2-mavzu. Boshqaruv nazariyasining rivojlanishi boshqarish ta’limotidagi yo’nalishlar


Mumtoz menejment namoyondasi A. Fayol olg’a surgan tamoyillar


Download 45.26 Kb.
bet4/11
Sana12.12.2021
Hajmi45.26 Kb.
#180211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-мавзу маърузаси

1.3. Mumtoz menejment namoyondasi A. Fayol olg’a surgan tamoyillar
“Ilmiy menejment” namoyandalari o’z ilmiy ishlarini asosan korxona, tashkilot, boshqaruvini takomillashtirishga bag’ishlashgan. Ular boshqaruvning quyi darajasidagi masalalar bilan, ya’ni faqat ishlab chiqarish darajasidagi boshqaruv bilan shug’ullanishgan. Ma’muriy maktabning vujudga kelishi munosabati bilan mutaxassislar endi umumtashkilot darajasidagi boshqaruv muammolari bilan shug’ullana boshladilar.

Teylor va Gilbertlar oddiy ishchidan muvaffaqiyatga erishib, shuhrat qozonib martabaga minganlar. Aynan shu tajriba ularning boshqaruv to’g’risidagi tushunchalariga keskin ta’sir etgan. Ulardan farqli o’laroq, mumtoz ma’muriy maktabining asoschilari:

Yirik biznens sohasida mashhur, boshqaruvning yuqori bo’g’inida esa yuksak tajribali amaliyotchi rahbarlar bo’lishgan.

Ularni tashvishlantirgan bosh masala-bu umumtashkilot miqyosida samaradorlikka erishish bo’lgan. SHunday maqsad qo’yilgan bo’lsa-da, ular boshqaruvning sotsial jihatlariga unchalik e’tibor berishmagan, ustiga-ustak ularning ishlari shaxsiy tuzatuvlar doirasidan chiqmagan. SHu sababli ularning yondoshuvlari ilmiy metodologik asosga ega bo’lmagan.

“Mumtoz”chilar tashkilotga keng qamrovli kelajak nuqtai nazaridan yondoshib, undagi umumiy xususiyatlar va qonuniyatlarini yaratish orqali muvaffaqiyatga erishish edi. Ular boshqarishning quyidagi ikki jihatiga e’tiborni qaratishgan:

-tashkilotning oqilona boshqaruv tizimini ishlab chiqish. Ular tashkilotni bo’linmalar yoki ishchi guruhlarga bo’lishni, moliya, ishlab chiqarish va marketing boshqarishni takomillashtirishning muhim tomonlari deb hisoblashgan;

-tashkilotning oqilona tarkibi va ishlovchilarning oqilona boshqarilishiga erishish. SHu maqsadda boshqarishda yakkaboshlik bo’lishini va ishchi faqat bitta boshliqdan topshiriq olishi va unga bo’ysunishi lozim degan g’oyani ilgari surishgan.

A. Fayolь boshqaruv fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shgan frantsuz olimlardandir. UFrantsiyadagi ko’mir qazib oluvchi yirik kompaniyani boshqargan. A. Fayol o’zining boy amaliy tajribasini ”Umumiy va sanoat boshqaruvi”(1916 y.) nomli kitobida umumlashtirgan. Uning ilgari surgan quyidagi boshqaruv g’oyalari hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan (4-jadval).



Download 45.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling