Mehnat faoliyatining og‘irligi va zо‘riqish kо‘rsatkichlari - Mehnat faoliyatining og‘irligi va zо‘riqish kо‘rsatkichlari
-
- Jismoniy mehnat energiyaning sarflanishiga kо‘ra yengil, о‘rtacha va og‘ir shakllarga bо‘linadi.
- Yengil ish turiga, ish jarayonida kislorodni 0,5 l/min kam talab qiladigan ishlar kiradi. Bunday ishni bajarishda bir sutkada о‘rtacha 2300-3000 kkal sarflanadi. Bunga aqliy ish bilan shug‘ullanish, uncha og‘ir jismoniy ish bajarishni talab qilmaydigan, о‘tirib bajariladigan ishlar (tikuvchi motoristkalar, mayda buyumlar sifatini tekshiruvchilar, korxona xizmatchilari va hokazo) kiradi.
О‘rtacha og‘irlikdagi -ish jarayonida 0,5 l/min kislorod talab qiluvchi ishlar kiradi, Bunday ishlarni bajarish bir kunlik energetik harajat 3100-3900 kkal ni tashkil qiladi . Bunga: - О‘rtacha og‘irlikdagi -ish jarayonida 0,5 l/min kislorod talab qiluvchi ishlar kiradi, Bunday ishlarni bajarish bir kunlik energetik harajat 3100-3900 kkal ni tashkil qiladi . Bunga:
- a) turib bajariladigan ishlarga xarakatdagi 1 kg yukni olib yuradigan yoki kam kuch sarflaydigan ishlar kiradi. (asbobsozlik va mexanik sexlarning ishchilari, tо‘quv ishlar, ip yigiruvchilar va hokazo);
- b) turib yurib ish bajaradigan ishchilar va xarakatda 10 kg yukni olib yuradigan yoki kam kuch sarflaydigan ishlar (dastgohlardagi ishlarni bajaruvchi ishchilar, og‘ir yukni kо‘tarishni talab qilmaydngan kasblar va hokazolar) kiradi.
- Og‘ir ishlar- bu guruhga kiradigan ishlar kislorodni 1 l/min kо‘p, talab qiladigan, ish kuni davomida kо‘p borsa 15 kg dan ortiq yukni kо‘tarishga tо‘g‘ri keladigan ishlar kiradi. Bunga arrakashlar, yuk tashuvchilar, temirchilar va h.k. kiradi. Bunday odamlar 4000-4500 kkal va undan kо‘p energiya sarflaydilar.
- Toliqish va uning oldini olish chora tadbirlari
- Toliqish — organizmnnng alohida fiziologik holati bо‘lib, uzoq vaqt yoki zо‘r berib ishlash natijasida yuzaga keladi va ish qobiliyatining pasayishi bilan ifodalanadi. Toliqish obyektiv jihatdan mehnat unumdorligi va sifat kо‘rsatkichi yomonlashuvi subyektiv jihatdan xodimalar charchoqni his qilishi bilan ifodalanadi. Toliqish asab tizimidagi bosh miyada boshlanadigan va organizmdagi hamma bо‘g‘inlariga tarqaladigan murakkab fiziologik jarayondir. I. M. Sechenov va I. P. Pavlovlarning fikricha toliqish inson markaziy nerv tizimidagi faoliyatining о‘zgarishi - bosh miya pо‘stlog‘iga kislorod yetarli darajada ta’minlanmaganligi sababli sodir bо‘ladi deb hisoblaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |