2-mavzu. Davlat qarzi nazariyasi


Download 0.62 Mb.
bet20/34
Sana23.10.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1717183
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34
Bog'liq
Davlat qarzi nazariyasi

Ortiqcha soliq yuki
“Sog‘lom moliya”ning 7 ta qoidasidan faqat 3-qoida amalda universal hisoblanadi. Hamisha va hamma joyda urush olib borayotgan davlat yirik qarzga botib qoladi. “Tinchlik paytidan tejamkorlik urushlar paytida qarzning ko‘payib ketishiga olib keladi”, – deb yozgan edi A.Smit. Mamlakat uchun katta xavf tug‘ilgan vaqtlarda qarzlar eng kam ijtimoiy va siyosiy bordi-keldilarsiz resurslarni davlat foydasiga tez va keng miqyosli qayta taqsimlash imkoniyatini beradi. Masalan, davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olish – ixtiyoriy ish. Qarzlardan bu tarzda foydalanish Masgreyv modelida nazarda tutilmagan.
Tinchlikdan urushga o‘tishda fiskal zarbasi shu qadar kuchli va davomli bo‘ladiki, bunda faqat qarzlargina madadkor bo‘lishi mumkin. Urush vaqtlarida davlat xarajatlari anchagina ko‘payadi, ammo davlat soliq yukini anchagina oshirishdan xavfsiraydi, qo‘rqadi. Nima uchun davlatning harbiy mashinasi faqat joriy soliqlarda ishlashi kerak? Nima uchun bunday zil-zalvar yukni kelajak avlod bilan bo‘lishmaslik kerak? Agar g‘alabaga erishilsa, g‘alaba nashidasini suradiganlar asosan ular bo‘ladi-ku. Davlat shunday ham qiladi – qarzni kelajak avlod soliqlaridan to‘lashni mo‘ljallab “harbiy” obligatsiyalarni joylashtiradi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin juda ko‘p “mahalliy” urushlar qarzlar o‘sishiga sabab bo‘ldi. Bu o‘sishning kattagina qismini qurollanish poygasi va sovuq urush hisobiga kiritsa bo‘ladi. XXI asrning boshlarida esa terrorizmga qarshi urushlar qarzlarga “oziq muhiti”ni yaratib bermoqda. Masalan, 2001 yil 11 sentyabr voqealaridan ko‘p o‘tmay AQSh hukumati “vatanparvarlik” obligatsiyalarini chiqardi. Bu obligatsiyalar ham “harbiy” obligatsiyalar kabi aholi o‘rtasida juda dong qozondi. Urushayotgan davlatlar bir qadar tor bo‘lgan 5-qoidaga amal qiladimi-yo‘qmi, aytish qiyin, ammo u o‘zining “harbiy” qarzdorligini to‘lash uchun ochiqdan-ochiq pul bosib chiqarishni ko‘paytiribgina qolmay, bu qoidaga zid holda tijorat banklarining davlat qimmatli qog‘ozlariga katta-katta pul qo‘yishlarini rag‘batlantiradi. Bu esa yashirin pul emissiyasi va qo‘shimcha foiz xarajatlari degan gap.
3-qoida hozirgi zamon neoklassik adabiyotida yanada rivojlantirildi. Qarzlar bilan soliqlarni qiyoslaganda hamisha ortiqcha soliq yuki degan yomon ijtimoiy illatni nazarda tutish kerak. Soliq solishning salbiy Neoklassiklar Barro, Lukas va Stoklar soliq stavkalarini vaqt bo‘yicha ravonlashtirish, barqarorlashtirishni taklif qilganlar.
“Soliqlarni ravonlashtirish to‘g‘risidagi g‘oya shundan iboratki, – deb yozadi Barro – agar turli davrlarda biron-bir muhim voqea ro‘y bermagan hollarda optimal davlat moliyasi soliq stavkalarining yildan yilga o‘zgarmasligini talab etadi. Biz esa stavkalarni tartibsiz o‘zgartirishni xohlaymiz, ammo bu ixtiyoriylik hayotimizni juda mushkullashtirishi mumkin. Shu nuqtai nazardan bugun defitsitli moliyalashtirishga asoslangan juda past stavkalarga, so‘ngra juda yuqori stavkalarga ega bo‘lish maqbul emas”28. Bu g‘oya biz uchun juda muhim, chunki u byudjet siyosatida qarzlarga muhim o‘rin beradi.
Barroning “biron-bir muhim voqea ro‘y bermagan” ifodasi xarajatlarni butunlay, tamomila tubdan o‘zgartirishni talab qiladigan biron-bir kor-xol yuz bermasligini bildiradi. Masalan, hokimiyatga iqtisodiyotni davlatlashtirishni targ‘ib etadigan so‘l partiyaning kelmasligi. U paytda davlat tarixiy mezonlar bo‘yicha o‘z byudjetining odatdagi tebranishlari bilan ish ko‘raveradi. Bu tebranishlarning uch sababini (byudjet siyosatining uch elementini) ko‘rsatib o‘tish mumkin:

  • mahsulot chiqarish tebranishlari va boshqa makroo‘zgaruvchanlarga amaldorlarning ochiq aralashuvisiz sezgirlik ko‘rsatadigan avtomatik barqarorlashtiruvchilar (ayrim soliqlar);

  • iqtisodiy atrof muhitdagi o‘zgarishlarga javob tarzida byudjet siyosatining “xulq qoidalari”;

  • vaqti-vaqti bilan og‘ir asorat qoldiradigan hodisalarning, ya’ni oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan, kutilmagan, iqtisodiy shart-sharoitlarga bog‘liq bo‘lmagan hodisalarning yuz berishi (“shoklar”), masalan soliqlarning yig‘ilmasligi, tabiatdagi va texnogen falokatlar.

Statistiklar vaqtinchalik “shoklar” ta’sirida yuzaga keladigan byudjet tebranishlarini tasodifiy adashuv deb atagan bo‘lar edilar. Agar har bir “shok”ka faqat soliq stavkalarini o‘zgartirish bilan javob berish mumkin bo‘lganida “tasodifiy adashib qolgan” byudjet haqiqatan ham bizning hayotimizda ko‘pdan-ko‘p chalkashliklar, mantiqsizliklar keltirib chiqargan bo‘lar edi. Stavkalar, ularning ketidan bizning oilaviy byudjetimiz ham “tasodifan adashib” qolar edi.
Kelajakdagi soliqlarning hozirgi joriy qiymati uchun barqaror soliqlar beqaror soliqlarga qaraganda bizning hayotimizni kamroq yomonlashtiradi. Shu sababli yuz berib turadigan “shok”larga soliq stavkalarini o‘zgartirish bilan emas, balki qarzlar bilan javob bermoq lozim. Agar 1 so‘m ko‘proq to‘lash yoki soliqlar 1 so‘mga kamayadigan bo‘lsa, 1 so‘m ko‘proq soliq yig‘ish o‘rniga 1 so‘m qarz olish ma’qulroq. “Shok” o‘tib bo‘lganidan keyin iqtisodiyot oldingi darajaga qaytgach, qarzni uzish mumkin. Soliq stavkalari o‘zgartirilmaydi va soliq solishning o‘lik yuki og‘irlashmaydi.
Agar “shok” vaqtinchalik bo‘lmay, doimiyga aylansa xarajatlar tubdan tamomila ko‘tariladi29. Unda davlat “shok hisobiga” qarz olishga qodir bo‘lmay qoladi, chunki kelajakdagi soliqlarning joriy qiymati tamomila tubdan ko‘tarilib ketadi. Bu holda stavkalarni oshirishdan o‘zga chora qolmaydi.
Shunday qilib, ravonlashtirish standart mantiqni aks ettiradi: xarajatlarning vaqtinchalik ortishi qarzlar orqali, doimiy oshishi soliqlar stavkalarini ko‘tarish orqali moliyalashtiriladi. Stavkalarni vaqtda ravonlashtirish bilan ortiqcha soliq yuki o‘sishini sekinlatish mumkin deyish hozirgi zamon fiskal nazariyasining asosiy xulosasidir. Biz bu xulosani qarz to‘g‘risidagi munozaralarda ko‘rib o‘tishda qarzga ortiqcha soliq yuki bilan birga iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan yondashamiz.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling