2-Mavzu. Kaliyli tuzlarning xalq xo'jaligidagi ahamiyati. Kaliy tuzlari olish usullari. O‘quv moduli birliklari


Download 415.5 Kb.
bet1/12
Sana19.09.2023
Hajmi415.5 Kb.
#1681632
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2- Ma\'ruza. Kaliyli tuzlarning xalq xo\'jaligidagi ahamiyati. Kaliy tuzlari olish usullari.


2-Mavzu. Kaliyli tuzlarning xalq xo'jaligidagi ahamiyati. Kaliy tuzlari olish usullari.


O‘quv moduli birliklari:

2.1. Tuproqqa mineral o‘g‘it solishning zaruriyati.


2.2. O‘g‘itlar klassifikatsiyasi.
2.3. Mineral o‘g‘itlarning assortimenti, asosiy tarkibi va xossalari.
2.4. Kaliyli o‘g‘itlar va ularning asosiy xom-ashyolari.
2.4.1. Kaliyli o‘g‘itlarning turlari va tarkibi.
2.4.2. Kaliyli xom-ashyolar. Tabiiy kaliyli tuzlar.
2.5. Kaliyli ma’danlarni yer ostida eritish.
2.6. Kaliy tuzlarini qayta ishlash usullari.


2.1. Tuproqqa mineral o‘g‘it solishning zaruriyati

Kimyolashtirish, kompleks mexanizatsiyalash, elektrlashtirish, melioratsiya ishlari va tuproqning unumdorligini oshirish borasidagi tadbirlar qishloq xo‘jaligini yuksaltirishdagi asosiy yo‘nalishlardan hisoblanadi.


Qishloq xo‘jaligini izchil va har tomonlama intensivlashda kimyolashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Kimyolashtirish o‘g‘itlar, o‘simliklarni muhofaza qilishning kimyoviy vositalari, gerbitsidlar, defoliantlar va desikantlardan foydalanishdan iborat.
Yer unumdorligini oshirish va o‘simliklar ozuqlanishini yaxshilashga xizmat qiladigan moddalar o‘g‘itlar deb ataladi.
O‘simlik o‘sish davrida ba’zi elementlarni havodan barg orqali, ba’zilarini esa tuproqdan oladi. O‘simliklar tarkibiga 70dan ortiq kimyoviy elementlar kiradi. Ulardan 16 tasi:
orgonogenlar - uglerod, kislorod, vodorod, azot; zolli elementlar - fosfor, kaliy, kaltsiy, magniy va oltingugurt; mikroelementlar - bor, molibden, mis, rux, kobalt, marganets va temir o‘simliklarning hayot faoliyati davomida muhim ahamiyatga egadir. Bir element o‘rnini boshqasi bosa olmaydi, chunki ularning har biri o‘simliklarda o‘ziga xos funktsiyalarni bajaradi. O‘simliklar va tuproq tarkibiga boshqa elementlar, masalan, kremniy, natriy, xlor va boshqalar ham kirishi mumkin. Ammo, bu yoki boshqa elementlarning bo‘lishi, o‘simliklar hayoti uchun muhim ahamiyat kasb etmaydi. Yashil o‘simliklarga atmosferadan keluvchi asosiy elementlar uglerod, kislorod va vodorod hisoblanadi. Bu elementlarning ulushi o‘simlikning quruq massasiga nisbatan 93,5% ni tashkil etadi, shu jumladan uglerodga - 45%, kislorodga - 42% va vodorodga - 6,5%i to‘g‘ri keladi.
O‘simlikning me’yorda o‘sishi va rivojlanishi uchun yetarli miqdorda ozuqa moddalari bilan ta’minlanishi lozim. O‘simliklar uchun azot, fosfor, kaliy, kaltsiy, magniy, oltingugurt va temir asosiy ozuqa moddalari hisoblanadi. O‘simliklardagi bu elementlar miqdori yuzdan bir ulush foizdan bir necha foizgacha bo‘ladi va makroelementlar deyiladi. O‘simliklarga bulardan tashqari bor, molibden, mis, marganets, rux va shu kabi bir qator o‘simlik va tuproqda mingdan bir ulush foizda bo‘ladigan moddalar zarurdir. Ular mikroelementlar deb nomlanadi.
O‘simliklarning hayotiy faoliyatida uglerod, kislorod va vodoroddan keyin azot, fosfor va kaliy ham muhim ahamiyatga egadir. Bunday elementlar tutgan o‘simliklarning ozuqa mahsulotlari qishloq xo‘jaligida asosiy mineral o‘g‘itlar nomi bilan yuritiladi.
Fosfor, azot va kaliy o‘simlik uchun eng zarur ozuqa moddalardir. O‘simlik bu elementlarni tuproqdan oladi, natijada moddalar miqdori yildan-yilga kamayib, tuproqning unumdorligi pasayib boradi, bu ekinning hosildorligiga salbiy ta’sir etadi. Tuproqning unumdorligini oshirish uchun yerni yetarli darajada o‘g‘itlantirish kerak.
Go‘ng - organik o‘g‘itlardan eng foydalisi hisoblanadi. Go‘ng tarkibida uning har tonnasida 5 kg azot, 2,5 kg fosfat angidrid va 6kg kaliy oksid bo‘ladi. Tuproqni ozuqa moddalari bilan yetarlicha ta’minlash uchun gektariga 20 dan 40 tonnagacha go‘ng solinishi lozim. Organik o‘g‘itlar qishloq xo‘jaligining kun sayin o‘sib borayotgan talabini qondira olmaydi, chunki go‘ng va boshqa organik o‘g‘itlar tarkibidagi ozuqa moddalari mineral o‘g‘itlardagiga nisbatan bir necha barobar kam. Masalan, 1 t go‘ng tarkibida 5 kg azot bo‘lsa, 1 t ammiakli selitrada 350 kg azot bo‘ladi.
Lekin, mineral o‘g‘itlarni bilgan holda, me’yorida ishlatilishi lozim. Tuproqni o‘g‘itlashtirishning o‘zigina hosildorlikni oshirishning yagona sharti bo‘lib hisoblanmaydi. Buning uchun tuproq sifatining yaxshilanishi, ekinni belgilangan vaqtda sug‘orilishi, turli kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish lozimdir. Mineral o‘g‘itlardan foydalanilganda paxta va boshqa texnik ekinlarning hosili tobora ortmoqda. Masalan, 1930 yilda Markaziy Osiyoda har bir gektar yerdan 7-8 ts paxta olingan bo‘lsa, hozirga paytga kelib, gektaridan o‘rta hisobda 29,2 ts hosil olinmoqda. Tuproqqa solingan har 1kg fosfor qo‘shimcha 6-7 kg paxta, 50-60 kg kartoshka, har 1kg azot esa qo‘shimcha ravishda 15-20 kg paxta va 150kg kartoshka olish imkonini bermokda.
Mineral o‘g‘itlar ekinning hosildorligini oshirishi bilan birgalikda mahsulotlar sifatini ham yaxshilaydi: dondagi oqsil va kartoshkadagi kraxmal miqdorini ko‘paytiradi, paxta tolasining mustahkamligini oshiradi (2.1-2.3 jadvallar).
2.1 jadval
Tuproqdan hosil bilan chiqib ketadigan ta’sir etuvchi moddalar (kg/ga)

Ta’sir etuvchi
moddalar

Hosildorlik

Qishki bug‘doy 30 ts/ga

Qand lavlagi 270 ts/ga

Jo‘xori poyasi 600 ts/ga

N

112

166

150

P2O5

39

42

70

K2O

77

157

200

2.2 jadval


Tuproqqa fosfor, azot va kaliy solish hisobiga
hosildorlikning oshirilishi

Kultura
va mahsulot turi

1 t solingan o‘g‘it hisobiga (N, P2O5, K2O) hosildorlikning o‘sishi, t

N

P2O5

K2O

Paxta

10-14

5-6

2

Qand lavlagi

120-160

50-55

40-50

Bug‘doy

12-15

7-8

3-4

2.3 jadval


O‘g‘it qo‘llash hisobiga hosilning ortishi (ts/ga)

Kultura

O‘g‘itsiz

O‘g‘it bilan

Paxta

8-9

27-30

Bug‘doy

7-8

20-40

SHakar qamish

100-120

200-500

Hosildorlikni oshirishdagi omillarni baholashda: AQSH da 50% gacha, Frantsiyada 50-70% gacha qo‘shimcha hosil olish o‘g‘itlar xissasiga to‘g‘ri keladi.


O‘tkazilgan tadqiqotlar natijaciga ko‘ra, hosildorlikni oshirishdagi o‘g‘itlarning ulushi MDH mamlakatlarining qora tuproqli mintaqalarida 40-50% ga, noqoratuproq mintaqalarida 60-75% ga, Markaziy Osiyoda, xususan, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi unumdor tuproqlarda 50-60% ga to‘g‘ri keladi.



Download 415.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling