2-mavzu : sug‘urta munosabatlarida qo’llaniladigan ibora va tushunchalar reja


Download 196.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana05.02.2023
Hajmi196.81 Kb.
#1166910
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2-mavzu (1)

Anderrayter – 1) turli risklarni sug‘urtalash vakolatiga ega, sug‘urta 
kompaniyasi tomonidan tayinlanadigan shaxs. Sug‘urta kompaniyasini sug‘urta 
portfeli shakllanishi uchun javob beradi. U sug‘urta shartnomalarini tuzish, risklarni 
baholash va sug‘urta tarifi stavkasini belgilash yuzasidan tegishli malakaga ega 


bo‘lishi zarur; 2) Lloyd sug‘urta polislarini beradigan Lloyd sug‘urta 
korporatsiyasini a’zosi; 3) potensial mijozlarga sug‘urta polisini sotish bilan 
shug‘ullanadigan yoki manfaatdor tomonlarga sug‘urta sohasi bo‘yicha yuqori 
darajada maslahat xizmatlarni ko‘rsatadigan jismoniy yoki yuridik shaxs. 
Anderrayter siyosati- sug‘urtalash bilan bog‘liq yangi takliflarni ko‘rib chiqish 
va mazkur taklifni qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida xulosalar chiqarishga 
qaratilgan siyosat. 
Annuitet – renta va nafaqalarni sug‘urtalashning hamma turlarini 
umumlashtiruvchi tushuncha. Bunda sug‘urtalanuvchi sug‘urta kompaniyasiga bir 
vaqtning o‘zida yoki bir necha yillar davomida tegishli sug‘urta mukofotlarini 
to‘laydi. Keyin sug‘urtalanuvchi butun hayoti davomida sug‘urta kompaniyasidan 
daromad oladi. Annuitetning bir turi hisoblanadigan fuqarolarning yillik daromadini 
sug‘urtasi bugungi kunda Buyuk britaniyada, Fransiyada va AQSHda keng 
rivojlangan.
Dispasher – dengiz transportida umumiy avariya sodir bo‘lganda ko‘rilgan 
zararni kema, yuk va fraxt o‘rtasida taqsimlash bo‘yicha hisob-kitoblarni tuzadigan 
mutaxassis. Rivojlangan mamlakatlarda dispasher funksiyasini maxsus 
kompaniyalar bajaradi. Zararlarni taqsimlash bo‘yicha hisob-kitoblar dispasha 
deyiladi va dispashani tuzganlik uchun haqni manfaatdor tomonlar (kema egasi, yuk 
egasi, yukni sotib oluvchi shaxs) to‘laydi. 
Evropolis – Evropa Ittifoqi mamlakatlarida sug‘urta shartnomasi tuzganlik 
faktini tasdiqlovchi sug‘urta polisi. 
Kovernota – sug‘urta vositachisi tomonidan sug‘urtalanuvchiga beriladigan va 
sug‘urtalanuvchining sug‘urta shartnomasi tuzishini tasdiqlovchi hujjat. Ushbu 
hujjatda ko‘rsatilgan muddat mobaynida sug‘urta brokeri sug‘urtalanuvchiga 
sug‘urta polisini berishi shart. Chunki, kovernota sug‘urta kompaniyasi uchun 
yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjat hisoblanmaydi. 
Brutto - stavka - sug’urta qoplamasini (sug’urta summasini) to’lashga 
mo’ljallangan netto-stavka va ish yuritish xarajatlarini qoplashga mo’ljallangan 
netto-stavkaga yuklama summalarini o’z ichiga olgan sug’urta mukofotlarining tarif 
stavkasini bildiradi. Ko’pgina adabiyotlarda ushbu ibora sug’urta tarifi ma’nosida 
ham ishlatiladi.
Denonsatsiya - shartnomadan voz kechish. Agar sug’urta munosabatlarida 
tomonlardan biri yozma ravishda shartnomadan voz kechishi to’g’risida ikkinchi 
tomonga ma’lum qilmasa, shartnoma unda ko’rsatilgan muddatgacha kuchda 
bo’ladi. 
Depozit - 1) sug’urta kompaniyasining bank muassasasida saqlanadigan pul 
mablag’i yoki qimmatli qog’ozlari. Bank, odatda, sug’urta kompaniyasiga o’z pulini 
bankda saqlagani uchun foiz to’laydi; 2) ayrim mamlakatlar qonunchiligiga 
muvofiq, chet mamlakat sug’urta kompaniyasi, agar, biror boshqa mamlakatda 
sug’urta faoliyatini amalga oshirmoqchi bo’lsa, dastlab u o’sha mamlakat bank 
muassasasiga tegishli pul mablag’ini depozitga qo’yadi. Mazkur depozit, chet davlat 
sug’urta kompaniyasining boshqa mamlakat xududida sug’urta faoliyatini amalga 
oshirishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. 



Download 196.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling