Tabiiy tuzli namokoblardan kaliy xlorid olish. Dengiz suvi kaliy tuzlari va boshqa foydali elementlarning tuganmas manbaidir. SHuning uchun, galurgik xom-ashyoni qayta ishlashda kompleks sxemalar qo‘llaniladi. Hozirda rapalarni qayta ishlashda soda, sulfat natriy, xlorli kaliy, kaliy sulfati, suyuq brom, bromidlar, tozalangan ma’dan, brom kislota, natriy piroborati, litiy karbonati va fosfatlari olinadi.
Tuzlarni o‘ta to‘yingan eritmalardan bug‘latish, vakkum-kristallash va kristallash usullari yordamida ajratishga asoslangan. Bug‘latish uch korpusli bug‘latish qurilmalarida majburiy tsirkulyatsiyali, eritma va isituvchi bug‘ qarama-qarshi harakatlanganda olib boriladi. Bug‘latish jarayonida quyidagi tuzlar kristall holida ajraladi: NaCl, Na2CO3∙H2O, Na2CO3∙2Na2SO4 (briket) va kam miqdorda Li2NaPO4. Keyingi vakuum-kristallashda KSl olinadi. Hosil bo‘lgan eritma ma’danga nisbatan o‘ta to‘yingan, lekin ma’dan o‘z-o‘zidan ajralib chiqmaydi.
Tabiiy rapalardan tuzlarni ajratib olish uchun sun’iy hovuzlarda bug‘latiladi. Bu jarayonda dinamik hovuz deb atalgan sistemasidan foydalaniladi. Bunda, kichik tezlikda harakatlanayotgan zigzagsimon oqim bilan bir necha hovuzlar qatoridan o‘tkazilib bug‘lanishi ta’minlanadi.
2.6. Kaliy tuzlarini qayta ishlash usullari.
Tarkibida kaliy bo‘lgan xom ashyoni kaliy tuziga qayta ishlash turli texnologik sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. Ushbu sxemalar quyidagi usullarga asoslangan:
Qayta ishlov berilayotgan ma’danning erishi va uning tarkibidagi tuzlarni alohida-alohida kristallab ajratish kimyoviy yoki galurgik usul deb nomlanadi.
Kaliy ma’danini flotatsion boyitish usuli g‘oyat oddiy. SHuning uchun ma’danni qayta ishlash yuqori temperaturada emas, normal temperaturada amalga oshiriladi.
Silvinitlarni galurgik usul bilan qayta ishlash SKMB (Solikamsk kaliy ma’dani boshqarmasi) va BKMB (Berezniki kaliy ma’dani boshqarmasi) da olib borblmoqda. Boshqa qolgan korxonalar, «Uralkaliy» va «Belaruskaliy» ICHB flotatsion usuli bilan qayta ishlaydi. Ma’danni flotatsion usuli bilan boyitish horijning ko‘pgina kaliy korxonalari (AQSH, Kanada, Germaniya va boshqalar) da ham joriy qilingan.
Kaliy xloridi ishlab chikarishda asosan termik eritish (galurgik) yoki flotatsiya usulidan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |