hayratlanarli) va nomahsur (chegarasiz) ermish. Imom Yusuf Hamadoniyning as’hobidindur (suhbatdoshi)”. Ahmad Yassaviy- mutasavvuf shoir. Tasavvufdagi 4 asosiy bosqich: shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat mogiyatini she’riy misralariga singdirgan Ahmad Yassaviy shu yo’nalishda katta shuhrat qozondi. Ahmad Yassaviy hikmatlari xakqona ruhi bilan o’ziga xoslik kasb etadi.
Ishq davosi manga qilma, yolg’on oshiq,
Oshiq bo’lsang bag’ring ichra ko’z qoni yo’q, Muhabbatni shavqi birla jon bermasa,
Zoye kechar umri oni yolg’oni yo’q. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling