2-mavzu: kasbiy psixologiya fanining tadqiqot metodlari. Reja
Faoliyat mahsulotini tahlil qilish metodi
Download 267.62 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu kasbiy psixologiya fanining tadqiqot metodlari. Reja
Faoliyat mahsulotini tahlil qilish metodi. Bu metod psixologiyada inson xotirsi
tafakkuri, qobiliyati va hayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida keng qoʻllaniladi. Odam chizgan rasmlar, yasagan oʻyinchoqlar, modellar, toʻqigan narsalar, tikkan qoʻgʻirchoqlar, toʻqib, soʻzlab berilgan hikoyalar, texnik konstruksiyalar sxemasini tushunish kabilarni tahlil qilish orqal iularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, badiiy va adabiy qobiliyati, ijodiy hayoli, texnik ijodi yuzasidan materiallar toʻplash mumkin. Mazkur metodda ijod mahsulining yaratgan jismoniy shaxs bevosita ishtirok etmaydi. Teshiriluvchi bilan tekshiruvchi oʻrtasida muloqot oʻrnatish uchun shaxsning psixikasi toʻgʻrisida sirtdan muayyan hukm va xulosa chiqariladi. Tekshiruvchi (oʻqituvchi, murabbiy, psixolog) ekspert tariqasida shaxslar ijodiyotiga baho beradi, bunda mehnat mahsulining shakli, mazmuni, sifati, originalligi, hajmi, xususiyati bilankeskin tafovut qilishi nazarda tutiladi. Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali har xil yoshdagi va kasbdagi odamlarning psixik xususiyatlaritoʻgʻrisida ma’lumotlar toʻplash mumkin. Faoliyat mahsulotlarini oʻrganish inson ruhiyatini oʻrganish metodlari ichida oʻziga xos oʻrinni tashkil etadi. SHuni ta’kidlab oʻtish joizki, inson ruhiyatini oʻrganish yuqorida bayon qilingan metodlardan tashqari yana ayrim qoʻshimcha metodlardan ham foydalaniladi. E’tirof etish joizki, qoʻllanilayotgan har bir metodning oʻziga xos ijobiy, afzal tomonlari bilan birgalikda qiyin va salbiy tomonlari ham mavjud. Shu bois konkret shaxs ruhiyatini oʻrganish vaqtida yakka metodlar natijalari bilankifoyalanib qolish mumkin emas. Ruhiyatni tekshirishda atroflilik, dinamiklik, ob’yektivlik, tekshiruvchining yosh xususiyatlarini inobatga olish va boshqa tamoillarga suyanish darkor. NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR: 1. Metod nima? 2. Kasbiy Psixologiyaning qanday tadqiqot metodlari mavjud? 3. Tadqiqiy metodlarning necha turi mavjud? 4. Longityud metodi qanday metod? 5. Kesimli metod qanday metod? 6. Tashkiliy metodlarga nimalar kiradi? 7. Kasb psixologiyasi oldida qanday tadqiqiy masalalar turibdi? 8. Genetik usullar nima uchun mo‘ljallangan? 9. Biografik usul qanday usul? 10. Anamnez metodi qanday metod? 11. Xususiy metodlarga qaysi metodlar kiradi? 12. Metodlarning qanday klassifikatsiyalari mavjud? 13. Kuzatish metodi qanday metod va u nechiga bo‘linadi? 14. Eksperimental metod va eksperimental psixologiya deganda nimalarni tushunasiz? 15. Faoliyat mahsulotini tahlil qilish metodi qanday metod? Download 267.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling