6-jadval. Vazirlar va ularning vazifalari
№
|
Vazirlar
|
Vazirlarning vazifasi
|
|
Mamlakat va raiyat vaziri
|
-Bu vazir el-yurtning muhim ishlarini, kunda chiqib turadigan muammolarni, raiyat ahvolini, olingan hosil, daromadning miqdori, oliq-soliq, davlat harajatlari, el-yurtning obodonchiligi va aholining farovonligi qay darajada ekanligidan oliy hukmdorni xabardor qilib turgan.
|
|
Sipoh vaziri
|
-Sipohiylarning maosh va tanholarini boshqargan, uning qiyinchilik va parishonlikka tushib qolmasligining chora-tadbirlarini ko’rgan, sipoh ahvolidan doimo podshohni ogoh etib turgan.
|
|
Mol-mulk, daromad, harajatlar vaziri
|
-Turli sabablarga ko’ra egasiz qolib ketgan yer-suv va mol-mulkni boshqargan, zakot va boj yig’imiga mutasaddilik qilgan.
|
|
Sarkori xossa va saltanat ishlarini yurituvchi vazir
|
-Podshohga qarashli yer-suv va mol-mulk, shuningdek davlat muassasalarining faoliyatini nazorat qilib turgan.
|
|
Qozikalon
|
-Adliya muassasalarini boshqargan.
|
|
Jalol ul-islom
|
-Podshohning favqulodda huquqlarga ega bo’lgan nazoratchisi.
|
|
Vaziri devoni insho
|
-Turli mamlakatlar bilan olib boriladigan yozishmalar devonining boshlig’i.
|
Bu markazlashgan buyuk, iqtisodiy barkamol, siyosiy barqaror davlatning shakllanishiga olib kelgan boshqaruv nazariyasi faqat u davlatdagina emas, balki boshqa o’lkalarda ham davlatni ilmiy boshqarish nazariyasi sifatida qo’llanila boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |