2 mavzu Axborotlashgan jamiyat haqida tushuncha
a) milliy axborot- hisoblash tarmog'I; b)
Download 93.59 Kb.
|
2-Mavzu
a) milliy axborot- hisoblash tarmog'I;
b) EHM ni matematik va dasturiy ta'minlash; c) Shaxsiy kompyuter. Bu dasturda Vazirlik va mahkama axborot tarmoqlari, Milliy axborot-hisoblash tarmog'ini yaratish, kompyuter va hisoblash texnikasi vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish va boshqalar joy olgan. O’zbekiston axborot texnologiyalarini tadbiq etish va rivojlantirish uchun talay imkoniyat va axborot zahiralariga ega. Fanlar Akademiyasi, oily va o’rta mahsus o’quv yurtlari, axborot tizimlari bo’yicha malakali xodimlar ishlamoqda. Buning yorqin dalili sifatida 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ni, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2 chaqiriq 5 sessiyasida Prezident I.Karimov ko’targan masalalar yuzasidan 2001 yil 23 mayda Vazirlar Mahkamasining "2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish", Internetning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta'minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora -tadbirlari to’g'risidagi Qarorini va 2001 yilning may oyida Respublikamizda birinchi marta o’tkazilgan Internet festivalini aytib o’tish mumkin. 3. Tizim ("sistema") deganda, yagona maqsad yo’lida bir vaqtning o’zida xam yaxlit, xam o’zaro bog'langan tarzda faoliyat ko’rsatuvchi bir necha turdagi elementlar majmuasi tushuniladi. Turli elementlardan tashkil topgan va turli maqsadlarga xizmat qiluvchi bir nechta tizimlarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin:
Informatikada "Tizim" tushunchasi ko’proq texnik vositalar va programmalar to’plamiga nisbatan ishlatiladi. Kompyuterning texnik qismini "tizim" deb tasavvur qilish mumkin. Xuddi shunday, hisoblarni tayyorlash va elektron hujjatlar oqimini boshqarish kabi amaliy vazifalarni yechish uchun mo’ljallangan programmalar to’plamini ham "tizim" deb hisoblash mumkin. Axborot tizimi - belgilangan maqsadga erishish uchun axborotni uzatish, qayta ishlash va saqlash uchun qo’llaniladigan usullar, shaxslar va vositalarning o’zaro bog'langan majmuasidir. Axborot tizimlar (AT) ixtiyoriy sohadagi vazifani hal qilish maqsadida zarur bo’lgan axborotni yig'ish, saqlash, qayta ishlash, qidirish va masofaga uzatishni ta'minlaydi. Ular muammolarni taxlil qilishga va yangi mahsulot yaratishga yordam beradi. Axborot tizimlarida yuz beradigan jarayonlarni shartli ravishda quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: tashqi yoki ichki manbalardan ma'lumotlarni kiritish; kiritilgan ma'lumotlarni qayta ishlash va uni qulay ko’rinishda tavsiya etish; ma'lumotlarni talabgorlarga yetkazib berish yoki boshqa bir tizimga uzatish; "teskari bog'lanish", ya'ni axborot tizimi foydalanuvchilarining ma'lumotlarni o’zgartirishga bo’lgan extiyojlarini qondirish va uning bilan bevosita muloqat qilish imkoniyatlarini yaratish. Ushbu ko’rinishdagi Axborot tizimlarni xalq xo’jaligining turli tarmoqlariga tadbiq etish quyidagi natijalarni berishi mumkin: Intellektual tizimlar va matematik usullarning tadbiqi hisobiga boshqaruv vazifalarining eng rasional yechimlarini olish; Avtomatlashtirish xisobiga ishchilarni og’ir mehnatdan ozod qilish; Ma'lumotlarni o’z vaqtida tezkorlik bilan yig'ish, qayta ishlash imkoniyatlarini yaratish; Xisobotlar tezkorligi va ishonchliligini ta'minlash; Qog'ozdagi hujjatlarning hajmini keskin kamaytirish va axborotni saralashni tashkil qilish; Xisobot va hujjatlar oqimi strukturasini rivojlantirish; Mahsulot ishlab chiqarish va xizmat kursatish xarajatini kamaytirish; Talabgorlarga noyob va yuqori malakali xizmatlar ko’rsatish; Yangi bozor manbalarini izlab topish; Xaridor va talabgorlarga turli xizmatlar va imtiyozlar ko’rsatish orqali jalb etish va hokazo. 1. Ahborot ta'minoti — ahborot tizimlari ichki mashina ahborot bazasini yaratishning tasniflash va qoidalashtirish tizimlaridir, hujjatlashtirishning unifikatsiyalash tizimlari,hujjat aylanmasi va hujjatlar shakli uslublarini ratsional holga keltirishni o’z ichiga olgan ahborotni joylashtirish va tashkil qilish boyicha uslublar va vositalar yig'indisidir. Qabul qilingan boshqaruv qarorlarning ishonchligi va sifati kо’r jihattan ishlab chiqilgan ahborot taminoti sifatiga bog'liq. Download 93.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling