2-mavzu. Antik (yunon, rim) adabiyotshunoslik
Vergiliyning adabiy-estetik qarashlari
Download 91.97 Kb.
|
2мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- I-IV asrlarda adabiy-estetik qarashlar.
- Iskandariyali Filon
- Lusiy Anney Seneka
- Plotin va yangiaflotunchilik estetikasi.
- Lukresiy Karr.
- Psevdo-LONGIN va uning “Yuksaklik haqida” asari.
Vergiliyning adabiy-estetik qarashlari. Rim davlati O'rta Yer dengizi atrofidagi, Eron, Hindiston, Yunoniston, Misr, Karfagen, Kichik Osiyodagi juda ko'p mamlakatlarni harbiy qudratiga bo'ysundirib, bir necha asrlar davom etgan urushlarda juda ko'p shuhratli sarkardalarni va davlat arboblarini yetishtirdi. Lekin, Rim madaniy va ma'naviy taraqqiyotida Yunonistondan, Misrdan, Kichik Osiyo mamlakatlaridan orqada edi. Vergiliy Ellinizm davri Iskandariya shoirlaridan ilhomlanib, she'riyatda ilmiy va ma'rifiy g'oyalarni kuchaytirdi. U, haqqoniy, realistik she'rlar yozish maqsadida astronomiyani, geografiyani, bog'bonlar, dehqonlar, chorvadorlar mehnatining barcha sohalarini chuqur o'rganib chiqdi. Shoir georgikalarini o'qigan odam uning hunarmandchilikni, xatto iqtisodni ham yaxshi bilishidan hayratlanadi: “Erta bahor oqsoch Alp cho'qqilaridan dalalarga oshiqib oqqan muzday suvlar va Zefir (Mayin Havo) yerni yumshatganida, ho'kiz mo'lab, og'ir omochni tortar ekan, uning tishlari quyosh nurida yaltiraydi”. Bu yerda dala kuz, bahor va yozda shudgor qilinsa, hosil mo'lligidan omborlar yoriladi. Lekin buning uchun avval qay tarafdan shamol va yomg'ir kelishini, qanday yerda don, qanday yerda tokzor qilish (toshloqda), ota-bobolarning tajribalaridan foydalanish zarur. Dehqonlar yerning xususiyatilarini yaxshi bilgani uchun Rim falon joydan shafran, falon joydan temir, Hindistondan fil suyagi, Pontdan mo'yna, Epirdan (Makedoniya) g'alaba qozonuvchi toychoqlar keltiradilar. Iskandariya ellinizm shoirlarining yuksak ilm-ma'rifati shon-shuhratidan ilohomlangan Vergiliy (o'sha zamondagi boshqa shoirlar ham o'zlarining ilmiy, ijtimoiy, adabiy-estetik qarashlarini ham maqolalarda emas, balki janr qonuniyatlariga ham unchalik rioya qilinmaydigan, hajmi ham, mavzulari ham cheklanmagan manzumalarida ifoda qilgan. Shoir qirg'inbarot urushlarga qarshi diniy tuyg'ularni muqaddas bilib, yosh imperator Avgustga maqtov aralash foydali maslahatlar ham beradi. Vergiliy juda nozik va ma'nodor qilib, xalqning aybi bo'lsa, halok qilish, qirib tashlash xudolarning ishidir, odamlar xudolarning ishiga aralashgani (ya'ni ko'pchilik lashkarboshilar va davlat arboblari o'zlarini xudo deb bilgani) uchun yer yuzida yovuzliklar, nohaqliklar ko'paymoqda. Butun dunyo urushlar alangasida. Halol va foydali mehnat quroli - omochga munosib hurmat yo'q, g'alla o'riladigan egri chalg'i, o'roqlar to'g'rilanib, qilich (nayza)ga aylantirildi. Yevropa daryolari notinch (parfiyaliklar, Mitridat bilan urushga ishora), Germaniyada janglar qilmoqda. Qo'shni shahar – davlatlar ham (ittifoq haqidagi) shartnomalarni buzib, o'zaro urishmoqdalar. Har tarafda nopok Mars quturgan. Vergiliy urush ma'budini nopok va quturgan, deb la'natlashi Rim poetik tafakkurida jur'atli yangilik edi. Gorasiyning “Pizonlarga maktub” asarida poetika qoidalari yanada teranroq tahlil qilinadi. Arastu “Poetika”sidagi kabi, Gorasiy ham badiiy asarning avvalo tarkibi, kompozision binosi go'zal va pishiq, puxta bo'lishi zarurligini aytadi. U shoir ijodini rassomning asariga qiyoslaydi. Mabodo rassom otning bo'yniga odamning boshini, tanasiga qushlarning patini tasvirlasa yoki chiroyli ayolning belidan pasti qiltiriqli baliq bo'lsa, odamlar kulib kalaka qilganiday, kitob yozganida shoirning o'ylari ham bosirinqi tushdagi kabi, boshi, oyog'i yo'q arvohlarga o'xshamasligi kerak. Shundan so'ng Gorasiy rassom va shoirlar tasvirda istalganicha fantaziya qilish huquqiga ega ekanligini aytar ekan, bu san'atlarda tasvirning hayotiyligi, shakl va mazmun yaxlitligi birinchi o'rinda turishini ta'kidlaydi. Lekin har qancha fantaziya bo'lsa ham, tasvirda quturib yugurgan hayvonga yuvoshlikni, ilon bilan qushlarni, yo'lbars bilan qo'zichoqlarni bir joyga qo'yish, jiddiy boshlanmaga masxarabozlarning rang-barang quroq ko'ylagini, dalada jildirab oqayotgan ariqqa Reyn daryosi ustidagi arka – peshtoqni, kema halokati va cho'kayotgan odamlar oldiga chiroyli sarv daraxtini chizib qo'yishi ma'noga putur yetkizadi, yaxlitlik buziladi13. Badavlat Pizonlar xonadoni, bu oilaning otasi va o'g'illari she'r va drama san'atiga qiziqar edilar va bu sohada Gorasiyni o'zlariga ustoz deb, undan ijodiy maslahatlar so'rab turadilar. Gorasiy o'zining adabiy-badiiy nazariy qarashlarini bayon qilish uchun bu oilaning otasi va farzandlariga maktub shaklidan unumli foydalangan. Bu bilan shoir Pizonlar xonadoni shon-shuhratini oshirgan. Ular esa, chamasi, buyuk shoirga munosib sovg'a-salomlar berib turganlar. Shoir mana shu qadrdonlarga murojaat qilib, jonli suhbat tilida nazariy fikrlarni aniq-ravshan tushuntirishi kelgusi avlodlar uchun ham bu asarning qadr-qimmatini oshirgan.
Tianali Apolloniyning shon-shuhrati hayotligidayoq baland edi. Uni kelajakni bashorat qiluvchi (muboshir), Suriya, Misr, Hindiston, Bobil olimlari bilan bahslashuvchi, juda ko'p ilm-fanlarni biluvchi, yulduzlarga qarab fol ochuvchi, musiqa va haykaltaroshlik va bu san'atlarning nazariy asosi - taqlid, fantaziya, shakl va mazmun haqida teran fikrlar bildirgan. Flaviy Filostrat yozishicha, Apolloniy suriyalik hamrohi va shogirdi Damis bilan birga Hindistonning qadimgi poytaxti Taksila shahriga borib, shahar devori oldida Iskandar sharafiga qurilgan qasr ichida Makedoniyalik jahongir va Hindistonning o'sha vaqtdagi podshohi Por o'rtasidagi jang manzaralari, ikkala sarkardaning jasoratli tasvirlarini tomosha qilib, musavvirlarning ijodini baholab, fikr yuritganlar. Naqqoshlar odamlar, fillar, otlar, sovutlar va qalqonlarni mis, oltin va bronzadan, nayza, qilich va o'qlarni temirdan yasaydilar. Bu asarni ular Arastu tilga olgan Zevksid, Polignot, Fidiy asarlariga o'xshatganlar. Yunon musavvirlari, haykaltaroshlarning relyeflarida perspektiva (uzoq, yaqinlik), nur va soya tovlanishlari mohirona tasvirlangan. Apolloniy va Damis suhbatidan shu narsa ma'lum bo'ladiki, musavvirlar turli ranglar, bo'yoqlardan faqat shu ranglarning o'zini ko'rsatish uchungina foydalanmaydilar. Agar shunday bo'lsa, ayollar yuzini, labini, qoshini bo'yashiga o'xshab qolar edi. Musavvirlar turli ranglardan hayotga, jonli odamlarga taqlid qilish, o'xshatish uchun foydalanadilar. Apolloniy shogirdiga “Hayotdagi narsalarning o'xshashini tasvirlash uchun avval musavvir aqlida (xayolida demoqchi) shu narsalarni yaxshi tasavvur qilib, so'ng rasmda tasvirlashi mumkin bo'ladi... hamma odamlar aqli va qo'li bilan san'at asarlarini ijod qilishi mumkin ekan-da?” Damis: “Yo'q, hamma emas, faqat tasviriy san'atni o'qib, o'rganib, olgan odamlar (musavvir)gina bunday ijod qila oladilar”. Shundan so'ng Apolloniy masalani yanada oydinlashtirish uchun, rassomlar, haykaltaroshlar ranglar, bo'yoqlarsiz ham, bir rangdagi chiziqlar (yoki relyeflar) vositasida hayot manzaralarini ko'rsata oladilar. Demak, asosiy masala faqat ranglardan foydalana bilishda emas ekan-da”, deydi. Bu bilan u ijodiy g'oya, xarakter, fantaziya kabi san'at nazariyasi tushunchalarini tilga oladiki, ustoz nazariyotchi A.F.Losev to'g'ri eslatganiday, bu nazariy masalalarda Apolloniy Aflotun va uning shogirdi Arastuning estetik nazariyalariga yaqinlashadi. Lekin A.F.Losev 3-asr muallifi Flaviy Filostratning Tianali Apolloniy haqidagi keng ko'lamli tarixiy, falsafiy romaniga asoslanib, so'nggi ellinizm davrida estetik tafakkur tanazzulga uchradi, degan xulosaga kelgan. Plotinning buyuk salafi, o'tmishdoshlaridan yana biri Iskandariyali Filon (er. a. 20 - milodning 40-yillari) yunonlarning majusiylik diniy falsafasini qadimgilardan birinchi bo'lib rad etdi va Bani Isroil dini bo'lmish “Tavrot”ni himoya qildi, ya'ni yunon falsafasini, Aflotun va Arastu merosini yakkaxudolik diniy e'tiqodi mavqyeidan ko'rib chiqib, yunon ilohlarini tabiat kuchlarining allegoriyalari, majoziy obrazlari deb talqin qildi. Iskandariyali Filon yunon faylasufi sifatida Injilning “Yuqori Ahd” qismidagi tarixiy va mo'jizaviy voqyea-hodisalarni yagona ilohning irodasi deb, Zevsni - Quyosh va yashin, Gerani - Yer, Poseydonni -dengiz, Apollonni ilm-fan va san'atlar, Afroditani - go'zallik, Kiklopni - yovuzlik, Gefestni - hunarmandchilik farishtalari deb baholadi. Bu belgilanish diniy falsafaga emas, balki san'atga taalluqli deb hisobladi. Aslida shunga yaqin qarashlar sharqona dinlardan xabardorlik Pifagor, Suqrot va Aflotunda ham uchrar edi. Lekin davlat dini u vaqtlarda majusiylik bo'lgani uchun bu fikrlarini yashirin tarzda aytar edilar. Aristofan “Bulutlar” komediyasida Suqrotning yashin Zevs bilan emas, bulutlarning holati bilan bog'liq, degan ilmiy fikrlashini masxara qilgan edi. Aflotun “Suqrot apologiyasi” (maqtovi) asarida Aristofanning mazkur asarini eslatib o'tadi. Suqrot yunon ma'budlarini allegorik, majoziy obrazlar deb bilishini yashirgan bo'lsa ham, dushmanlari buni sezib qolib, uning o'lmiga hukm etilishini talab qilgan va bunga erishgan edilar.
Imperator Neron hukmronligining boshlanishida o'z tarbiyachisi Lusiy Senekaga, san'at ilmidan maslahatchisi Petroniy Arbitrga, haqgo'y shoir Lukinga (bu shoirning hajv dahosi Lukian (120-185 yillar)dan ilgariroq yashagani ma'lum) avvalgi vaqtlarda yaxshi moddiy va ijodiy sharoitlarni yaratib berdi. Neron bu ijodkorlarning o'z hokimiyatiga va shaxsiga nisbatan muxolifatda (oppazisiya) ekanligini yaxshi bilsa ham, o'zini Oktavian Avgust kabi buyuk hukmdor qilib ko'rsatish uchun ularning tanqidiy fikrlariga ham sabr-toqat qilardi. Chunki bu zotlar uning hukmronlik davrini ulug'lab, nomini tarixda qoldiradilar, deb umidvor edi. Lekin cheksiz hokimiyat Neronni zolimga aylantirdi, hamma uni fitna bilan o'ldirishga urinadi, deb vahimaga tushdi. O'zini bu shoirlardan va olimlardan balandligini ko'rsatish uchun she'riyat, musiqa, ashula, aktyorlik bilan shug'ullandi. Yaqinlari (shoir Lukandan boshqa) Neronni tilyog'lamalik bilan maqtar edilar. Tarixchilar Neron haqida “Uning otasi (Domisiy Agenobarb) ham razil, onasi (Agrippina Ikkinchi ham razil, yovuz odamlar edilar, Neronning genida (qonida) yovuzlik bor edi”, deb yozadilar. (Gay Svetoniy. O'n ikki Sezar hayotnomasi; Korneliy Tasit. Annallar.) Lusiy Seneka shogirdi Neronni falsafa va san'at durdonalari bilan tanishtirib, har bir inson, ayniqsa, buyuk insonlar ma'naviy kamol topishi zarurligini uqtirib, drama va falsafiy risolalarida insonparvarlik, hurlikni, mashaqqat, kulfatlarga sabr qilishni maqtab, despotiyani — tiraniyani, takabburlik va xudbinlikni qoralaydi. Shunisi ajablanarli va hayratlanarliki, ustozi Senekaning ta'lim-tarbiyasidan, ilm-ma'rifatidan bahra olib o'sgan Neronning ham iste'dodi ochilib, yoshlikdan chinakam she'rlar; elegiyalar, dostonlar yozadi, badiiy asarlarida nozik his-tuyg'ularni, muhim ijtimoiy muammolarni nafis ma'noli so'zlar bilan ifodalaydi. U o'z she'rlari, dostonlarini iste'dodli aktyorday hayajon, ehtiros bilan o'qiydi. Ammo ilm, ma'rifat, she'riyat, san'at ham Neronni ota-bobolaridan qoniga o'tgan buzuqlik va yovuzlikdan qutqara olmadi. Rim imperiyasining inson erkini bo'g'uvchi, axloq-odobga zid qonunlariga ko'ra imperatorlar siyosiy maqsadni ko'zlab, o'z qizlarini yomon ko'rganiga zo'rlab uzatar, o'g'illariga yoqmagan qizlarni olib berar edilar. Qizlar esa o'z nomini yo'qotib, erining nomini olishga majbur edilar. Bularning avvalgi nomi ham o'ziniki emasdi. Yuliy Sezarning ikki singlisi ham Yuliya, Antoniyning qizlari Antoniya, Agrippaning qizi Agrippina, buning qizi esa Kenja yoki Kichik Agrippina deb atalardi. Bu esa Neronning onasidir. (Gay Svetoniy. O'n ikki Sezar hayoti.) Diktator Yuliy Sezar o'z qizlarining axloqini tuzatolmagani va o'g'li yo'qligi sababli ikkinchi opasi Yuliyaning o'g'li Oktavianni o'ziga farzand va merosxo'r qilib olgan edi. Yuliy Sezarning o'limidan so'ng Oktavian imperator bo'lishidan avval o'ziga kuchli tarafdor topish uchun go'zal va oqila opasi Oktaviyani shuhratli lashkarboshi Mark Antoniyga turmushga bergan. Lekin Antoniy Misr malikasi Kleopatrani sevib qolib, oqila Oktaviyani qo'yib yuboradi. Bularning ikkita qizlari bo'lib, Katta Antoniya, Kenja Antoniya edilar. Katta Antoniya taniqli lashkarboshi, axloqi yengilroq Lusiy Domisiy Agenobarbga turmushga uzatilgan. Bularning o'g'li Gney Domisiy Agenobarb ham jasur lashkarboshi, lekin axloqi buzuq edi. U Antoniyning katta qizidan boshqa yana yovuz imperator Kaligulaning singlisi Kenja Agrippinaga uylangan. Bularning o'g'li Neron edi. Kaligulaga otasi — mashhur lashkarboshi, Germaniya qabilalarini Rimga bo'ysundirgan Germanikning go'zal insoniy xislatlari o'tmay, onasi Katta Agripinaning axloqsizligi, yovuzligi o'tgani qiziqarlidir. Uning singlisi Kichik Agrippina (Neronning onasi) chiroyli, aqlli, lekin o'ta ayyor, siyosatchi ayol bo'lib, hokimiyatni o'z qo'liga olish uchun eri Gney Agenobarbning o'limidan so'ng o'z tog'asi — imperator Klavdiyga turmushga chiqadi. Klavdiy Rim imperiyasini mana shu go'zal malikaning maslahati bilan boshqarar edi.
Plotinning eng sadoqatli shogirdlaridan biri Porfiriy yozishicha, u faylasuf do'sti Gerinniy va Origen bilan birga Ammoniydan eshitgan (mug'lar, zardushtiylik, moniylik haqida) bilimlarini sir tutib, hyech kimga bildirmaslikka ahd-paymon qilganlar. Lekin ikki do'sti, ayniqsa, Origen, bu ahdni buzib, sharq falsafiy ta'limotlari haqida kitob yozdi. Lekin avval Numeniyda, so'ng Plotinda o'qigan eng iste'dodli, hofizasi o'tkir shogirdlaridan bo'lgan Origen ustozlarining barcha aytganlarini kitob holiga keltirdi, Plotindan eshitganlarini deyarli yuz kitob qildi va o'z shogirdi Gesixiyga taqdim etdi. Faylasufning biografi va shogirdi Porfiriy o'ttiz yoshida ustoz qidirib, imperator Galliyen hukmronligining o'ninchi yilida (263) Rimga kelgan va bu yerda avval Plotin qo'lida 18 yil shogird bo'lgan Ameriyni, so'ng u orqali ustozini uchratgan. Faqat Plotin umrining oxirida o'zini o'ldirmoqchi bo'lgan Porfiriyga tanbeh berib, uni Sisiliyaga jo'natgan. Porfiriyning “Arastu “Mantiq”iga kirish” asarini Abu Nasr Forobiy arab tiliga tarjima qilgan va sharhlar yozgan. Lukresiy Karr. Rim saltanatining harbiy va iqtisodiy kuch-qudrati cho'qqisiga yetgan davrda yashagan shoir va olim Lukresiy Karr asosiy falsafiy she'riy asari “Narsalar tabiati haqida” dostonida o'zining ijtimoiy va estetik qarashlarini ham ifoda etgan. Qizig'i shundaki, bu asarda Lukresiy o'z zamonasidagi ko'pchilik buyuk shoirlar Vergiliy, Ovidiy, Gorasiy kabi daholardan ham ijtimoiy, ham badiiy-estetik qarashlarida ilgarilab ketgan. Agar Vergiliy, Ovidiy, Gorasiy o'zlarining mashhur asarlarida (“Eneida”, “Metamorfozalar», “Bukolikalar, idilliyalar”) hayotdagi ulug'vorlikni, go'zallikni, sevgi, muhabbat, jasur va halol qahramonlarni ulug'lab, Rim imperiyasi rahbarlarining mafkurasiga xizmat qilgan bo'lsalar (albatta, bu daho shoirlarning hur fikrlari imperatorlarni madh etish bilan qo'shilib ketgan), Lukresiy Karr bu ulug' zotlar bilan deyarli bir zamonda yashab turib, hyech qanday siyosatga va qudratli hukmdorlarga mute'lik qilmaydigan, yuqori mansablarga va izzu-johga dabdabali, hashamatli hayotga, mol-mulkni benihoya ko'paytirishga qiziqmaydigan, faqat o'zining halol mehnati bilan musaffo tabiat quchog'ida yashaydigan, o'zining mavjudligidan, sog'lomligidan, tabiat go'zalliklari aro yashayotganligidan, o'zi ham shu musaffo tabiatning bir qismi ekanligidan masrur, quvonib yashaydigan, kamtarin, mehnatsevar, lekin hyech kimga qul bo'lishni istamaydigan insonni kuyladi. Lukresiy dostoni badiiyati jihatidan Arastu “Poetika” asarida aytgan sof she'riyatga emas, balki she'r bilan yozilgan ilmiy-falsafiy adabiyotga kiradi. Dostonda olamning tuzilishi, yer yuzida hayotning paydo bo'lishi avval ma'danlar, tog'u toshlar, daryolar va dengiz, ummonlar, so'ng sodda va murakkab o'simliklar, keyin hayvonlar va oxiri insonlar paydo bo'lgani tasvirlanadi. Lukresiy Karr ijodining tadqiqotchisi, atoqli arastushunos, poetika ilmining bilimdoni F.A.Petrovskiyning yozishicha, Lukresiy o'z dostonida qadimgi va unga zamondosh shoirlarning mifologik qarashlarini, turli jonivorlarning – inson va ot, inson va ilon, inson va baliq qo'shiluvidan iborat (kentavr, suv parilari, sfinkslar kabi) mavjudotlar bo'lmagani, insonlar ham avvalgi vaqtlarda ibtidoiy jamoa holida yarim yovvoyi yashagani haqida fikrlarini aytgani moddiylik (materiyaviy) falsafaning boshlanishidir. Dostonning barcha kitoblarida Lukresiy yunonlar orasida tabiiy ilmlarni rivojlantirishga buyuk hissa qo'shgan, bu sohada 300ga yaqin asar yozgan Epikur ta'limotini hayrat bilan qo'llab-quvvatlaydi. Lukresiy ma'naviy ustozi Epikur hayoti va ta'limoti haqidagi bilimlarni Epikurning do'stlariga yozgan maktublaridan va Empedoklning dostonidan olgan. Epikur qaysi teran fikrlari va tabiiy olamni anglash va idrok etishga doir yangiliklari bilan rimlik olim va shoir Lukresiy Karrni hayratlantirgan? Millodning II asrida yashagan shoir Diogen Laertiy “Mashhur yunon donishmandlarining hayoti va ta'limotlari” asarining 10-kitobini Epikurga bag'ishlaydi. Psevdo-LONGIN va uning “Yuksaklik haqida” asari. Arastu “Poetika”si va Gorasiyning “Poeziya ilmi” (“Pizonlarga maktub”) she'riy poetikasidan so'ng eng ko'p shon-shuhrat qozongan adabiyot nazariyasiga doir asar “Yuksaklik haqida” (yunoncha Pepi Yfos) ming yil davomida unutilgan va faqat Uyg'onish davrida juda ko'p tillarga tarjima qilinib, qayta-qayta nashr etilgan. Mazkur asar tarjimonlaridan va sharhlovchilardan biri, Fransiyada XVI asrda, “Qirol - Quyosh” Lyudovik XIV davrida yashagan Nikola Bualo-Depreo edi. U o'sha vaqtda avj olgan “Qadimgi shoirlar, va yangi shoirlar” bahsida hakamlik qilib, “Tanqidiy mulohazalar”ini yozishda “Yuksaklik haqida” kitobidagi poetik qonun-qoidalarga doir fikrlardan kelib chiqqan. N.Bualo o'zining mashhur “Poeziya san'ati haqida” asarini yozishda ham “Peri ufos”dan keng foydalangan. “Yuksaklik haqida” asarining muallifi milodning 3-asrida ellinizm davrida yashagan faylasuf va ritor (so'z san'ati olimi Kassiy Longin deb tahmin qilib kelinar edi). Unda yaqqol sezilib turgan fikrlar teranligi va yuksakligi, mulohazalar shiddati asarni Arastu yozgandek taassurot qoldiradi. Ammo asarda Oktavin Avgust davrida yashagan Siseron va Sesiliy kabi nomlarning tilga olinishi, bundan so'ng 2- va 3-asrlarda yashagan ritorika va falsafa olimlari Kvintilian, Laktansiy, Tertullian, Origen va Plotin nomlari uchramasligi “Yuksaklik haqida” asari I asrda, Siseron davrida yozilgan degan xulosaga olib keladi. Asarda Gomer, Gesiod, Arxilox, Sapfo, Pindar, Vakxilid, Demosfen, Gorgiy, Giperid, Sofokl, Evripid, Aflotun, Arastu kabi buyuk shoirlar va ritorlarning asarlari juda chuqur taxlil etilgan. Asar muallifi yunon olimi (Longin) o'zining rimlik shogirdi, jamiyat oliy tabaqasiga mansub Postumiy Terensianga saboq berayotganday ohangda yozadi. Lekin atoqli qadimshunos olimlar bu shogirdning ham kimligini aniqlay olmadilar. Bu durdona asarni rus tiliga tarjima qilgan atoqli olima N.A.Chistyakova muallifni mashhur Rim ulamolari Kvintilian, Pliniy, Gay Petroniy Arbitr, Tasitning zamondoshi deb o'ylaydi. Biz esa, asarda bu mashhur nomlar va ularning fikrlariga munosabat uchramagani sababli, muallif bulardan avvalroq yashagan, deb o'ylaymiz. Muallif Siseron nomini hurmat bilan tilga olsa-da, unga nisbatan, yunon so'z ustalarini a'lo deb bilishi seziladi. Asar muallifi ming yillar davomida Longin deb kelingani sababli keyingi davr olimlari uni Psevdo–Longin (Longinga nisbat berilgan) asari deb ataydilar. Lekin XVI olimi N.Bualo, Sh.Perro va boshqalar uni Longin asari deb ishonganlar. Asarda Gomerning Muso payg'ambarga o'xshatilgan o'rin keyinchalik qo'shilgan deb hisoblaydilar. Lekin bu asarni Kassiy Longin emas, balki Origen va Porfiriyning zamondoshi Longin Filarxey (Qadimiyat muhibi) deb taxmin qilishga ham yetarli asosimiz yo'q (garchi ustozi Plotin bu shogirdini yaxshi filolog, deb maqtagan bo'lsa ham). “Yuksaklik haqida” asarining muallifi ko'p o'rinlarda o'sha vaqtda (Yuliy Sezar va Siseron davrida) shuhrat qozongan ritorika olimi Sesiliyning so'z san'atiga qarashlari biryoqlama va yuzaki ekanligini asoslab beradi va chin yuksaklik adib, shoir, notiqning maqsadi, g'oyasi, fikrlarning ma'no, mazmuni, tabiat va ruh yuksakligi mavjudligi bilan bog'liqligini Gomer, Evripid, Sofokl, Aflotun, Arastu, Demosfen, Gorgiy, Isokrat va boshqa so'z ustalarining asarlarini chuqur tahlil qilish asosida isbotlab beradi. Millodan avvalgi I asrda Yuliy Sezar o'limidan so'ng respublika tuzumini yo'q qilib, senatning kuchini zaiflashtirib, Rimni imperiyaga aylantirgan va bir jihatdan o'zaro birodarlik (fuqarolik) urushlariga chek qo'yib, iqtisod va madaniyatni rivojlantirgan Oktavian Avgust (ehtimol, o'zining siyosiy raqibi sifatida o'zi o'ldirtirib yuborgan Siseronning o'rnini to'ldirish uchun bo'lsa kerak) Pergam (Bobil)dan mashhur Ritorika olimi Apollodorni Rimga taklif etgan va uni ustoz deb qabul qilgan. Yunon olimi Apollodor ritorika san'atini, asosan, til qoidalari, me'yorlari bilan bog'lab, so'z aytish san'ati deb tushungan. Ritorika olimi, Sesiliy mana shu Apollodorning shogirdi bo'lib, u o'zining “Yuksaklik haqida” asarida so'z tuzishda, ma'no anglatishda texne-mahorat, san'atkorlikni birinchi o'ringa qo'ygan. Longinning “Yuksaklik haqida” asarida Sesiliy asari tanqid qilinib, so'z san'atida texne-til mahorati emas, balki adib, shoir, notiqning insoniy va ilohiy fazilatlari, adolatsevarligi, vatanparvarligi, haqiqatgo'yligi, ruhiy olamining go'zalligi va yuksakligi birinchi o'ringa qo'yiladi. Mazkur ilmiy risolada Arastu “Poetika”sining asosiy qoidalari yanada rivojlantirilgan. “Yuksaklik haqida” asarining taqdiri va topilish tarixida ham qandaydir fojeiylik bor. Tarixchilar, filolog olimlar aniqlashicha, bu asarning borligini X asrga qadar hyech kim eslamagan. Ellinizm davrida ham (I-IV asrlar), masihiylik davrida ham atoqli mutafakkirlar bunday asar borligini bilmaganlar (darvoqye, Arastu “Poetika”si ham birinchi bor IX asrda, arabcha tarjimasi orqali yunon va rim tillariga qayta tarjima qilingan). Faqat X asrda Vizantiyada bir ziyoli xattot Arastuning “Fizika, ya'ni tabiat muammolari” asaridan qayta ko'chirayotganida, pergament oxirida bir necha (yigirma) varaqcha bo'sh qolgan o'rinlarga “Yuksaklik haqida” asarini yozib, to'ldirib qo'ygan. Xattot qaysi qo'lyozmadan ko'chirganligi ham noma'lum. Muallifi noma'lum bu asarning shu ko'chirgan nusxasi yana besh asr davomida bosilmagan. Faqat 1453 yilda Vizantiyaning poytaxti Konstantinopol Turkiya sultonlari (Fotih va boshqalar tomonidan) tomonidan ishg'ol qilingan vaqtda qadimiy kitob va qo'lyozmalarni to'plab, kolleksiya qilgan Ioann Laskaris (yunon) Italiyaga qochib, kitob xazinasini o'zi bilan olib ketadi. Uning qimmatli qo'lyozmalari bir hukmdordan boshqa xukmdor xazinasiga o'tib, XV asr oxirida Florensiya qirolichasi Yekaterina Medichi xazinasiga qo'shilgan. Arastu asariga qo'shib muqavolangan bu nodir qo'lyozma shundan so'ng Fransiya qiroli Genrix IV xazinasiga qo'shilib, Parij milliy kutubxonasidan o'rin olgan. Keyinroq XVI-XVII asrlarda bu asar shuhrat qozonib, undan ko'p marta nusxa ko'chirilgan. Xususan, N.Bualo davriga kelib, bu durdona asar juda keng shuhrat va qadr topdi. Download 91.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling