2-Mavzu: Boshlang‘ich sinf texnologiya darslariga kompetension yondashuv Reja: Boshlang‘ich sinflarda texnologiya darsi mavzulariga qo‘yilgan talablar


Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi -


Download 39.22 Kb.
bet12/21
Sana07.04.2023
Hajmi39.22 Kb.
#1338271
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
2 ma\'ruza Boshlang\'ich sinf texnologiya darslariga kompetension

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi - o‘quvchilarda texnik-texnologik hamda texnologik jarayon davomida bajariladigan operatsiyalar yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustaqil amaliy faoliyatida qo‘llash, kasb-hunar tanlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:

  • materiallar va ularning xossalari, xususiyatlari hamda texnik obyekt va texnologik jarayonlarga oid ma’lumotlarni o‘rganish;

  • texnik obyekt hamda texnologik jarayonlarda maxsus va umumtexnologiya operatsiyalarini bilish;

  • texnologik jarayonlarni boshqarish, maxsus va umumtexnologiya operatsiyalarini amaliyotda qo‘llay olish;

  • texnik va kreaktiv fikrlashni, intellektual qobiliyatlarini shakllantirish;

  • texnologik jarayon va tayyorlangan mahsulotlarni bajarish ketma-ketligi hamda mahsulot sifatini ta’lil qila olish;

  • buyum va jarayonlarni bajarishga oid xulosalar chiqarish hamda texnologiya operatsiyalarini, mahsulot sifatini baholay olish;

  • ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash ishlarini amalga oshirishda tayanch va texnologiya faniga oid kompetensiyalarni shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fani boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida umumlashgan holda, 5-9-sinflarda “Texnologiya va dizayn”, “Servis xizmati” yo‘nalishlarida o‘qitiladi.
Texnologiya fani quyidagi bo‘limlar asosida o‘qitiladi.
1-4-sinflar uchun
1. Qog‘oz va karton bilan ishlash.
2. Tabiiy va turli materiallar bilan ishlash.
3. Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash.
4. Badiiy qurish-yasash va texnik modellashtirish.
Texnologiya fanini o‘qitishda boshlang‘ich sinflarda “Iqtisod alifbosi”, yuqori sinflarda “Sog‘lom avlod asoslari”, “Hayot xavfsizligi asoslari” hamda “Iqtisod saboqlari” o‘quv kurslari singdirilib o‘qitiladi.
Har bir dars xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilgan holda tashkil etiladi.
Shuningdek, o‘quvchilarga texnologiya fanini yo‘nalishlari bo‘yicha kasb turlari haqida axborotlar beriladi.
O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi.

Download 39.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling