2-mavzu. 1-mashg’ulot. Asfaltbeton tayyorlash uchun materiallar va ularga bo‘lgan talablar
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
AYQM va ICh 2-mavzu.
D
d P 100 bu erda d – ko‘rilayotgan zarralar o‘lchami D - korishmadagi eng katta zarralar o‘lchami P – mineral korishmalar massasiga nisbatan foiz щisobida d dan kichik bo‘lgan zarralar. Fuller tenglamasi asosan o‘zgarmas granulometrik tarkibini ifodaydi. Amalda esa kuyidagi ko‘rinishda ishlatiladi: D d P 100 ning mikdori 3 1 5 . 1 1 bo‘lib, yukori va past kiymatlari orkali taklif etilayotgan korishmalarni ishlatish mumkin bo‘lgan muщitni ko‘rsatadi. Loyiщalashga, ya’ni korishma tarkibiga kiruvchi materiallarni kanchadan olish kerakligini щisoblash va asfaltobetonning sifatini belgilashga aloщida aщamiyat berish kerak. Ilgarilari asfaltobeton yo‘l kurilishlari umumiy loyiщalar asosida kurilgan bo‘lsa, keyingi yillarda kurilish materiallarining tarakkiy etib borishi bilan bu loyiщalar talabga javob bermay ko‘ydi. Hozirgi vaktda yo‘l kurilish ishlarining keng mikyosda olib borilayotganligi tufayli asfaltobetonlar tarkibini tanlashning bir kancha usullari mavjud, chunonchi, professor P.V.Saxarovning asfalt bog‘lovchi materiallarni, V.V. Oxotin va N.N.Ivanovlarning esa mineral korishmaning mukammal zichligini Aniklash bo‘yicha usullari mavjud. Ko‘pgina щollarda sobik Butunittifok yo‘l ilmiy tekshirish institutining usullariga bog‘lik bo‘lgan normalardan foydalanish tavsiya etiladi. Bu usul bo‘yicha asfaltobetonning tarkibi ko‘yidagicha aniklanadi: Asfaltobeton korishmalar tayyorlash va qoplamaga yotqizish texnologiyasi. Asfaltobeton korishmaning tarkibini aniklash va uni kullash uchun kuyidagilarga axamit, berish kerak: Xar bir korishma uz tarkibida kisman kanchadir% boglovchiga ega bulishi, Mayda zarrali asfaltobetonlar tarkibida 25-30%gacha 1-5mm kattalikdagi zarrachalar bulish kerak, chunki issik kunlarda asfaltobetonning siljishi ortadi. Asfaltobeton korishmaning siljish mustaxkamligini oshirish uchun fakat chakik toshdan keng mikyosda foydalanmasdan, kiyin silliklanuvchi sun’iy kum-toshdan xam foydalanish mumkin. Asfaltobeton tarkibida ortikcha mikdorda boglovchi bulganda, yotkizma yuzasida shurxokliklar paydo buladi. Loyixalashga, ya’ni korishma tarkibiga kiruvchi materiallarni kanchadan olish kerakligini xisoblash va asfaltobetonning sifatini belgilashga aloxida axamiyat berish kerak. Kupgina xollarda sobik butunittifok yul ilmiy tekshirish usullariga boglik bulgan normalardan institutining foydalanish tavsiya etiladi. Bu usul buyicha asfaltobetonning tarkibi kuyidagicha aniklanadi. Texnik shartlarga mos ravishda kerakli materiallar tanlash; Mumkin kadar zich buladigan mineral korishma tayyorlash uchun kullaniladigan zarralar mikdorini aniklash Kuzatishlardan olingan natijalarga boglik ravishda, bitum olish Tanlab olingan materiallardan tayyorlangan asfaltobeton korishmadan namuna tayyorlab, uni sinash Namuna sinalgandan sung uni tashkil etuvchi materiallarning mikdori uzgaradi va korishma tayyorlab, boshka namuna yasaladi va yana bir bor sinaladi. Loyixalanayotgan asfaltobetonning tuldiruvchilari fakat texnik shartlargina kanotlantirmay, balki loyixalarda kuyilgan shartlarni xam kanoatlantirish kerak. SHuningdek standart kattaliklarga ega bulgan bir kancha materiallardan eng keragi tanlab olinadi. Boglovchilar yopishkoklik xususiyatlariga karab tanlanadi. Mineral korishmalar va boglovchilarning mikdorlari aniklangach, barcha kurilish-texnik shartlarni tula kondira oladigan korishma olinadi. Ularni kuyidagi jadvalda tanlab olish mumkin: Qorishmalarda bitumning mikdori. Korishmalar-ning nomi va turlari. Korishmalar- ning turlari Asfaltobetonning turlari Mineral kism-ning massasiga nisbatan bitumning mikdori,% Issik va ilik A Zich 5,0 –6,0 5,0 –6,5 Yirik zarrali B Zich 5,5-6,5 5,5-7,0 - Govak 4,0-6,0 4,0-6,5 - YUkori govakli 2,5-3,0 2,5-3,5 Mayda zarrali A Zich 5,0-6,0 5,0-6,5 B Zich 5,5-6,5 5,5-7,0 V Zich 6,0-7,0 4,5-6,0 - Govak 4,5-6,5 - YUkori govak 2,5-3,5 2,5-4,0 G,D Zich 7,0-9,0 YUkori govakli 4,0-6,0 Bx - 3,5-5,5 Vx - 4,0-6,0 Gx,Dx - 4,5-6,5 Asfaltobeton zavodlarda (ABZ) boglovchi materiallardan tayyorlanadigan korishmalar chikariladi. Zavodlarda tosh materiallarni maydalaydigan, turlarga ajratadigan va yuvadigan mashinalar, organik boglovchilar uchun ajratilgan baza va omborlar, mineral materiallarni (chakiktosh, kum, chikindi, mayda shagal yoki yirik kum va mineral kukun) saklovchi mexanizatsiyalashtirilgan omborlar buladi. Omborlarga mineral materiallarni ortish va tushirish ishlari lenta shaklidagi gorizontal konveyerlarda bajariladi. Qorishma tayyorlash mineral kukunlarni saklash, ularning sochilib va namlanib kolishiga yul kuymaslik uchun maxsus omborlar kuriladi. ABZ dagi mineral kukun saklanadigan omborlarning xajmi 1000tonna kukun sigadigan bulib, omborlarda saklanadi. Asfaltobeton koplamlarini tayyorlash jarayonini bir necha texnologik jarayondan, ya’ni korishma tayyorlash va uni inshoatga etkizishdan iborat. Korishma tayyorlashning texnologik jarayoni kuyidagilardan iborat: Boglovchi materialni (bitumni) tayyorlash: ikki boskichda olib boriladi; birinchi boskichda bitum urtacha xaroratda isitilib, yumshatib boriladi, ikkinchi boskichda esa bitum yukori darajada isitilib, suyuk xolatga keltiriladi. Korishmaning mineral kismini tayyorlash, uning tarkibiga kiruvchi materiallarni tanlash va ularni yuvish, turlarga ajratish, xamda kuritish barabaniga uzatib berish, Belgilangan xaroratda mineral materiallarni kuritish va isitish, turlarga ajratish, korgichning bunkeriga uzatib berish. Asfaltbetonning turlari. Issik Asfaltobeton-kalinligi 5-6sm bulgan bir katlamli va kalinligi 8-10 sm bulgan 2katlamli koplamalar uchun ishlatiladi. Issik asfaltobetonlarni 120-1400da inshoatlarga yotkiziladi. Issik va ilik asfaltobetonlarni xar xil koplamlarda ishlatish mumkin, chunki ular xar xil iklim sharoitida va transport xarakatining xar kanday intensivligida xam ishlay oladi. Xaroratning kutarilishi xisobiga asfaltobeton korishmalarning xarakatchanligini oshirish mumkin. Kuritilmagan mineral kukun korishmaning xarakatchanligini, ortikcha bitum esa, uning govakligini kamaytiradi. Zich asfaltobeton mineral skeletning govakligi A va B turlari uchun 15-19%, V,G,D-18-22% ni tashkil etadi. Govakli asfaltobetonlar mineral skeletning govakligi 23% va yukori govakli kumli asfaltbeton uchun 28%dan oshmasligi kerak. Sovuk Asfaltobeton-2-5 kategoriyaga kiruvchi yul koplamalarida, emirilgan joylarni tekislashda ishlatiladi. Bu asfaltobeton nam xaroratda sirganuvchan, bulib, uning zichlanish davri uzok. Sovuk asfaltobetonni ishlatish kulay uni isitmasdan yotkizish, uzok vakt (3-5oy) saklash, uzok masofaga olib borish mumkin. Uni ogir katoklarsiz zichlantirsa buladi, lekin asfaltobeton katlamining zichlanishi uzok davom etadi, past darajada suvga chidamsiz. Sovuk asfaltobeton mineral skeletining govakligi uning Bx turi uchun 18%dan, Vx-20%, Gx va Dx-21%dan oshmasligi kerak. Sovuk asfaltobeton uchun ishlatiladigan tosh materiallar mustaxkam, sovukka chidamli va boglovchilar bilan yaxshi yopishish xususiyatlariga ega bulishi kerak. Organik boglovchi material sifatida SG-70/130, MG70/130, MGO 70/130 markali suyuk bitumlar va D-6 markali katron ishlatiladi Mineral kukun sifatida oxaktoshni maydalanishdan keyin chikadigan chang zarralari iilatiladi. Sovuk asfaltobetonlar belgilangan zichlikka ega bulishi uchun ularni issik xaroratda 20-30 kun davomida zichlantirish kerak. Kumli Asfaltbeton - asosan bir xil material, (ya’ni) kumdan iborat bulib, yukori sifatga ega. CHunki bir xil materialdan tashkil topgan koplamalarda kuchlanish bir me’yorda tarkaladi. Kumli asfaltobeton koplamalar kuyidagi kulayliklari bilan,ya’ni tannarxi boshka asfaltobeton koplamalardan arzonligi, emirilishi va korroziyaga chidamliligi, chakik toshli asfaltobetondan ustunligi va chang, xamda loylardan tezda tozalanishi bilan aloxida axamiyatga egadir. Kumli asfaltobeton uchun tog jinsilarini maydalash usuli bilan olinadigan mayda zarrachalar ishlatilsa, koplama bilan avtomobil shinalari urtasidagi tortishish kuchi yukori buladi. Bu xolda tortishish koeffitsenti chakik toshli asfaltobetondan yukori buladi. Kumli asfaltobetonni tayyorlash uchun yiriklik moduli 2-2,5 bulgan kum va mustaxkam tog jinslarini maydalash yuli bilan olinadigan chakik toshlar (0-5mm) ishlatiladi. CHakik toshlarni ishlatish, korishmaning granulometrik tarkibini yaxshilaydi, xamda ichki ishkalanish koeffitsenti oshiradi. Kumli asfaltobetonning mineral kismining govakligi 21%dan oshmasligi kerak. CHakik kora toshlar –chakik tosh bilan boglovchi material aralashmasiga chakik kora toshlar deyiladi. CHakik kora toshlardan yul kurilishlarida asos sifatida, 2-3 kategoriyali yullarda esa koplama sifatida foydalanish mumkin. CHakik toshlar organik boglovchilarning kuyidagi markalari bilan ishlov beriladi. - Issik, GOST 22245-76ga asosan, yopishkok bitumlar BND 90/130, BND60/90, BND 40/60 va D-6 markali katronlar asosida tashkil topgan: -Sovuk, GOST 11955-94 ga asosan suyuk bitumlar SG 70/130, MG 70/130 va D-4 markali katronlar asosida tashkil topgan: -CHakik kora toshlar tayyorlashda kuyidagi fraksiyalarga ajraladigan chakik toshlar ishlatiladi: -Emirilish katlami uchun 10-15, 15-20 va 20-25mm, -Koplama uchun-5-10, 10-20, 20-40mm, -Asos katlam uchun 10-20 va 20-40mm, Eng asosiy texnologik jarayonlardan biri kora korishmani kurilayotgan yulning uzida tayyorlashdir. Bunda material nixoyatda kuruk, boglovchi eritilgan bulish kerak. Yullarda aralashtirib tayyorlanadigan koplama va asoslarni yotkizishda kuyidagi texnik shartlarga rioya kilish kerak: Zichligi yukori bulgan korishmalardan foydalanish. Korishmaning mineral kobigiga tugri keladigan boglovchilarni mukammal mikdorida olish: Uzining barcha xususiyatlari bilan mukammal bulgan boglovchilarni kullash: Boglovchilarni bir me’yorda taksimlash, korishmalarni yaxshilab aralashtirib yotkizish va zichlantirish. Kuyma asfaltobeton – tarkibida kup mikdorda boglovchi material bulib, yukori siljishlikka ega. Kuyma asfaltobetonning tarkibi tuzilishiga kura kuyidagicha buladi: Asfaltobeton tuldiruvchilari Oddiy SHagal, kum, asfaltobeton yul mastikasi, bitum. YArim sun’iy SHagal, kum, asfalt kukuni, bitum. Sun’iy CHakilgan tosh, kum, mineral Kuyma asfalt 2turga bulinib, 1-Tur 25-30% asfaltoboglovchi moddalar, 45-52% chakik tosh 2-Tur 20-25% va 50-55% asfaltoboglovchi moddalar va chakik toshlardan iborat. 1-Tur: yumshash xarorati 550S dan kam bulmagan bitumdan tayyorlanadi va 220-2400Sda koplamaga yotkiziladi. 2-Tur: yumshash xarorati 520Sdan kam bulmagan bitum ishlatilib, 200-2200Sda koplamaga yotkiziladi. Kuyma asfaltobeton tezda yumshashligi tufayli, beton koplamalar yuzasida xar xil nuksonlar paydo buladi. YOrilish xususiyatini pasaytirish maksadida, kuyma asfaltobeton tarkibiga asbest kukunlari kushiladi. Kuyma asfaltobeton asosan yulkalarni, sanoat korxonalarning pollarini, metro bekatlaridagi maydonlarni, temir yul platformalarini va boshka shunga uxshash erlarni yotkizishda ishlatiladi. Rangli asfaltbeton - xar xil rangda tayyorlanib, yullarni bekatlarda utish joylarini belgilashda ishlatiladi, xamda rangli asfaltobetondan aerodrom kurilishida sanoat arxitektural bezaklari sifatida keng mikyosida foydalaniladi. Asfaltobetonning rangi ochik bulishi uchun uning tarkibiga kiruvchi toshlardan kuprok ochik va ok rangini (bulib turuvchi chiziklar, avtomashinalarning tuxtash joylari, ok oxaktoshlar, marmar koldiklari, okish kumlar, marmar kukuni, ok sement changlari) kullash kerak. Koramtir rangli asfaltbeton tayyorlash uchun esa xar xil rangli toshlarni (kul rang, kizil granit) ishlatish mumkin. Rangli asfaltobeton kattaligi mgacha bulgan mayda toshlardan kum, mineral kukun, boglovchi, plastifikator, pigment va kraskalardan tarkib topadi. Plastifikator asfaltobetonning murtligini pasaytiradi, xamda yoriklar xosil bolishidan saklaydi ya’ni uning plastikligini oshiradi. Rang beruvchi buyoklar (tilla rang oxra, temirli surik, ultramarin, ruxli ok buyok) korishmaga yaxshi aralashish uchun korishima tarkibiga plastik boglovchi kushish kerak. Asfaltobeton zavodlarda (ABZ) bog‘lovchi materiallardan tayyorlanadigan qorishmalar chiqariladi. Zavodlarda tosh materiallarni maydalaydigan, turlarga ajratadigan va yuvadigan mashinalar, organik bog‘lovchilar uchun ajratilgan baza va omborlar, mineral materiallarni (chaqiqtosh, qum, chiqindi, mayda shag‘al yoki yirik qum va mineral kukun) saqlovchi mexanizatsiyalashtirilgan omborlar bo‘ladi. Omborlarga mineral materiallarni ortish va tushirish ishlari lenta shaklidagi gorizontal konveyerlarda bajariladi. 1.14-rasm. Zamonaviy asfaltobeton zavodi. Qorishma tayyorlash mineral kukunlarni saqlash, ularning sochilib va namlanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun maxsus omborlar quriladi. ABZ dagi mineral kukun saqlanadigan omborlarning hajmi 1000tonna kukun sig‘adigan bo‘lib, omborlarda saqlanadi. Qorishma tayyorlovchi qorgichlar bir necha sinflarga bo‘linadi: Doimiy Yarim doimiy Ko‘chma qorgichlar. Qorgichlarda asosiy texnologik usullari avtomatlashtirilgan bo‘lib, materiallarni dozalarga ajratish asfaltobeton qorishmalarni tayyorlash, tayyor qorishmani jo‘natish kabi jarayonlar kiradi. Hozirgi vaqtda asfaltobeton qorishmalar tayyorlash uchun ishlatiladigan mashinalarning ish unumi soati 25-30 yoki 100 tonnani tashkil etadi. Misol qilib hajmi 50 tonnalik to‘ldirgich bunkerga ega bo‘lgan D-645-3 markali kompleks texnologik qurilmani ko‘rib chiqsak, u quyidagi avtomatlashtirilgan agregatlardan iborat: quritgich D –646-2,qorgich D – 647, bitum eritgich D-649, mineral kukun agregati D-581-3. Qorgichning hajmi- 3400 kg bo‘lib, har bir agregatdan ayrim holda foydalanish mumkin. Asfaltobeton qoplamlarini tayyorlash jarayonini bir necha texnologik jarayondan, ya’ni qorishma tayyorlash va uni inshootga yetkizishdan iborat. Qorishma tayyorlashning texnologik jarayoni quyidagilardan iborat: Bog‘lovchi materialni (bitumni) tayyorlash: ikki bosqichda olib boriladi; birinchi bosqichda bitum o‘rtacha haroratda isitilib, yumshatib boriladi, ikkinchi bosqichda esa bitum yuqori darajada isitilib, suyuq holatga keltiriladi. Qorishmaning mineral qismini tayyorlash, uning tarkibiga kiruvchi materiallarni tanlash va ularni yuvish, turlarga ajratish, hamda quritish barabaniga uzatib berish, Belgilangan haroratda mineral materiallarni quritish va isitish, turlarga ajratish, qorgichning bunkeriga uzatib berish. Mineral qorishmani qorgichga solish va aralashtirish, 5) Quritilgan mineral materiallarni va organik bog‘lovchilarni taqsimlash. Tayyorlangan qorishmani yig‘uvchi bunkerga, so‘ngra samosval mashinalarga solib, yetkaziladigan yo‘lga yoki sovuq holatda ishlatilishi kerak bulsa, omborlarga yuboriladi. Asfaltobeton qorishmalarni qoplamalarga yotqizish texnologiyasi quyidagilardan iborat: Quriladigan yo‘llarning loyihalarda ko‘rsatilgan nishabi, kengligi va yo‘l qirralarining to‘g‘riligini belgilab olish; Asosni mexanik cho‘tkalarda yoki kompressor bilan siqilgan havo orqali tozalash, zarur hollarda issiq materiallar qum, mayda shlak, 3000Cgacha qizitilgan kukunlar bilan quritish va isitish; Avtogudranator yordamida organik bog‘lovchilarni sepib chiqish. Qorishmani yotqizishdan oldin 1m2 yuzaga 0,5-0,6l miqdorda bog‘lovchilar sepiladi. Asfalt yotqizuvchi mashinalar bilan qorishmalarni asosga yotqizish: Qorishmani yengil turdagi asfalt yotqizuvchi mashinalar (katok) bilan tekislanadi. Qorishmalarni zichlash har xil katoklar yordamida olib boriladi. 1.14-ram. Zamonaviy asfalt yotqizuvchi mashinalar bilan qorishmalarni asosga yotqizish. Bularning og‘irligi, talab etiladigan zichlikni ta’minlay oladigan bo‘lishi kerak. Katoklar yengil (8 tonnagacha) va og‘ir katoklar (8-30 tonnagacha) bo‘ladi. Qorishmani zichlanish birdaniga og‘ir katoklar bilan boshlansa, qorishma tarkibidagi minerallar eziladi va har tomonga surilib ketadi. Yengil katoklarda zichlantirilganda esa qorishmalar talab etiladigan zichlikka mos keladi. Qorishmalarni yotqizgandan so‘ng, haroratni kuzatib borish va ma’lum haroratda zichlantirishni boshlash kerak. Ko‘rsatilgan harorat darajalari bitumning ma’lum markalari uchun quyidagi 13-jadvalga mos kelishi kerak: 13-jadval Qorishma turlari Bitum markasi Qorishmaning harorat i 0C Qorgichdan chiqqanda Qoplamaga yoyilganda kam bo‘lmasligi kerak Issiq BND 40/60 BND 60/90 BND 90/130 BN 60/90 BN 90/130 140-160 120 Iliq BND 130/200 BND 200/300 BN 130/200 BN 200/300 SG 130/200 MG 130/200 MGO 130/200 120-140 90-110 100-120 100 Sovuq SG 70/130 MG 70/130 MGO 70/130 80-100 90-100 5 Asfaltbetonning turlari. Issiq Asfaltobeton -qalinligi 5-6sm bo‘lgan bir qatlamli va qalinligi 8-10 sm bo‘lgan 2 qatlamli qoplamalar uchun ishlatiladi. Issiq asfaltobetonlarni 120-1400Cda inshootlarga yotqiziladi. Issiq va iliq asfaltobetonlarni har xil qoplamlarda ishlatish mumkin, chunki ular har xil iqlim sharoitida va transport harakatining har qanday intensivligida ham ishlay oladi. Haroratning ko‘tarilishi hisobiga asfaltobeton qorishmalarning harakatchanligini oshirish mumkin. Quritilmagan mineral kukun qorishmaning harakatchanligini, ortiqcha bitum esa, uning g‘ovakligini kamaytiradi. Zich asfaltobeton mineral skeletning g‘ovakligi A va B turlari uchun 15-19%, V,G,D-18- 22% ni tashkil etadi. G‘ovakli asfaltobetonlar mineral skeletning g‘ovakligi 23% va yuqori g‘ovakli qumli asfaltbeton uchun 28%dan oshmasligi kerak. 1.15-rasm. 1 va 2 qatlamli asfaltobeton qoplama Sovuq asfaltobeton - 2-5 kategoriyaga kiruvchi yo‘l qoplamalarida, yemirilgan joylarni tekislashda ishlatiladi. Bu asfaltobeton nam haroratda sirg‘anuvchan, bo‘lib, uning zichlanish davri uzoq. Sovuq asfaltobetonni ishlatish qulay uni isitmasdan yotqizish, uzoq vaqt (3-5oy) saqlash, uzoq masofaga olib borish mumkin. Uni og‘ir katoklarsiz zichlantirsa bo‘ladi, lekin asfaltobeton qatlamining zichlanishi uzoq davom etadi, past darajada suvga chidamsiz. Sovuq asfaltobeton mineral skeletining g‘ovakligi uning Bx turi uchun 18%dan, Vx-20%, Gx va Dx-21%dan oshmasligi kerak. Sovuq asfaltobeton uchun ishlatiladigan tosh materiallar mustahkam , sovuqqa chidamli va bog‘lovchilar bilan yaxshi yopishish xususiyatlariga ega bo‘lishi kerak. Organik bog‘lovchi material sifatida SG-70/130, MG70/130, MGO 70/130 markali suyuq bitumlar va D-6 markali qatron ishlatiladi. Mineral kukun sifatida ohaktoshni maydalanishdan keyin chiqadigan chang zarralari ishlatiladi. Sovuq asfaltobetonlar belgilangan zichlikka ega bo‘lishi uchun ularni issiq haroratda 20-30 kun davomida zichlantirish kerak. Qumli asfaltbeton - asosan bir xil material, (ya’ni) qumdan iborat bo‘lib, yuqori sifatga ega. Chunki bir xil materialdan tashkil topgan qoplamalarda kuchlanish bir me’yorda tarqaladi. Qumli asfaltobeton qoplamalar quyidagi qulayliklari bilan,ya’ni tannarxi boshqa asfaltobeton qoplamalardan arzonligi, yemirilishi va korroziyaga chidamliligi, chaqiqtoshli asfaltobetondan ustunligi va chang, hamda loylardan tezda tozalanishi bilan alohida ahamiyatga egadir. Qumli asfaltobeton uchun tog‘ jinsilarini maydalash usuli bilan olinadigan mayda zarrachalar ishlatilsa, qoplama bilan avtomobil shinalari o‘rtasidagi tortishish kuchi yuqori bo‘ladi. Bu holda tortishish koeffitsiyenti chaqiqtoshli asfaltobetondan yuqori bo‘ladi. Qumli asfaltobetonni tayyorlash uchun yiriklik moduli 2-2,5 bo‘lgan qum va mustahkam tog‘ jinslarini maydalash yo‘li bilan olinadigan chaqiqtoshlar (0-5mm) ishlatiladi. Chaqiqtoshlarni ishlatish, qorishmaning granulometrik tarkibini yaxshilaydi, hamda ichki ishqalanish koeffitsiyenti oshiradi. Qumli asfaltobetonning mineral qismining g‘ovakligi 21%dan oshmasligi kerak. Chaqiq qora toshlar – chaqiqtosh bilan bog‘lovchi material aralashmasiga chaqiq qora toshlar deyiladi. Chaqiq qora toshlardan yo‘l qurilishlarida asos sifatida, 2-3 kategoriyali yo‘llarda esa qoplama sifatida foydalanish mumkin. Chaqiq toshlar organik bog‘lovchilarning quyidagi markalari bilan ishlov beriladi. - Issiq, GOST 22245-76ga asosan, yopishqoq bitumlar BND 90/130, BND60/90, BND 40/60 va D-6 markali qatronlar asosida tashkil topgan: -Sovuq, GOST 11955-94 ga asosan suyuq bitumlar SG 70/130, MG 70/130 va D-4 markali qatronlar asosida tashkil topgan: -Chaqiq qora toshlar tayyorlashda quyidagi fraksiyalarga ajraladigan chaqiq toshlar ishlatiladi: -Yemirilish qatlami uchun 10-15, 15-20 va 20-25mm, -Qoplama uchun-5-10, 10-20, 20-40mm, -Asos qatlam uchun 10-20 va 20-40mm, Eng asosiy texnologik jarayonlardan biri qora qorishmani qurilayotgan yo‘lning o‘zida tayyorlashdir. Bunda material nihoyatda quruq, bog‘lovchi eritilgan bo‘lish kerak. Yo‘llarda aralashtirib tayyorlanadigan qoplama va asoslarni yotqizishda quyidagi texnik shartlarga rioya qilish kerak: Zichligi yuqori bo‘lgan qorishmalardan foydalanish. Qorishmaning mineral qobig‘iga to‘g‘ri keladigan bog‘lovchilarni mukammal miqdorida olish: O‘zining barcha xususiyatlari bilan mukammal bo‘lgan bog‘lovchilarni qo‘llash: Bog‘lovchilarni bir me’yorda taqsimlash, qorishmalarni yaxshilab aralashtirib yotqizish va zichlantirish. Quyma asfaltobeton – tarkibida ko‘p miqdorda bog‘lovchi material bo‘lib, yuqori siljishlikka ega. Quyma asfaltobetonning tarkibi tuzilishiga ko‘ra quyidagicha bo‘ladi: 14-jadval Asfaltobeton to‘ldiruvchilari Oddiy Shag‘al, qum, asfaltobeton yo‘l mastikasi, bitum. Yarim sun’iy Shag‘al, qum, asfalt kukuni, bitum. Sun’iy Chaqilgan tosh, qum, mineral Quyma asfalt 2turga bo‘linib, 1-Tur 25-30% asfaltobog‘lovchi moddalar, 45-52% chaqiqtosh 2-Tur 20-25% va 50-55% asfaltobog‘lovchi moddalar va chaqiqtoshlardan iborat. 1-Tur: yumshash harorati 550C dan kam bo‘lmagan bitumdan tayyorlanadi va 220-2400Cda qoplamaga yotqiziladi. 2-Tur: yumshash harorat i 520Cdan kam bo‘lmagan bitum ishlatilib, 200-2200Cda qoplamaga yotqiziladi. Quyma asfaltobeton tezda yumshashligi tufayli, beton qoplamalar yuzasida har xil nuqsonlar paydo bo‘ladi. Yorilish xususiyatini pasaytirish maqsadida, quyma asfaltobeton tarkibiga asbest kukunlari qo‘shiladi. Quyma asfaltobeton asosan yo‘lkalarni, sanoat korxonalarning pollarini, metro bekatlaridagi maydonlarni, temir yo‘l platformalarini va boshqa shunga o‘xshash yerlarni yotqizishda ishlatiladi. Rangli asfaltbeton - har xil rangda tayyorlanib, yo‘llarni bekatlarda o‘tish joylarini belgilashda ishlatiladi, hamda rangli asfaltobetondan aerodrom qurilishida sanoat arxitektural bezaklari sifatida keng miqyosida foydalaniladi. Asfaltobetonning rangi ochiq bo‘lishi uchun uning tarkibiga kiruvchi toshlardan ko‘proq ochiq va oq rangini (bo‘lib turuvchi chiziqlar, avtomashinalarning to‘xtash joylari, oq ohaktoshlar, marmar qoldiqlari, oqish qumlar, marmar kukuni, oq sement changlari) qo‘llash kerak. Qoramtir rangli asfaltbeton tayyorlash uchun esa har xil rangli toshlarni (kul rang, qizil granit) ishlatish mumkin. Rangli asfaltobeton kattaligi m gacha bo‘lgan mayda toshlardan qum, mineral kukun, bog‘lovchi, plastifikator, pigment va kraskalardan tarkib topadi. Plastifikator asfaltobetonning mo‘rtligini pasaytiradi, hamda yoriqlar hosil bo‘lishidan saqlaydi ya’ni uning plastikligini oshiradi. Rang beruvchi bo‘yoqlar (tilla rang oxra, temirli suriq, ultramarin, ruxli oq bo‘yoq) qorishmaga yaxshi aralashish uchun qorishma tarkibiga plastik bog‘lovchi qo‘shish kerak. Qatronbeton qorishma chaqiqtosh (shag‘al), maydalangan qum, mineral kukun va toshko‘mir qatronini maxsus qurilmalarda harorat ta’siridagi aralashish natijasida hosil bo‘ladi. Qatronbeton asfaltobetonga nisbatan uzoq muddatli hisoblanadi. Chunki uning tarkibidagi ko‘mir toshlari tashqi muhit ta’sirida betonlarni tezda yemirilishdan saqlaydi. Qatronbeton qorishmalar uchun kislotali tog‘ jinslaridan tayyorlangan chaqiq toshlardan keng miqyosida foydalanish mumkin. Ishlatilayotgan qatronning yopishqoqligiga qarab, qorishmalar 2ga bo‘linadi: issiq va sovuq qorishmalar. Issiq qorishmalar mineral materiallar zarralarni o‘lchamiga qarab, yirik zarrali-40mmgacha, mayda zarrali-20mm va qumli 5mmgacha bo‘lishi mumkin. Sovuq qorishmalar mayda zarrali va qumlarga bo‘linadi. Issiq qorishmalardan tashkil topgan qatronbeton g‘ovakligiga qarab, zich-qoldiq g‘ovakli(2-5%) va g‘ovakli (5-12%) bo‘lishi mumkin. Issiq qorishmalar tarkibidagi chaqiqtosh (shag‘alning) miqdoriga qarab, 2- turga bo‘linadi, chaqiqtosh (shag‘al) miqdori 35%dan 50%gacha, chaqiqtosh (shag‘al) miqdori 20%dan 35%gacha. Issiq qorishmalarni tayyorlash uchun GOST 4641-80ga asosan D-6, qatronning oksidlangan markasi, qatronpolimer bog‘lovchilar VDP-6 va VDP-7, hamda D-5, D-6 markali qatronlar ishlatiladi. Mineral skeletning g‘ovakligi mayda zarrali issiq qorishmalarni B turi uchun 15-19% hajmga nisbatan V turi va qumdan tayyorlangan qatronbetonlar uchun esa 18-22% dan iborat. Qatronbeton kam mustahkamligi, harorat va suvga chidamsizligi bilan asfaltobetondan farq qiladi. Qatron tarkibidagi yengil fraksiyalar tezda parlanib ketishi tufayli qatronlar shahar sharoitlarida ko‘p qo‘llanilmaydi. Issiq qatronbetonlar 3-kategoriyali yo‘l qoplamalarining ustki qatlami va ba’zi bir yo‘l yuzalarida hosil bo‘ladigan chuqurliklarni tekislash uchun ishlatiladi. Tarkibida mineral kukun bo‘lmagan qatron-betonlar 2 va 3 kategoriyali yo‘l qurilishlarida yirik zarrali qatron-betonlar yo‘llarning ustki qatlamlari uchun ishlatiladi. Qatron-beton quyidagi jadvalda berilgan haroratlarda yotqiziladi: 15-jadval Qorishmalarning turlari Qatronning markasi Qorishmaning darajasi Qorgichdan chiqayotganda Konstruksiyaga yeyishda kamida Issiq D-5,D-6 90-100 60-70 Sovuq D-4,D-5 75-90 5(bahorda) 10(kuzda) Sovuq qatronbeton qorishmalar uzoq vaqt moboynida omborlarda saqlash mumkin. Asfaltobeton qorishmalar ishlab chiqarish qurilmalari Qurilish ishlarini uyushtirish va olib borish, organik bog‘lovchi va mineral materiallarni qabul qilib olish uchun joy ajratilishi va bu materiallarni qayta ishlovchi asfaltobeton zavodlari bo‘lishi kerak. Ma’lumki, yo‘l qurilish ishlarini maxsus boshqarmalar olib boradi. Bu boshqarmalar o‘ziga tegishli markaziy va bularga qaraydigan laboratoriyalariga, asbob-uskunalarga, materiallarni (qorishma, betonlar) tekshirib ko‘ruvchi sinash mashinalariga ega bo‘ladi. Asfaltobeton zavodlarida (ABZ) turli bog‘lovchi materiallardan tayyorlanadigan qorishmalar chiqariladi. Ba’zi zavodlarda tosh mteriallarni maydalaydigan, ularni turlarga ajratadigan va yuvadigan mashinalar ham o‘rnatiladi. Zavodlarda organik bog‘lovchilar uchun ajratilgan baza va omborlardan tashqari, mineral materiallarni (chaqiq tosh, shag‘al, qum, chiqindi, mayda shag‘al yoki yirik qum va mineral kukun) saqlovchi mexanizatsiya-shag‘al eng ko‘p mehnat talab qiluvchi materiallardandir, shu tufayli ularni ortish va tushirish ishlarini mexanizatsiyalashtirish darajasi yuqori bo‘lishi kerak. Lenta shaklidagi gorizontal galereya ko‘rinishidagi konveyerlar o‘z navbatida, sochiluvchan tosh materiallarni (chaqiq tosh, shag‘al, qum) uzatishni yengillashtiradi. Omborlarga materiallarni tushirishda shtabellovchi mashinalar qo‘llaniladi. Bu mashinalar cho‘michli elevatorlar bilan ixtisoslashtirilgan bo‘lib, gondol tipidagi vagon va platformalardan materiallarni tushirish uchun xizmat qiladi. Veer turidagi omborlarda, maxsus T-182 A turidagi yuk tushiruvchilardan foydalaniladi. Qorishma tayyorlash, eng qimmatbaho hisoblanuvchi mineral kukunlarni saqlash, ularning sochilib va namlanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun maxsus omborlar quriladi. Mineral kukunlarni ortish va tushirish ishlarida sanitariya shartlarini hisobga oluvchi imkoniyatlar yaratilgan bo‘lishi kerak. ABZ dagi mineral kukun saqlanadigan omborlarning hajmi 1000 tonna kukun sig‘adigan bo‘lib, sement zavodlaridagi singari, silos saqlaydigan ombordan iborat. Ba’zi bir hollarda esa omborlarni bunker turida ko‘rish mumkin. Mineral kukunlarni uzatishni mexanizatsiyalashirishda elevatorlardan, ya’ni zanjirli konveyerlardan, shneklardan va lentali pnevmatik transporterlardan foydalaniladi. Qorishma tayyorlovchi qorgichlar bir necha sinflarga bo‘linadi: doimiy, yarim doimiy va ko‘chma qorgichlar. Yo‘l qurilish ishlarining hajmi orta borayotgan sari qorgich mashinalarning soni tobora ko‘payib bormoqda. Asfalt qorgichlar yuqorida qayd qilinib o‘tilgan ba’zi belgilariga qarab ikki gruppaga bo‘linadi: birinchi gruppaga to‘ldiruvchilarni majburiy kuch bilan, sikllik harakat qilib, qorishma tayyorlovchi D- 225, D-152 va D-325 markali asfaltobeton qorgichlar kiradi. Sanoatimiz maxsus D-228 markali ko‘chma qorgichlar ishlab chiqargan bo‘lib, mazkur qurilmalar qurilish ishlari kam yerlarda o‘rnatiladi. Bulardan tashqari birinchi gruppaga yana D-391 va ulanuvchi D-370 qorgichlar kiradi. Ulanuvchi qorgichlar qo‘shimcha uzi yurar, ortuvchi D-371 yoki D-415 mashinalarga ham egadirlar. Ikkinchi gruppaga majburiy kuch ta’sirida, uzluksiz harakat qiluvchi D-597A, D-615-2, .D-645-2, D-508- 2 markali asfalt qorgichlar kiradi. Bu qorgichlarda asosiy texnologik usullar avtomatlashtirilgan bo‘lib, bu usullarga materiallarni dozalarga ajratish, asfaltobeton qorishmalarni tayyorlash, tayyor qorishmani jo‘natish kabi jarayonlar kiradi. Sanoat ishlab chiqarayotgan, hajmi 50 tonnalik to‘ldirgich bunkeriga ega bo‘lgan D-645-3 markali kompleks texnologik qurilma, quyidagi avtomatlashtirilgan agregatlardan iborat: quritgich D-646-2, qorgich D-647, bitum eritgich D-649, mineral kukun agregati D-581-3. qorgichni hajmi – 3400 kilogramm bo‘lib, kerak bo‘lgan taqdirda, har bir agregatdan ayrim holda foydalanish mumkin. Hozirgi vaqtda asfaltobeton qorishmalar tayyorlash uchun ishlatiladigan mashinalarning unumi soatiga 25-30 yoki 100 tonnani tashkil etadi (1-jadval ). Kelajakda yo‘l qurilishi ishida soatiga 200-400 tonna asfaltobeton qorishmalar ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo‘lgan mashinalarni ishlatish mo‘ljallanmoqda. Asfalt qorgichlarning ta’rifi 16-jadval Ko‘rsatkichlar Asfalt qorgichlarning markalari D-508-2A D-617-2 D-645-2 D-645-3 DS-84-2 Mehnat unumdorligi, t/s 25 50 100 100 200 Quvvat, kWt 102 451 610 698 1035 Yoqilg‘i xarajati kg/s 320 550 1200 1200 2400 Massasi, t 38 128 165 202 280 Egallash territoriyasi m2 327 1200 2400 2400 4000 Chet ellarda, chunonchi AQSH, Germaniya, Italiya ish unumdorligi soatiga 400-800 tonnaga ega bo‘lgan, avtomatlashtirilgan asfaltobeton zavodlari mavjud. Asfaltobeton qorishmalar tayyorlashda xavfsizlik texnikasi Asfaltobeton qorishma tarkibidagi organik bog‘lovchi materiallar o‘ziga xos ba’zi bir xususiyatlarga ega bo‘lganligi uchun, xavfsizlik texnikasiga nihoyatda rioya qilish kerak. Organik bog‘lovchi materiallar ma’lum sharoitlarda zaxarlash, portlash va yonish xavfiga ham egadir. Shuning uchun ish davomida har qanday xavf-xatarliklarga yo‘l qo‘ymaslikning oldini olish maqsadida, quyidagi tadbirlarga amal qilish kerak: 1-Xavfsizlik texnikasiga rioya qilish tadbirlari «Asfaltobeton yo‘l qoplamalarni qurish qo‘llanmasi» shartlariga binoan olib borilishi kerak. Asfaltobeton va boshqa bitum mineral materiallarni ishlab chiqarishdagi xavfsizlik texnikasiga rioya qilish talablari asfaltobeton qoplamalarini qurish qo‘llanmasida batafsil berilgan. Qatronlar bilan ishlashda, xavfsizlik texnikasiga oid talabalar GOST 4641-80 da aniq bayon qilingan. 1.16-rasm. Avtomobil yo‘llarini kompleks diagnostika qiluvchi zamonaviy ko‘chma avtolaboratoriya -ABZ larda hamda qorishmalarni yotqizish ishlarida ishlovchi barcha ishchilar xavfsizlik texnikasi qoidalarini yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishlari va qurilish uchastkalarida bu qoidalarga qattiq rioya qilingan holda ish olib borishlari zarur. -Mashina, mexanizmlar va asbob-uskunalarning remont ishlarini texnologik kvartalarga bog‘liq ravishda olib borish va asbob-uskuna va mashinalar ustidan texnik nazorat o‘tkazib borish kerak. 1.17- rasm. Avtomobil yo‘lining ravonligini va qoplamaning tishlashish koeffitsiyentini aniqlovchi tirkama uskuna. -Ishchilar maxsus kiyimlar bilan va bu kiyimlarni saqlash uchun alohida isitilib va shamollatib turish mumkin bo‘lgan xonalar, qul yuvish qurilmalari, dush va boshqa umumiy foydalanish joylari bilan ta’minlanishlari shart. Ish joylarida xavfsizlik texnikasi bo‘yicha e’lonlar hamda boshqarma tomonidan chiqarilgan ko‘rsatma va turli shakllar ifodalangan maxsus plakatlar bo‘lishi kerak. Shuningdek, korxona territoriyasi doimo toza bo‘lishi, vaqtincha yoki uzoq vaqtgacha yaroqsiz bo‘lib qolgan materiallarning (chaqiqtosh, qum va boshqa materiallar, chiqindilar) texnologik va yog‘lovchi materiallarning, montaj qilinayotgan yoki yig‘ilayotgan asbob-uskunaarining ehtiyot qismlari va boshqa har-xil narsalarning to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Bular uchun loyihalarni tuzishda bunday yig‘indilar uchun maxsus ombor qurilishini hisobga olish kerak. Ishlab chiqarish territoriyalari suv (er usti suvlari, sanoat suvlari), kanalizatsiya hamda ichimlik suvlari bilan ta’minlanishi zarur. Shuningdek mazkur territoriyalarda yong‘inga qarshi kerakli vositalar bo‘lishi kerak. Ayniqsa, elektr simlarini qanday o‘tganligiga tokni ulash va o‘chirishga katta ahamiyat berish kerak. Tok bilan bog‘liq barcha nuqtalar zich ravishda berkitilishi kerak. Rubilniklar esa niqob bilan qoplanadi va chet kishilarning kirishi man etiladi. Barcha elektrodvigatellarning xavfsizligini ta’minlash uchun ular yerga ulanadi. Tayyorlanayotgan qorishmada portlash xavfini hosil qiluvchi gazlarni kamaytirish va yo‘qotish maqsadida, shu qorishmaga 50 foizgacha eski asfaltobeton quyish mumkin, isitish davomida eski qorishmadagi bitum suyulib, tayyorlanayotgan qorishmadagi yangi minerallar bilan yaxshi aralashib ketadi; 2. Qo‘shilayotgan eski asfaltobeton bo‘lakchalarning kattaligi 5-6 sm dan oshmasligi kerak; 3. Eski asfaltobeton bo‘lakchalarini qayta ishlashni doimo nazorat qilib turilgan holda olib borish va purkagichdan berilayotgan issiqlik juda sekin bo‘lishi kerak. Keltirib o‘tilgan ko‘rsatma va shartlar, xavfsizlik texnikasi asosida olingan bo‘lib, bularga ishlab chiqarish jarayonida rioya qilish shartidir. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling