2-Mavzu. Kaliyli tuzlarning xalq xo'jaligidagi ahamiyati. Kaliy tuzlari olish usullari. O‘quv moduli birliklari


Download 415.5 Kb.
bet4/12
Sana19.09.2023
Hajmi415.5 Kb.
#1681632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2- Ma\'ruza. Kaliyli tuzlarning xalq xo\'jaligidagi ahamiyati. Kaliy tuzlari olish usullari.

Kompleks o‘g‘itlar – ikkita ozuqaviy elementdan iborat o‘g‘itlardir. Ikkilanma o‘g‘itlar quyidagilarga ajratiladi: azot-fosforli, azot-kaliyli, fosfor-kaliyli va uchlanma azot-fosfor-kaliyli, ular to‘liq o‘g‘itlar deb ataladi. Kompleks o‘g‘itlar tarkibiga mikroelementlar, pestitsidlarning qo‘shimchalari va o‘stiradigan moddalar va boshqalar ham kirishi mumkin.
Kompleks o‘g‘itlar – ishlab chiqarish xarakteri bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi:
- aralashtirilgan o‘g‘itlar – shlamsimon va granullangan turli tayyor o‘g‘itlarni mexanik yo‘l bilan aralashtirgan holda olinadi;
- murakkab-aralashtirilgan granullangan o‘g‘itlar – shlamsimon tayyor o‘g‘itlarni aralashtirish jarayonida suyuq reagentlar(ammiak, fosfor yoki sulfat kislota va hokazolar)ni aralashtirish yo‘li bilan olinadi.
- murakkab o‘g‘itlar – bitta texnologik jarayonda xom-ashyoni kimyoviy qayta ishlab olinadi.
Yordamchi (kosvennыe) o‘g‘itlar – o‘g‘itlarni qo‘llash sharoitlarini yaxshilash maqsadida tuproqqa kimyoviy, fizik, mikrobiologik ta’sir etish uchun (tuproqning kislotaliligini neytrallash uchun maydalangan ohaktosh, dolomit yoki so‘ndirilgan ohak, sho‘rxok yerlarni melioratsiyasi uchun gips qo‘llaniladi, bu esa bir vaqtda kaltsiy manbai bo‘lib hisoblanadi. Fosfor o‘g‘itlari bilan kiritiladigan fosforning eruvchanligini oshirish maqsadida tuproqni nordonlashtirish uchun natriy bisulfit ishlatiladi.
Fiziologik o‘g‘itlar – nordon, fiziologik-ishqoriy o‘g‘itlarga ajratiladi.
Fiziologik-nordon o‘g‘itlarga: ammoniy sulfat, kaliy xlorid, kaliy sulfat va boshqalar, o‘simlik ulardan g‘ayrat bilan kationni yutadi, anion esa tuproq qatlamini nordonlashtiradi.
Fiziologik-nordon o‘g‘itlarga ammoniy-azotli va karbamid o‘g‘itlar kiradi. Ular tuproqni nordonlashtiradi, nitrifikatsiyalovchi bakteriyalarning qobiliyati oqibatida ammiakni nitrat kislotaga oksidlaydi.
Fiziologik-ishqoriylarga shunday o‘g‘itlar kiradiki, undan o‘simlik bilan anion o‘zlashtiriladi, kation esa asta-sekin yig‘ilib tuproq muhitini (natriy, kaliy, kaltsiy nitratlari) ishqorlaydi.
Ishlab chiqarilayotgan mineral o‘g‘itlarning assortimenti o‘g‘itlarning barcha turlarini o‘z ichiga oladi: azotli, fosforli, kaliyli, mikroo‘g‘itlar, kompleks o‘g‘itlar va boshqalar.
O‘g‘itlar sifatining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib, undagi o‘simlik uchun foydali ta’sir etuvchi moddalarning miqdori hisoblanadi. Asosiy ta’sir etuvchi moddalar azot, fosfor va kaliy birikmalaridir. Ularning o‘g‘itlaridagi miqdori elementar azot, fosfor (V)-oksidi-fosfor angidrid (P2O5) va kaliy oksidi (K2O)ga hisoblaganda o‘lchanadi. Lekin jahon matbuotida o‘g‘itlarning ta’sir etuvchi moddalarini hisoblashda (ularning miqdorini aniqlash uchun) oksidlardan elementlarga: fosfor (V)-oksidi P2O5 dan-R ga, kaliy oksidi – K2O dan K ga o‘tish masalasi qo‘yilmoqda.



Download 415.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling