2-mavzu. Davlat qarzi nazariyasi


Davlat moliyasining “oltin qoidasi”


Download 0.62 Mb.
bet21/34
Sana23.10.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1717183
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34
Bog'liq
Davlat qarzi nazariyasi

Davlat moliyasining “oltin qoidasi”
Qarzlarning maqbulligini yana ikki mashhur klassik g‘oya tasdiqlaydi: birinchisi – ha, qarz yuki kelajak avlodlar zimmasiga o‘tkaziladi, ikkinchisi – xarajatlari kimga naf keltirsa soliqlarni o‘shalar to‘laydi. Bu g‘oyalarni bir jumlaga birlashtirib, aytish mumkinki, kelajak avlod byudjetning hozirgi xarajatlarini bu xarajatlar ularga beradigan nafi darajasida moliyalashtirish lozim. Joriy xarajatlar ularga naf bermaydi. Davlatning joriy xarajatlari o‘ziga o‘zi qilgan xarajatlaridir, masalan, davlat xizmatchilariga to‘lanadigan ish haqi. Kelajak avlodga nafni kapital xarajatlar beradi. Ular – jamiyatga xizmat ko‘rsatishga qilngan xarajatlardir, juda aniq aytadigan bo‘lsak joriy davrdagi yalpi investitsiyalarning bir qismi bo‘lgan yangidan hosil qilingan aktivlarni sotib olishga qilingan xarajatlardir.
Shu o‘rinda Masgreyv modeliga yana bir bor qaytishimizga to‘g‘ri keladi. Hozir modelning o‘zi emas, balki uning reallikdan, voqelikdan farq qilishi muhim. Masgreyv o‘z modelining ijtimoiy ehtiyojlar va daromadlarni taqsimlash maqsadlari qanday aniqlanishi soddalashtirilgan tasavvurlarga asoslanganligini ta’kidlaydi. Xususan, Resurslarni taqsimlash bo‘limi (RTB) faqat joriy xarajatlarni soliqlar bilan muvozanatlashi to‘g‘risidagi taxmin-farazlar juda sodda. Haqiqatda esa davlat aktivlarni ham sotib oladi, ya’ni kapital xarajatlar qiladi.
“So‘nggi” klassiklar kabi Masgreyv ham kapital xarajatlarni qarzlardan, joriy xarajatlarni soliqlardan moliyalashtirish lozim deb hisoblaydi. U bu tamoyilni “haqini to‘la va foydalan” atamasi bilan ifoda etadi. “Haqini to‘la va foydalan” tamoyili davlat taqdim etadigan ob’ektlar aksariyat hollarda soliq to‘lovchilarning bir necha avlodlari tomonidan iste’mol qilinishi nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi... Bu tamoyil “kimga nafli bo‘lsa, o‘sha to‘laydi” tamoyili bo‘yicha bevosita soliqqa tortishdan kelib chiqadi va xarajatlarni avlodlar o‘rtasida taqsimlash uchun qarz hisobiga moliyalashtirish zarur”30.
-jadval.
Qarzlar va avlodlar tengligi


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling