2-Mavzu. Kaliyli tuzlarning xalq xo'jaligidagi ahamiyati. Kaliy tuzlari olish usullari. O‘quv moduli birliklari


Download 415.5 Kb.
bet11/12
Sana19.09.2023
Hajmi415.5 Kb.
#1681632
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2- Ma\'ruza. Kaliyli tuzlarning xalq xo\'jaligidagi ahamiyati. Kaliy tuzlari olish usullari.

Elektrostatik boyitish. Ikkita jism bir-biriga ishqalanganda, ular elektrlanadi. Bunda kichik o‘lchamdagi zarrachalar zaryad hosil qiladi, katta kuchlanishda ular elektrostatik maydonga to‘g‘ri yo‘ldan chetga chiqishi mumkin. Silvinitni elektrostatik boyitish usuli shunga asoslangan. Silvinni galitdan ajratish vaqtida silvinitni dastlabki termik qayta ishlash zaryadni kuchaytiradi va shlam ta’sirini kamaytiradi. Silvin va galit zarrachalarining zaryadlari ishorasi har hil, qiymati bir hil bo‘lgan zaryad hosil qilish uchun reagentlar bilan ishlov berish kerak. Ular ustki qatlamda yupqa qatlam hosil qiladi. Buning uchun, ammiak yog‘li aminlar, ftal angidrid, ftal va benzoy kislotalarini qo‘llash tavsiya etiladi. Bunday qayta ishlash natijasida silvin musbat zaryadlanadi, galit esa xuddi shu kuchlanishda manfiy zaryadlanadi.
Keltirilgan moddalar elektrostatik boyitishdan oldin silvinitni qayta ishlash uchun tavsiya etiladi.
- organik sulfat kislota angidridlari va ularning aralash angidridlari;
- anion moddalar va silikon moyi;
- ammoniy gidrooksidi va so‘ndirilgan oxak;
- uglerod atomlarining 6 va undan ko‘p molekulali organik moddalari, hamda bir yoki bir nechta SO4Me yoki SO3Me guruh aralashmalari;
- yuqori molekulali organik kislotalar, alifatik va tsikloalifatik va aromatik murakkab efirlar va ularning tuzlari, boshqa karboksil sulfokislotalar.
Elektrostatik boyitish usulini silvinit miqdori yuqori bo‘lganda qo‘llash mumkin. Ko‘p bosqichli kombinatsiyalangan barabanli seperatorlardan foydalanib, bu jarayon 2 bosqichda olib boriladi.
Og‘ir suspenziyada boyitish. Agar harakat tezligi juda yuqori bo‘lsa va muallaq zarrachalar cho‘kmasa, suspenziya yaxlit suyuqlik xususiyatiga ega bo‘lib qoladi. Bunda, suspenziya zichligidan kam zichlikka ega bo‘lgan zarrachalar yuqoriga chiqadi, zichligi yuqori bo‘lgan zarrachalar esa, pastki qatlamga tushadi. Galitning (NaCl) zichligi - 2,17 g/sm3 , silvinniki (KCl) – 1,98 g/sm3 .
SHuning uchun maydalangan silvinitni og‘ir suyuqlikka yoki 2,05-2,1 g/sm3 zichlikdagi suspenziyaga solinsa, silvin yuqori qatlamga chiqadi, galit esa cho‘kadi. Og‘ir suyuqlik bilan ishlash qulay, lekin bunday arzon suyuqlikni olish juda qiyin. SHu sababli, amaliyotda magnitit yoki ferrosilitsiyli eritmasidagi NaCl va KCl to‘yingan suspenziyalardan foydalaniladi.
Magnitit va ferrosilitsiya suspenziyasi tinch holda turmaydi. Ajratish jarayonini faqat suspenziya harakatdagi qurilmalarda olib borish mumkin. Bunday qurilma gidrotsiklon bo‘lishi mumkin, chunki unda markazdan qochma kuch ta’sirida katta zichlikka ega bo‘lgan zarrachalar qurilma devorlariga borib urilgan zarrachalar spiral yo‘nalishida pastga tushadi va ostki shtutser orqali chiqarib olinadi. Ayni shu vaqtda kichik zichlikdagi zarrachalar yuqoriga qarab harakat qiladi va tepada joylashgan shtutserdan chiqariladi. «Yuqori» va «past» tushunchalari bu yerda nisbiydir, chunki gidrotsiklon gorizontal ham bo‘lishi mumkin.
Boyitish mahsulotlari tebratkichga tushadi va ikkiga ajraladi: tuz va suspenziyaga, keyin esa yuviladi. Yuvilgan kontsentrat quritkichga uzatiladi. Oxirgi holatda mahsulotda 95% KCl va 0,4% N2O bo‘ladi. Yuvilgandan keyingi suspenziya chiqindiga chiqariladi.

Download 415.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling