2-mavzu. Boshqaruv nazariyasining rivojlanishi boshqarish ta’limotidagi yo’nalishlar


-jadval. Anri Fayolning boshqarish tamoyillari4


Download 45.26 Kb.
bet5/11
Sana12.12.2021
Hajmi45.26 Kb.
#180211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-мавзу маърузаси

4-jadval. Anri Fayolning boshqarish tamoyillari4




Tamoyillar

Izoh



Mehnat taqsimoti

-Ixtisoslashuv natijasida ko’p miqdorda va yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqariladi. Bunga e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan maqsadlar sonini keskin qisqartirish evaziga erishiladi



Vakolat va mas’uliyat

-Vakolat-bu buyruq berish uchun berilgan huquq. Mas’uliyat esa buning aksi. Qaerda vakolat berilgan bo’lsa, o’sha yerda mas’uliyat vujudga keladi



Intizom

-Intizom rahbar bilan xodim o’rtasida o’zaro hurmatni, quloq solishni talab qiladi. SHartnomalarning so’zsiz bajarilishini taqozo etadi.



Yakkaboshlik

-Xodim bevosita boshlig’idan buyruq olishi kerak.



Yo’nalishning bir xilligi

-Yagona maqsad doirasida faoliyat ko’rsatayotgan har bir guruh, yagona reja asosida ishlashi va bitta rahbarga ega bo’lishi kerak.



SHaxsiy manfaatlarni umumiy manfaatga bo’ysundirish

-Alohida xodim yoki guruhning manfaatlari bir-biriga zid kelmasligi kerak.



Xodimlarni taqdirlash

-Xodimlarning ishonchini qozonish va ularning hamdardligini oshirish uchun ularga adolat yuzasidan barcha mehnatiga haq to’lash lozim.



Markazlashish

-Hamma o’z o’rnida bo’lishi va o’z burchini ado etishi lozim.



Boshqaruvdagi ierarxiya

-Bunda quyi daraja yuqoridan nazorat qilinadi va yuqoriga bo’ysunadi.



Tartib

-Hamma o’z o’rnida bo’lishi va o’z burchini ado etishi lozim.



Adolat

-Tashkilotda adolatning hukm surishi-bu qonunning ustuvorligi bilan rahmdillikning uyg’unlashuvi.



Xodim uchun ish joyining doimiyligi

-Yuqori darajadagi qo’nimsimzlik tashkilot faoliyati samaradorligini pasaytiradi. O’z ish joyini mustahkam egasi bo’lish harakatida bo’lgan oddiy rahbar bir joyda muqim ishlashni istamaydigan iste’dodli rahbardan ming chandon yaxshi.



Tashabbus

-Tashabbus-bu tom ma’noda rejani ishlab chiqish va uning o’z vaqtida bajarilishini ta’minlashdir.



Korporativ ruh

-Ittifoq-bu kuch. U esa xodimlar o’rtasidagi hamjihatlikning va manfaatlarning hamohanglashuvi natijasi bo’lishi mumkin.


Download 45.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling