2-Mavzu: Jamoat binolarini loyihalashga ta’sir etuvchi tabiiy– iqlimiy omillar. Yorug‘lik, tovush va issiqlik iqlimi. Yorug‘lik,insolya tsiya, tovush, ovoz izolyasiyasi va quyoshdan ximoyalash qurilma lari. Bino ichida gi shinam mikroiqlim


Download 0.82 Mb.
bet5/16
Sana13.04.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1350252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
2-mavzu

3.7.1 rasm Yo‘lovchi lift ko‘rinishi.
Lift kabinasi 5 shaxta 2 yo‘naltiruvchi 4 va 13 bo‘ylab harakatlanadi. Yukni ushlab turuvchi (protivoves) 12 va shaxta shkiv 10 va arqon 6 ushlab turadi. Elektr yuritgich 8 shkivli reduktor va tormoz jihozi 9 umumiy rama 11ga o‘rnatilgan. Boshqarilish apparatlari boshqarish stansyasi 7 ga o‘rnatilgan.
Boshqarish tumachalari lift kabinasi ichiga, eshik yoniga va qavatda lift shaxtasi yoniga o‘rnatiladi. Ular yordamida mos xolda kerakli qavatda lift kabinasini to‘xtatish va lift kabinasini chaqirish imkonini beradi. Kabinani eng oxirgi nuqtaga borib to‘xtatish imkonini yaratuvchi tugmacha 3 mavjud.
Yuk ko‘taruvchi arqon uzilib ketgan taqdirda lift kabinasi tushub ketmasligini ta’minlash uchun maxsus tutgich bo‘lib u lift kabinasi harakati meyoridan ortiq tezlikda harakatlanganda ishga tushadi va kabinani mustaxkam ushlab qoladi.
Lift shaxtasi ichida shaxta tubiga bufer 1 joylashgan, uning vazifasi favqulotda ulagich 3 ishlamay qolganda kabinani asosga urilish kuchini kamaytiradi. Liftni xavfsiz ishlatishini ta’minlash uchun unga blakirovkalash tizimini qo‘llash maqsadga muvofiq..
Tizimning vazifasi eshik ochiq bo‘lganda kabinani harakatlanishdan saqlash va kabinada yo‘lovchi bo‘lsa kabinani qavatlardan chaqirib olish imkonini yo‘qotish. Liftga yana foto element o‘rnatish kerak, uning vazifasi lift eshigi orasida to‘siq (yo‘lovchilar kabinaga o‘tirish va undan chiqish paitida) eshik yopilmasligini ta’minlaydi.
Tez harakatlanuvchi liftlar doimiy tokda ishlovchi elektr yuritgichlar bilan jihozlangan bo‘ladi. Lift kabinasi tashqaridan chaqirilganda pastga qarab harakatlanadi har bir qavatda to‘xtab o‘tishi va yo‘lovchilarni yo‘l yo‘lakay olishi zarur. Har bir qavatda o‘rnatilgan yoritgichli ko‘rsatgichi lift xolatini ko‘rsatib turadi.
Ma’muriy binolarda, yo‘lovchilar oqimi katta bo‘lgan joylarda ko‘p kabinali liftlar qo‘llanadi, ular yordamida bir vaqtda xam yuqoriga va pastga harakatlanish mumkin.
Shahardagi barcha jamoat binolaridagi muhandislik jihozlari ko‘p xollarda tashki energiya manbasidan xarakatga keltiriladi. U xam bo‘lsa, eng ko‘p tarqalgan manba turi elektr energiyasidir, issiklik energiyasi yoki gazdir.
Jamoat binolarini isitishida asosan suv va havodan issik beruvchi sifatida foydalaniladi.Odatda bino ichidagi odamlarga qulaylik yaratish uchun hamda yoqilg‘ini tejash maqsadda xona ichidagi havoning temperaturasi-avtomatik tarzda boshqarilib turiladi. Xona ichida mikroiklim kilish va shamollatishdan ko‘zda tutilgan maksad: odamlarga xona ichida qulay sharoit yaratish, sangigiena, xamda kurilish uskunalari va ichki pardozlarni uzoq muddatda xizmat kilishga erishishdir.
Binoning ichki suv tarmog‘i tizimidan texnik foydalanish
Suv manbalari xaqida tushuncha Suv ta’minoti tizimini ishonchli ishlatishni ta’minlash uchun suv bilan ta’minlovchi manbalarni doimo kuzatish va nazoratga olib turish zarur. Kuzatish va nazoratga olish jarayoni yer usti va yer osti manbalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Yer usti suv manbalari bo‘yicha – suv havzalariga suv sathi, daryolardagi suv oqish yo‘nalishi, ko‘ndalang sirkulyatsiyaning mavjudligi, nasos harakati, qirg‘oqning yuvilishi, oqim yo‘nalishining o‘zgarishi, muzliklari, ularning erish harakteri, suv olish havzalari va suv manbalari bo‘yicha suv olish inshootlari holati, quvursimon va shaxtasimon quduqlardagi suvning statik va dinamik satxlarini aniqlash, suvdagi tuz miqdori va suvning sanitariya xolatini o‘rganish zarur.
Manbalardagi suv sifati bahosi quyidagi jadvalda keltirilgan sxema asosida amalga oshiriladi. Natija esa belgilangan formada jurnalga qayd etib boriladi. Namuna olish, saqlash va uzatish GOST 18963-73 asosida amalga oshiriladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling