2-mavzu : sug‘urta munosabatlarida qo’llaniladigan ibora va tushunchalar reja


Download 196.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana05.02.2023
Hajmi196.81 Kb.
#1166910
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2-mavzu (1)

Tibbiy sug‘urta- aholi sog‘ligini himoya qilish vositalaridan biri. Sug‘urta 
hodisasi ro‘y berishi munosabati bilan, sug‘urta polisi orqali bepul tibbiy xizmat 
ko‘rsatilishi. Tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarni sug‘urta 
kompaniyasi to‘laydi. Tibbiy sug‘urta majburiy yoki ixtiyoriy bo‘ladi.
Mulkiy sug‘urta - turli ko‘rinishdagi mol-mulklarni saqlash bilan bog‘liq 
manfaatlar sug‘urta munosabatlarining ob’ekti hisoblangan, sug‘urtaning mustaqil 
tarmog‘i. Sug‘urtalanuvchining shaxsiy mulki, uning qaramog‘ida joylashgan mol-
mulklar sug‘urtalanishi mumkin. Sug‘urtalanuvchi sifatida, nafaqat mol-mulkning 
sohiblari, balki mol-mulkning saqlanishi uchun mas’uliyatli bo‘lgan jismoniy va 
yuridik shaxslar ham bo‘lishi mumkin. 
Netto-stavka - brutto-stavkaning asosiy tarkibiy qismi. Netto-stavka sug‘urta 
qoplamasini to‘lashga mo‘ljallangan pul mablag‘lari resurslari bo‘lib, u brutto-
stavkaning 90 foizigacha miqdorini tashkil etishi mumkin. 
Majburiy sug‘urta - sug‘urta munosabatlarinning qonun kuchiga ega bo‘lgan 
shakli. Majburiy sug‘urta qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Ushbu 
hujjatda sug‘urtaga tortiladigan ob’ektlar soni, sug‘urta javobgarligining hajmi, 
sug‘urta munosabatlarida qatnashadigan tomonlarning huquq va majburiyatlari 
hamda boshqa rekvizitlar ko‘rsatiladi. Amaldagi qonunchilikka asosan, 
O‘zbekistonda majburiy sug‘urtani tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan har qanday 
sug‘urta kompaniyasi o‘tkazishi mumkin. Shuningdek, majburiy davlat sug‘urta 
turlari ham mavjud. Masalan, harbiy xizmatchilar, davlat bojxona va soliq xizmati 
xodimlari hamda bir qatorda shunday toifadagi shaxslar baxtsiz hodisalardan 
majburiy davlat sug‘urtasiga tortiladi. Bu sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urta mukofotlari 
Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 
Risklarni joylashtirish: 
1) sug‘urta manfaati tufayli yuzaga keladigan sug‘urtaviy huquqiy 
munosabatlarning boshlanish jarayoni. Risklarni birlamchi, ikkilamchi va 
uchlamchi joylashtirish mos ravishda to‘g‘ridan to‘g‘ri sug‘urtalash, qayta 
sug‘urtalash va retrotsessiyani anglatadi. Bozor munosabatlariga asoslangan 
iqtisodiyotda risklarni joylashtirish sug‘urta vositachilari orqali sug‘urta bozorida 
amalga oshiriladi;
2) sug‘urta brokeri yordamida bir vaqtning o‘zida yirik va xavfli risklarni 
qismlarga bo‘lib bir nechta sug‘urta kompaniyasida sug‘urtalash uslubi. Bir qancha 
sug‘urta kompaniyalari tarkibidan bittasi etakchi sifatida ajralib chiqadi va u 
sug‘urta shartnomasidagi shartlarni ma’qullab, riskning tegishli qismini o‘z 
javobgarligiga oladi. Keyin, broker boshqa sug‘urta kompaniyalariga murojaat qilib, 
riskning qolgan qismini ham joylashtiradi. 
Sug‘urta - har xil noxush hodisalar ro‘y berishi natijasida ko‘rilgan zararni 
qoplash hamda fuqarolarning hayotida tegishli sug‘urta hodisalari ro‘y berganda 
ularga moddiy yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etiladigan va undan foydalanish 
bilan bog‘liq (maqsadli pul fondlari) iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi. o‘tkazish 
shartiga qarab, sug‘urta majburiy va ixtiyoriy bo‘ladi. Ob’ektiga ko‘ra, mulkiy, 
shaxsiy va javobgarlik sug‘urtasiga bo‘linadi. Sug‘urtaning asosini risk tashkil etadi. 
Sug‘urta - bu riskni taqsimlash usulidir. 



Download 196.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling