2-Mavzu. Kaliyli tuzlarning xalq xo'jaligidagi ahamiyati. Kaliy tuzlari olish usullari. O‘quv moduli birliklari


Mineral o‘g‘itlarning assortimenti, asosiy tarkibi va xossalari


Download 415.5 Kb.
bet5/12
Sana19.09.2023
Hajmi415.5 Kb.
#1681632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2- Ma\'ruza. Kaliyli tuzlarning xalq xo\'jaligidagi ahamiyati. Kaliy tuzlari olish usullari.

2.3. Mineral o‘g‘itlarning assortimenti, asosiy tarkibi va xossalari

Mineral o‘g‘itlar assortimenti barcha turdagi o‘g‘itlar: azotli, fosforli, kaliyli, mikroo‘g‘itlar, murakkab o‘g‘itlar, ohakli va boshqa materiallarni qamrab oladi.


Davlat standarti (DST) yoki texnik shartlar (TSH) asosida mineral o‘g‘itlardagi bir yoki bir necha ta’sir etuvchi moddalarning minimal miqdori belgilab beriladi. SHu bilan bir qatorda ushbu standartida o‘g‘itdagi namlik va o‘g‘itlar tarkibidagi o‘simliklarga zararli, shuningdek fizik-kimyoviy va mexanik xossalari ko‘rsatkichiga salbiy ta’sir etuvchi qo‘shimchalar miqdori chegaralanadi. Namlikning ortishi o‘g‘itning yopishqoqligini oshiradi va bir butun massa holatida qotib qolishga olib keladi. Bundan tashqari, namlik o‘g‘it tarkibidagi ozuqa moddalar miqdorini kamaytiruvchi ballast hisoblanadi.
Quyida mineral o‘g‘itlar asosiy turlarining assortimenti keltirilgan.
Azotli o‘g‘itlar qattiq va suyuq holatda ishlab chiqariladi. Qattiq azotli o‘g‘itlar orasida eng kontsentrlangan o‘g‘it — tarkibida 45-46% N tutgan karbamid, undan keyin tarkibida 33,6-34,6% N tutgan ammiakli selitra hisoblanadi. Kam kontsentratsiyali o‘g‘it — tarkibida 20-21% N tutgan ammoniy sulfat, nisbatan ko‘p miqdorda ishlab chiqariladi.
Suyuq azotli o‘g‘itlar orasida eng kontsentrlangan o‘g‘it — tarkibida 82% N bo‘lgan suvsiz ammiak hisoblanadi. Kam kontsentratsiyali ammiakatlar va azotli eritmalar tarkibida 30-36% N va ammiakli suv tarkibida 20-21% N bo‘ladi.
Barcha azotli o‘g‘itlar, ular tarkibidagi azotning shakliga qarab, beshta: ammiakli, ammoniyli, nitratli, ammoniyli-nitratli va amidli guruhlarga bo‘linadi.
Ammiakli ― azot erkin ammiak hilida mavjud. Ularga suvsiz ammiak, suvli ammiak kiradi.
Ammoniyli ― azot bunda azot kislota qoldig‘i bilan bog‘langan ammoniy ioni (NH4)+ bilan ko‘rsatilgan: ammoniy sulfat, ammoniy-nitrat sulfati.

Download 415.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling