2-Mavzu. J. Dalton atomistikasi. Anorganik birikmalarning sinflari
Download 327.33 Kb. Pdf ko'rish
|
маъруза 2
2. KIMYOVIY ELEMENTLAR.
Atom – molekulyar ta‘limot nuqtai nazaridan atomlarning har qaysi alohida turi kimyoviy element deyiladi. Element – ma‘lum xossalarga ega bo’lgan atomlar turidir.
Atomning eng muhim xarakteristikasi uning yadrosining musbat zaryadli bo’lib, u son jihatdan elementning tartib raqamiga teng. Yadro zaryadining qiymati atomlarning har xil turlari uchun bir – biridan farq qiluvchi belgisi hisoblanadi, bu esa element tushunchasiga ancha to’liq ta‘rif berishga imkon beradi.
Kimyoviy element – bu yadrosining musbat zaryadi bir xil bo’lgan atomlarning muayyan turidir.
Oddiy moddalar molekulasi bir xil elementning atomlaridan (Н 2 , О
2 , N
2 , CI
2
va boshq), murakkab moddaning molekulasi esa ikki yoki bir necha xil elementning atomlaridan (masalan, suv Н 2 О vodorod va kislorod atomlaridan) tarkib topgan bo’ladi.
Barcha elementlar odatda metallar bilan metallmaslarga bo’linadi. Lekin bunday bo’linish shartlidir.
Elementlarning muhim ta‘rifi ularning yer po’stlog’ida, ya‘ni Yerning yuqori qattiq qobig’ida tarqalganligidir, bu qobiqning qalinligi shartli ravishda 16 km ga teng deb qabul qilingan. Elementning yer po’stlog’ida tarqalganligini geokimyo – Yer haqidagi fan o’rganadi. Ma‘lumotlarga ko’ra eng ko’p tarqalgan element – kislorod yer po’stg’ogi massasining 47,2 % ni tashkil etadi, so’ngra kremniy – 27,6, alyuminiy-8,80, temir- 5,10, kalsiy- 3,6, natriy – 2,64, kaliy- 2,6, magniy- 2,10, vodorod- 0,15%
Keltirilgan raqamlardan ko’rinib turibdiki, elementlar yer po’stlog’ida juda notekis tarqalgan. Aytib o’tilgan 9 element yer po’stlog’i massasining 99,79 % ni, qolgan barcha elementlar – faqat 0,21 % ni tashkil etadi. Mashxur olim Robert Boyl davridayoq murakkab moddalarning parchalanishidan hosil bo’ladigan, lekin o’zi yanada oddiyroq moddalarga parchalana olmaydigan oddiy modda kimyoviy element deb atalgan edi. Bu ta‘rifga Dalton atomistikasi hech qanday qo’shimcha kirita olmadi. Lekin M.V.Lomonosov va D.I.Mendeleyev «element» tushunchasi bilan «oddiy modda» tushunchasi orasidagi farqni birinchi bo’lib aniq ko’rsata oldilar. D.I.Mendeleyevning aytishicha: «Element deganda, oddiy va murakkab moddalarni tashkil etgan va ularga ma‘lum fizik hamda kimyoviy xossalar majmuini bera olgan moddiy tarkibiy qismlarni tushunmoq kerak. Agar oddiy moddani molekula deb tushunish o’rinli bo’lsa, elementni atom deb tushunmoq to’g’ri bo’ladi. Uglerod – element, lekin ko’mir, grafit va olmos oddiy moddalardir». Demak, D.I.Mendeleyevning ta‘rifiga «kimyoviy element - oddiy va murakkab moddalar tarkibiga kiradigan va ma‘lum atom massaga ega bo’lgan atomlar turidir».
Izotoplar kashf etilganidan keyin, yuqoridagi ta‘rifni qayta ko’rib chiqishga to’g’ri keldi. Atom massalarini qayta qarab chiqish yuzasidan 1923 yilda tashkil etilgan xalqaro komissiya qaroriga muvofiq «kimyoviy element – bir xil yadro zaryadiga ega bo’lgan atomlar turi» deb ta‘riflandi.
Download 327.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling