2-mavzu : sug‘urta munosabatlarida qo’llaniladigan ibora va tushunchalar reja


Download 196.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana05.02.2023
Hajmi196.81 Kb.
#1166910
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2-mavzu (1)

Shaxsiy sug’urta - sug’urta ob’ekti sifatida fuqarolarning hayoti, sog’ligi va 
mehnat qobiliyatini saqlash bilan bog’liq manfaatlar majmuasi shaklidagi sug’urta 
tarmog’i. Shaxsiy sug’urta hayot sug’urtasiga va baxtsiz hodisalardan sug’urtaga va 
tibbiy sug’urtaga bo’linadi. U riskli va jamg’arma funktsiyalariga ega. Chet el 
tajribasida shaxsiy sug’urta to’rtta sug’urta klassidan iborat bo’lib, inson hayotidagi 
ro’y berish mumkin bo’lgan hodisalar (tug’ilish, o’lim, voyaga etish, nikohdan 
o’tish, ma’lum bir yoshgacha yashash) ehtimolligi bilan bog’liq barcha sug’urta 
turlarini o’z ichiga oladi. Keng ma’noda shaxsiy sug’urta-bu uzoq muddatli hayot 
sug’urtasi, aralash sug’urta va annuitetlardir. 
3. Xalqaro darajada qo‘llaniladigan sug‘urtaga oid atamalarga quyidagilarni 
kiritish mumkin: 
 
Abandon - to‘liq miqdordagi sug‘urta summasini olish uchun 
sug‘urtalanuvchining sug‘urtalangan mol-mulkdan sug‘urtalovchining foydasiga 
voz kechishi (sug‘urtalangan kema nobud bo‘lganda, u xabarsiz yo‘qolganda, kema 
yoki yuk qaroqchilar tomonidan bosib olinganda). Abandon to‘g‘risidagi ariza 
voqea-hodisa ro‘y bergandan keyin olti oy mobaynida berilishi kerak. Ayrim chet 
mamlakatlar qonunchiligida abandon sug‘urtalanuvchining bir tomonlama akti 
hisoblanadi. Faqat, Angliya qonunchiligida abandon uchun sug‘urtalovchining 
roziligi talab etiladi.
Avariya komissari - sug‘urta kompaniyasining vakolatiga ega bo‘lgan 
jismoniy yoki yuridik shaxs. Sug‘urtalangan kema yoki yuk bo‘yicha ko‘rilgan 
zararning xarakteri va miqdorini aniqlaydi, hodisa ro‘y berganlik sabablarini 
o‘rganadi. Sug‘urta kompaniyasi avariya komissarining chet elda ham, mamlakat 
ichkarisida ham tayinlashi mumkin. Avariya komissarining yuridik manzili, telefon 
va teleks raqamlari sug‘urta kompaniyasi tomonidan beriladigan sug‘urta polisida 
ko‘rsatiladi. Sug‘urtalanuvchi sug‘urta hodisasi ro‘y berishi zahoti avariya 


komissariga murojaat qilishi zarur. Avariya komissari mol-mulkning zararlanganlik 
darajasini aniqlaydi va sug‘urta kompaniyasining topshirig‘iga asosan, ko‘rilgan 
zararni qisman qoplashi mumkin. Avariya komissari bajarilgan ishlar to‘g‘risida 
sug‘urta kompaniyasi uchun avariya sertifikati tuzadi yoki unga yozma axborot 
tayyorlaydi. 

Download 196.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling