Toliqish — tiklanadigan hodisa. Ma’lum vaqt xordiq chiqargandan sо‘ng toliqish yо‘qoladi va organizmdagi ish qobiliyati asli holiga qaytadi. Lekin mehnat tartibiga rioya qilinmasa, toliqish, holdan toyish patologik holatga olib keladi. Natijada odamning kayfiyati yomonlashadi, jahldor bо‘ladi, uyqusizlik paydo bо‘ladi. Uta toliqish nevrozlarga, yurak-tomir kasalliklari, gipertoniya, me’da yarasi kasalligi rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Holdan toyganda organizmdagi ximoya kuchlari pasayib ketadi. - Toliqish — tiklanadigan hodisa. Ma’lum vaqt xordiq chiqargandan sо‘ng toliqish yо‘qoladi va organizmdagi ish qobiliyati asli holiga qaytadi. Lekin mehnat tartibiga rioya qilinmasa, toliqish, holdan toyish patologik holatga olib keladi. Natijada odamning kayfiyati yomonlashadi, jahldor bо‘ladi, uyqusizlik paydo bо‘ladi. Uta toliqish nevrozlarga, yurak-tomir kasalliklari, gipertoniya, me’da yarasi kasalligi rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Holdan toyganda organizmdagi ximoya kuchlari pasayib ketadi.
- Kо‘p charchash aksariyat mehnat jarayonini notо‘g‘ri tashkil qilish, kuchli asab-ruhiy quvvat va kо‘p energiya sarflashni talab qiladigan yoki nisbatan kо‘p bо‘lmagan mushak guruhlaridagi jadal faoliyati, noqulay ish holati (vaziyat) bilan bog‘liq ishlarni bajarish oqibatida kelib chiqadi.
- Aniq va puxta reja tuzib, ishlab chiqarish jarayonini tо‘g‘ri tashkil qilish, ish joyining saranjom- sarishta bо‘lishi, sanoat estetikasi vositalari va boshqa ijobiy omillar ish qobiliyatining oshishiga olib keladi va odamni ruhlantiradi. Aksincha, ishni yaxshi tashkil qilmaslik, aniq maqsad, reja bо‘lmasligi, gigiyena sharoitlari yomonligi ruhiyatga salbiy ta’sir kо‘rsatadi.
Insonning mehnat qobiliyati kо‘p jihatdan о‘z kasbini qanchalik о‘zlashtirgani va tajribasiga bog‘liq bо‘ladi. Ishga moyillik yoki о‘rganish natijasida vaqtinchalik shartli reflekslar vujudga kelib, ular harakatlarini yaxshiroq uyg‘unlashishiga va yurak - qon tomirlari, nafas hamda boshqa tizimlar uyg‘un ishlashiga imkon beradi. Harakatlar chaqqon va behato bо‘ladi. Bu markaziy asab tizimi ishini osonlashtiradi mushaklar kuchi tejalgan holda sarflanadi. - Insonning mehnat qobiliyati kо‘p jihatdan о‘z kasbini qanchalik о‘zlashtirgani va tajribasiga bog‘liq bо‘ladi. Ishga moyillik yoki о‘rganish natijasida vaqtinchalik shartli reflekslar vujudga kelib, ular harakatlarini yaxshiroq uyg‘unlashishiga va yurak - qon tomirlari, nafas hamda boshqa tizimlar uyg‘un ishlashiga imkon beradi. Harakatlar chaqqon va behato bо‘ladi. Bu markaziy asab tizimi ishini osonlashtiradi mushaklar kuchi tejalgan holda sarflanadi.
- Binobarin, organizmning energetik sarflari dinamik va statik ishdan tashkil topadi. Mushakning dinamik ishi deganda tana a’zolari ish joyida xarakatlanishi, masalan, yukni qо‘l bilan kо‘tarish yoki tushurish tushuniladi. Mushaklarning statik ishida tana a’zosi ish joyida yuk bilan xarakatlanishi yuz bermaydi (masalan, yukni kо‘tarib turish). Masalan ish joyida yurish- oyoq mushaklari va tana mushaklari gavdani tik tutib turishini ta’minlaydigan statik ishidan iborat.
- Noqulay vaziyatda ishlashga bog‘liq bо‘lgan mushaklarning statik ishini iloji boricha kamaytirish g‘oyat muhim. Buning uchun odamning tana о‘lchovlariga, qо‘l kuchiga mos keladigan dastgohlar va moslamalarda ishlash kerak. Shundagina ish unumli bо‘ladi va ishchi charchab qolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |