2-mavzu. Inson faoliyati va mehnat turlari
Download 168.92 Kb.
|
2-maruza
Rostlanmaydigan- yoki inson ixtiyoriga bо‘ysunmaydigan energiya sarflari, birinchi о‘rinda insonning barcha organlari faoliyatini ta’minlovchi asosiy moddalar almanishuvi bilan bog‘liq. О‘rtacha statistika son uchun asosiy moddalar almashinuvining shartli о‘lchov birligi qilib 1 kg og‘irlik uchun soatiga 1 kkal qabul qilinadi. О‘rta yoshdagi 70 kg og‘irlikdagi erkak kishida asosiy moddalar almashinuviga sarflanadigan energiya sarfi organizm holatiga va tashqi muhit holatiga bog‘liq holda о‘zgarib turadi. Kasallanganda, tushkunliklarda asosiy modda almashinuvi faollashadi va shunga mos ravishda energiya sarfi ham oshadi.
Rostlanadigan- energiya sarflari kasbiy ishlar, uy ishlari, har xil qiziqishlar, jismoniy tarbiya va boshqa jismoniy mehnatlar bilan bog‘liq bо‘lib, ularning hajmini inson ongli ravishda rostlashi mumkin. Insonning jismoniy yuklanganligi qancha yuqori bо‘lsa, energiya sarfi shuncha yuqori bо‘ladi. Yuqotgan energiyani tiklash uchun kaloriyasi kо‘p bо‘lgan mahsulotlarni is’temol qilish kerak bо‘ladi.
Download 168.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling