2-mavzu. Falsafaning qonun va kategoriyalari reja


Sabab va oqibat dialektikasi


Download 74.3 Kb.
bet22/27
Sana02.12.2023
Hajmi74.3 Kb.
#1780512
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
2...-мавзу маруза матни

Sabab va oqibat dialektikasi. Ichki va tashqi sabablar farqlanadi. Obyektning mohiyatini tashkil etuvchi qarama-qarshi kuchlar, tendensiyalarning o’zaro aloqasi sababning ichki manbai hisoblanadi. Masalan, odamlar o’z kasalligi yoki qariligini qayg’u-hasrat, muvaffaqiyatsizliklar, og’ir ish va hokazolar bilan tushuntirishga moyildirlar. Amalda qarilik yoki o’limni yengishga hali hech kim muvaffaq bo’lmagan, chunki qarilik ham, o’lim ham ichki sabablar bilan izohlanadi. Shu sababli ba’zilar og’ir ish bilan shug’ullanib ham uzoq vaqt yosh va sog’lom bo’lib qoladi, ayrim takasaltanglar esa juda tez qariydi... Tashqi sabablar turli obyektlar o’zaro aloqasining mahsulidir.
Sabab va oqibat munosabatlarini orqaga qaytarib bo’lmaydi. Sabab va oqibatning sof chiziqli jarayon sifatidagi mexanistik talqini muqarrar tarzda sabab va oqibatni orqaga qaytarish mumkin, degan xulosaga olib keladi. Masalan, Oy qarama-qarshi yo’nalishda aylana boshlasa, u dastlabki holatga kelgan bo’lar edi. Ammo bu faraz zamirida soxta asoslar yotadi: u sabab-oqibat munosabatlariga tasodifiy omillar to’plami kuchli ta’sir ko’rsatishini hisobga olmaydi. Dastlabki holatga qaytish – bu mazkur omillar to’plamini amalda mujassamlashtirish demakdir. Vaholanki, ularning hammasini amalda mujassamlashtirish mumkin emas, demak, dastlabki holatga qaytish mumkin emas.
Sabablar va oqibatlarning munosabatlari murakkab va rang-barangdir. Bir sabab ko’plab oqibatlarga sabab bo’lishi va, aksincha, bir oqibat zamirida ko’p sonli sabablar yotishi mumkin. Ayrim sabablar oqibatlar cheksiz zanjirining ilk manbai hisoblanadi. Ba’zi bir sabablar «zanjir reaksiyasi» ko’rinishini kasb etishi, ya’ni ikki yoki undan ortiq oqibatni yuzaga keltirishi, ular esa, o’z navbatida, ikki yoki undan ortiq oqibatga sabab bo’lishi mumkin. Sabablar ichki va tashqi, bevosita va bilvosita, obyektiv va subyektiv bo’lishi mumkin. Subyektiv sabablar ko’pincha faoliyat, xulq-atvor, qilmishlarni izohlash sohasida namoyon bo’ladi.
Bahona va shart. Sabab, bahona va shartni farqlash lozim. Bahonani subyektiv sabablar qatoriga kiritish mumkin. Bunda voqyea yoki sherikning harakati o’zining, odatda, noto’g’ri javob harakatlarini oqlash maqsadida talqin qilinadi va baholanadi. Shartlar – amaldagi yoki ehtimol tutilgan sababning mavjudlik muhitini tashkil etadigan ichki omillar va tashqi munosabatlar majmuidir. Sinergetika muhitga yagona negiz, bo’lg’usi tuzilmaning rang-barang shakllari manbai, rivojlanishning turli yo’llari uchun maydon sifatida qaraydi. Sabab-oqibat munosabatlari tizimida shartlarning amaldagi ahamiyatini tushunish uchun quyidagi misolni ko’rib chiqamiz. Fuqaro A. xotini suzishni bilmasligidan xabardor bo’lgani holda, undan qutulish uchun uni dengiz bo’ylab sayohatga yuboradi. Oqibatda xotini suvga cho’kib o’ladi. Erning harakatlari xotin o’limining sababi hisoblanadimi? Bu misol shartlar o’z holicha oqibat sababi bo’la olmasligini, lekin sababning amalga oshishiga ko’maklashadigan yoki monelik qiladigan omil hisoblanishini ko’rsatadi.

Download 74.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling