2-Mavzu. Kaliyli tuzlarning xalq xo'jaligidagi ahamiyati. Kaliy tuzlari olish usullari. O‘quv moduli birliklari


Download 415.5 Kb.
bet2/12
Sana19.09.2023
Hajmi415.5 Kb.
#1681632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2- Ma\'ruza. Kaliyli tuzlarning xalq xo\'jaligidagi ahamiyati. Kaliy tuzlari olish usullari.

2.2. O‘g‘itlar klassifikatsiyasi

O‘g‘itlar kelib chiqishi bo‘yicha noorganik-mineral, organik, organik-mineral va bakteriallarga tasniflanadi. Ular agregat holati bo‘yicha qattiq, suyuq va suspenziya holatda bo‘ladi.


Mineral o‘g‘itlar – sanoat yo‘li bilan: noorganik xom-ashyoga (forsforitlar, kaliy tuzlari, dolomitlar va boshqa ma’danlarni maydalash) kimyoviy yoki mexanik ishlov berish bilan tayyorlanadigan, kelib chiqishi noorganik mahsulotlardir.
Xom-ashyoga kimyoviy ishlov berish bilan olinadigan mineral o‘g‘itlar ta’sir etuvchi moddalarning kontsentratsiyasi (oddiy o‘g‘itlar – 20-25%, kontsentrlangan – 30-38%, yuqori kontsentrlangan - 60% dan ortiq, ultra kontsentrlangan) bilan farqlanadi.
Mineral o‘g‘itlar ta’sir etuvchi moddalar bo‘yicha azotli, kaliyli, fosforli va mikroo‘g‘itlar(borli, molibdenli va boshqalar)ga bo‘linadi.
Organik o‘g‘itlar – ulardagi ozuqaviy elementlar o‘simlik va hayvonlarga taalluqli moddalarda bo‘ladi. Bu turdagi o‘g‘itlar go‘ng, shuningdek o‘simlik va hayvonlardan kelib chiqqan moddalarni qayta ishlashning turli mahsulotlari (torf, kunjara, baliq uni, shakar chiqindi va tashlanmalari)dir.
Organik-mineral o‘g‘itlar – organik va mineral moddalarni o‘z ichiga oladi. Bu o‘g‘itlar organik moddalar(torf, slanets, kul rang ko‘mir)ga ammiak yoki fosfor kislota bilan ishlov berish yo‘li orqali olinadi. Ularni, shuningdek torfni fosfat o‘g‘itlar bilan aralashtirish yo‘li bilan olinadi.
Bakterial o‘g‘itlar – atmosfera azotini to‘playdigan yoki tuproq va o‘g‘itlarning organik moddalarini minerallaydigan mikroorganizmlar yetishtirishni o‘z ichiga olgan moddadir. Bunday o‘g‘itlar – azotobakteriya, tuproq nitrati hisoblanadi.
Mineral o‘g‘itlar agrokimyoviy ta’siri bo‘yicha: to‘g‘ri, qo‘shimcha va o‘simlik o‘sishini rostlaydigan vosita(preparat)larga bo‘linadi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etuvchi o‘g‘itlar – bevosita o‘simlikni oziqlash uchun mo‘ljallangan. Ular o‘simlik uchun zarur bo‘lgan elementlar: azot, fosfor, kaliy, magniy, oltingugurt, temir, shuningdek mikroelementlar (bor, molibden, mis, rux, kobalt)ni tashkil qiladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etuvchi o‘g‘itlar, o‘z navbatida, oddiy va kompleks o‘g‘itlarga bo‘linadi.

Download 415.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling