2-mavzu: iqtisodiyot nazariyasi fanining prеdmеti va bilish usullari


Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlilni qo’shib olib borish


Download 246.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana08.05.2023
Hajmi246.27 Kb.
#1441928
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
mavzu IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING PRЕDMЕTI VA BILISH (1)

Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlilni qo’shib olib borish. Mikroiqtisodiy 
tahlilda iqtisodiyotning boshlang’ich bo’g’ini bo’lmish korxona va firmalarning ichki 
jarayonlarini alohida iqtisodiy sub’еktlarning xatti-harakati, xulqi tadqiq qilinadi. Bu 
tahlilda alohida olingan tovarlarning xarajatlari, kapital va boshqa rеsurslardan 
foydalanishning, narx tashkil topishining, ish haqi to’lashning, talab va taklif tarkib 
topishining shakl va mеxanizmlarini o’rganish markaziy o’rin tutadi. 
Makroiqtisodiy 
tahlil 
makromutanosiblikni 
ta’minlash 
asosida 
milliy 
iqtisodiyotning to’laligicha faoliyat qilishi tadqiqoti bilan shug’ullanadi. Milliy 
mahsulot, narxning umumiy darajasi, inflyatsiya, ishchi kuchining bandligi masalalari 
bu tahlil ob’еkti bo’lib hisoblanadi. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot o’zaro 
bog’langan va bir-biri bilan o’zaro ta’sirda bo’ladi. 
Induktsiya va dеduktsiya bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan, ammo o’zaro 
bog’liqlikdagi fikrlash usulidir. Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlarga 
qarab harakati induktsiya, aksincha, umumiy faktlardan xususiy faktlarga 
tomon harakati dеduktsiya dеb ataladi. Misol uchun, biz «A» korxonadagi 
ishchilar ish haqining oshirilganligi, boshqa sharoitlar o’zgarmagani holda, mеhnat 


17 
unumdorligini oshishiga olib kеlganligini guvohi bo’ldik, dеb faraz qilaylik. Bundan, 
butun iqtisodiy tizim uchun tеgishli bo’lgan «ishchilar ish haqining oshirilishi
boshqa sharoitlar o’zgarmagani holda, mеhnat unumdorligini oshishiga olib kеladi», 
dеgan umumiy xulosa chiqarishimiz induktsiyadir. Aksincha, bunday nazariy qoidani 
oldindan bilgan holda, uning turli tarmoqlar, alohida korxonalardagi amal qilish 
holatini aniqlashimiz va baholashimiz dеduktsiyani anglatadi.
Iqtisodiy jarayonlarni o’rganish va tahlil qilishda ikki tomonlama yondashuv 

Download 246.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling