2-mavzu: kasbiy psixologiya fanining tadqiqot metodlari. Reja
Biografiya (tarjimai hol) metodi
Download 267.62 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu kasbiy psixologiya fanining tadqiqot metodlari. Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Anketa, sotsiometriya, faoliyat mahsulini tahlil qilish metodlari. Anketa metodi.
Biografiya (tarjimai hol) metodi. Inson psixikasini – ruhiyatini tadqiq qilish uchun uning
hayoti, faoliyati, ijodiyoti toʻgʻrisidagi ogʻzaki va yozma ma’lumotlar odamlarning tarjimai holi, kundaliklari, xatlari, esdaliklari muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga oʻzgalar tomonidan toʻplangan tarjimai holga aloqador materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, magnitofon ovozlari, foto lavhalar, hujjatli filmlar, videokamera tasviri, taqrizlar, tanbehlar ham oʻrganilayotgan shaxsni toʻlaroq tasavvur etishga xizmat qiladi. Hatto shifokorning kasallik tarixi hujjati ham bolaning tugʻilganidan, ham to boshlangʻich ma’lumot olgunicha davr oraligʻida salomatlik darajasi qanday boʻlganligi toʻgʻrisidagi omillar bilan tanishish imkonini beradigan material hisoblanadi. Tarjimai hol metodi inson psixikasini suhbat va tajriba metodlari vositasida oʻrganib boʻlmaydigan jihatlarini ochishda yordam beradi. Mazkur metod orqali, masalan, ijodiy hayol bilan bogʻliq jarayonlar: sheriyat, musiqa, nafosat, tasviriy san’at, texnik ijodiyotning nozik turlari va shaxsning ma’naviyat, qadriyat, qobiliyat, iqtidor, iste’dod salohiyat kabi fazilatlari kuzatiladi. Inson ongining namoyon boʻlishi, rivojlanishi, oʻziga xos individual va ijtimoiy xususiyatlari atoqli shaxslar bildirgan mulohazalarida, asarlarida oʻz ifodasini topadi. Allomalar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining ta’rifu – tavsiflari orqali avloddan – avlodga oʻtadi. Xuddi shu ijtimoiy uzluksiz natijasida ajdodlar bilan avlodlar oʻrtasida vorislik hodisasi ijtimoiy psixologik voqelik vujudga keladi va ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning uygʻunligini ta’minlaydi. Anketa, sotsiometriya, faoliyat mahsulini tahlil qilish metodlari. Anketa metodi. Umumiy psixologiyada keng qoʻllaniladigan metodlardan biri boʻlib, unda odamlarning psixologik xususiyatlari narsa va hodisalarga nisbatan munosabatlari oʻrganiladi. Anketa odatda 3 xil boʻlib, birinchi xilida anglashilgan motivlarni aniqlashga moʻljallangan savollardan iborat boʻladiki, ikkinchi xilida esa faqat bittagina javob tanlash sharti bilan har bir savolga bir nechtadan tayyor javoblar ham beriladi. Uchinchi xil anketada sinaluvchiga havola qilinganda kamida toʻrt besh toʻgʻri javoblari ballar yordamida baholanadi. Anketa metodidan odamlarning layoqatlarini muayyan sohaga qiziqishlari, qobiliyatlari, oʻziga, tengdoshlariga katta va kichiklariga munosabatlarini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Anketa orqali shaxslarning xarakter hislatlari, xulq atvorlarini tekshirish, sirtdan turib baholash mumkin. Tarqatilgan anketalar yigʻib olinib, elektron hisoblash mashinalari dasturiga muvofiqlashtirib atroflicha amaliy xulosalar chiqariladi. Anketa metodiinson psixikasining ayrim tomonlarini oʻrganish uchun boy material toʻplash imkonini beradi, lekin unda olinadigan ma’lumotlar doimo xolisona xususiyatga ega boʻlavermaydi. Bunga yoʻl qoʻymaaslik uchun anketa ichidagi nazorat vazifasini bajaruvchi toʻgʻri va qarshi savollarni puxta ishlab chiqarish kerak. Quyida anketa varaqasidan namuna keltirib oʻtamiz. 1. Kursingizda eng yuqori obroʻga ega boʻlgan talaba qaysi? 2. Sizningcha, kursdoshlaringiz ichidan kim mehr, his – tuygʻusini uygʻota oladi? 3. Oʻqish bilan bogʻliq muammolar yuzasidan siz kimga murojaat qilishni xohlar edingiz? 4. Shaxsiy kechinmalaringiz haqida siz kim bilan fikr almashishni xohlar edingiz? 5. Oʻrtoqlaringiz ichidan kimni uyingizga mehmonga astoydil taklif qila olasiz? 6. Kursdoshlaringiz ichida kim bilan mashgʻulotlarga birgalikda tayyotayyorlanishni yoqtirasiz? 7. Qaysi kursdoshingiz bilan suhbatlashishni aslo yoqtirmaysiz? Download 267.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling