2-mavzu. Davlat qarzi nazariyasi


-rasm. 110 mamlakat bo‘yicha pul massasining o‘rtacha yillik o‘sishi sur’atiga nisbatan inflyatsiyaning o‘rtacha yillik o‘sishi sur’ati


Download 0.62 Mb.
bet24/34
Sana23.10.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1717183
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34
Bog'liq
Davlat qarzi nazariyasi

-rasm. 110 mamlakat bo‘yicha pul massasining o‘rtacha yillik o‘sishi sur’atiga nisbatan inflyatsiyaning o‘rtacha yillik o‘sishi sur’ati,
1960–1990-yillar.


Manba: Lucas Robert. “Monetary Neutrality. Prize Lacture”, December 7, 1995, University of Chicago, USA, p. 250.


Agar pul emissiyasi inflyatsiyani kuchaytirar ekan, uni naqd pul egalariga egri soliq deb hisoblash mumkin. Davlat pul egalariga to‘g‘ri soliq solishi ham mumkin edi, ammo uni joriy qilish va undirish qimmatga tushgan bo‘lar edi. Pul emissiyasi vositasida inflyatsiyani oshirib, pulni xarid qobiliyatidan sekin-sekin mahrum etish arzonga tushadi. Pul emissiyasi soliq ekan, ortiqcha soliq yukini eslab qo‘yish o‘rinlidir.


Ammo pul emissiyasi nafaqat pul egalariga soliq, inflyatsiya natijasida davlat qimmatli qog‘ozlari egalari ham o‘z pullarini boy beradilar. Agar davlatning nominal bo‘yicha qarzi bo‘lsa, inflyatsiya qarz mablag‘larning xarid qobiliyatini pasaytirib, uni muddatidan oldin va bilintirmay yo‘qqa chiqaradi.
Inflyatsiya qarzni bekor qila oladimi? Bu savolga javob berish uchun inflyatsion kutishlarni aniq bilish talab etiladi. Bu aniqlik qarzning muddatlar bo‘yicha tarkibiy tuzilmasiga bog‘liq. Muddatli tuzilma qarzni qarzlar muddatlari bo‘yicha tartiblab chiqishdir. Davlatning nima sababdan uzoq muddatli qarzlarga qiziqish bildirayotganini tushunishga inflyatsiya yordam beradi. Irving Fisher ko‘rsatib o‘tganidek, foiz stavkasi qanchalik past bo‘lsa, eng yangi inflyatsion kutishlar shu qadar to‘laroq o‘z aksini topadi. Unda ayniqsa inflyatsiyaga chidami past va shu sababli davlatga qulay bo‘lgan qarz uzoq muddatli qarzlardan iborat bo‘lishi lozim. Davlatni uzoq muddatli kreditlar bilan ta’minlagan investorlar inflyatsiyani u qadar aniq baholay olmaydilar va shu sababli real hisoblarda ko‘proq yo‘qotadilar. Shunday qilib, davlat (Moliya vazirligi qiyofasida)ning inflyatsiyaga munosabati ancha murakkab, unga aralash “tuyg‘u”lar bilan qaraydi, ammo uni oshkor qilmaslikni ma’qul ko‘radi.
7-qoidaga rivojlangan kredit bozoriga kira oladigan davlat amal qilishi mumkin. Bunday imkoniyatga ega bo‘lmagan davlat markaziy bank kreditlari va chet mamlakatlar yordamiga qaram bo‘lib qolishga mahkum. Bundan qarz olib moliyalashtirishning yana bir sababi paydo bo‘ladi – u ham bo‘lsa davlatning to‘liq moliya bozoriga ega bo‘lish uchun intilishidan iborat.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling