Fakultativ obligator shartnomasi - tsedent qayta sug’urtalovchi bilan
kelishgan toifadagi har qanday sug’urta riskini berishi, qayta sug’urtalovchi esa
ularni qabul qilishi shart ekanligi haqidagi qayta sug’urtalash shartnomasi.
2. Sug‘urta fondidan foydalanish bilan bog‘liq atamalarga quyidagilar
kiradi:
Bosh polis- sug‘urta kompaniyasi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasidagi yozma bitim.
Bu
bitimga muvofiq, tegishli davr mobaynida sug‘urtalanuvchi barcha ob’ektlarni
sug‘urta kompaniyasiga sug‘urtalash uchun beradi. Chet el tajribasida bu bitim
«ochiq polis» yoki «polis-abonament» deyiladi.
Mazkur bosh polis asosida
sug‘urtalash tashqi savdo yuklari sug‘urtasida keng tarqalgan. Sug‘urtalanuvchi
sug‘urta kompaniyasiga har bir jo‘natilgan yuk haqidagi ma’lumotlar (yukning
vazni, sug‘urta summasi, yukni jo‘natish va qabul qilib olish punktlari)
bayon etilgan
arizani taqdim etsa etarli, yuk avtomatik ravishda sug‘urtalangan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: