2-mavzu : sug‘urta munosabatlarida qo’llaniladigan ibora va tushunchalar reja


Download 196.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana05.02.2023
Hajmi196.81 Kb.
#1166910
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
2-mavzu (1)

Sug’urta hodisalari chastotasi - inshootlarni yonish darajasini, transport 
vositalarini avariya bo’lish darajasini, aholi nogironligi darajasi va shunga o’xshash 
darajalarni ifodalovchi ko’rsatkich. Sug’urta hodisalari sonini sug’urta qoplamalari 
miqdoriga yoki sug’urtalangan ob’ektlar miqdoriga nisbati sug’urta hodisalari 
chastotasini aniqlaydi. 
Sug’urtalovchilar uyushmasi - sug’urta faoliyatini muvofiqlashtirish, 
uyushma a’zolarining manfaatini davlatning qonun chiqaruvchi va ijroiya organlari 
oldida himoya etish hamda mahalliy sug’urta kompaniyalari va xorijiy sug’urta 
kompaniyalari o’rtasida o’zaro foydali aloqalarni o’rnatish maqsadida tashkil 
etiladigan sug’urta kompaniyalarining uyushmasi. Bunga o’zaro sug’urtalash 
jamiyatlarini xalqaro uyushmasini, texnik risklarni sug’urtalovchi kompaniyalar 
ittifoqini, Buyuk Britaniya sug’urtalovchilar uyushmasini misol keltirish mumkin. 
Hozirgi paytda O’zbekistonda sug’urtalovchilar uyushmasi tashkil etilmagan. Faqat, 
avtosug’urtalovchilar ittifoqi faoliyat ko’rsatmoqda. 


Sug’urta qoplamasi limiti - sug’urta kompaniyasining filiali, bo’limi, shu’ba 
korxonasi tomonidan bitta sug’urta hodisasi bo’yicha mustaqil to’lanadigan sug’urta 
qoplamasining eng yuqori miqdori. Bu miqdorni sug’urta kompaniyasi boshqaruvi 
joylardagi sug’urta summasining zararlilik darajasidan, kadrlarning malakasidan va 
boshqa omillardan kelib chiqqan holda belgilaydi. 
Sug’urtalovchining javobgarlik limiti - tuzilgan sug’urta shartnomasidan kelib 
chiqqan holda belgilanadigan sug’urta kompaniyasining mumkin bo’lgan eng yuqori 
darajadagi javobgarligi. Sug’urtalovchining javobgarlik limiti sug’urta polisida o’z 
aksini topadi. 
O’zaro sug’urtalash jamiyati - foyda olishni ko’zlamaydigan notijorat 
shaklidagi sug’urta kompaniyasi. Sug’urta qilishning tashkiliy shakli. O’zlarining 
mulkiy manfaatlarini sug’urtaviy himoyalash uchun yuridik va jismoniy 
shaxslarning ixtiyoriy bitim asosida birlashuvi. O’zaro sug’urtalash jamiyati yuridik 
shaxs hisoblanib, har bir sug’urtalanuvchi ushbu jamiyatning a’zosi bo’ladi. AQSh 
va Yaponiyada asosan, hayot sug’urtasi bilan shug’ullanuvchi kompaniyalar o’zaro 
sug’urtalash jamiyati shaklidadir. Hozirgi paytda Yaponiyada o’zaro sug’urtalash 
jamiyatlari hayotni sug’urtalash bozorining 89,4%ni tashkil etadi. 

Download 196.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling