Dam olish va ish jarayonini tо‘g‘ri tashkil etish, shikastlanishlarning oldini olishda birdan –bir asosiy shartidir. Insonning ish qobiliyati va uning sezgirligi, ishlab chiqarishdagi har xil xavfli va zararli omillarga ta’sirchanligiga, ish jarayonining uzluksizligiga bog‘liqdir. - Dam olish va ish jarayonini tо‘g‘ri tashkil etish, shikastlanishlarning oldini olishda birdan –bir asosiy shartidir. Insonning ish qobiliyati va uning sezgirligi, ishlab chiqarishdagi har xil xavfli va zararli omillarga ta’sirchanligiga, ish jarayonining uzluksizligiga bog‘liqdir.
- Agar kishi kun davomida uzluksiz meyorda kо‘rsatilgan vaqtdan ortiqcha ishlasa, unda jismoniy charchash bilan bir qatorda ruhiy charchash ham paydo bо‘lishi mumkin. Buning ustiga agar xodim uzoq vaqt mobaynida juda kо‘p qarorlar qabul qilish yoki juda kо‘p qurilmalarni nazorat qilishga tо‘g‘ri kelsa, unda ruhiy charchash jismoniy charchashdan oldin kelishi mumkin. Ish joyida shovqin, titrash, gaz, chang, nurlanish va boshqa zararli va xavfli omillar bо‘lishi ruhiy charchashni tezlashtiradi va operator notо‘g‘ri harakat qilishiga, shikastlanishiga yoki avariya holatini vujudga kelishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ma’muriyat ish va dam olish tartibiga qat’iyan rioya qilishi kerak.
- Odatda ish boshlangandan 3-4 soat о‘tgandan sо‘ng, ishchida mehnat qobiliyati pasayadi, shu sababli ish smenasining о‘rtasida ovqatlanish uchun tanaffus belgilanadi. Tanaffusdan sо‘ng mehnat unumdorligi yana о‘zining eng yuqori fazasiga kо‘tariladi, lekin uning davomiyligi ish smenasining boshlanishidagi kabi uzoq bо‘lmaydi (2.2-rasm).
Tushlik uchun tanaffus
Mexnat unumdorligi,%
Ish soatlari
2.2.-rasm. Ish smenasi davomida ishlash qobiliyati davrlari. I va IV –ish qobiliyatining oshishi; II va V –ish qobiliyatining muvozanati; III va VI-ish mos ravishda ishchi holatning muvozanati qisqa vaqt davom etib organizmni ma’lum resurslarini safarbar etishni talab etadigan qisman toliqish fazasi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |